Afg‘on qiz ota-onasini o‘ldirgan ikki nafar “Tolibon”* jangarisini otib tashladi

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonning Gor provinsiyasida 14 yoshli Kamar Gul ota-onasini o‘ldirgan ikki nafar “Tolibon”* jangarisini otib tashladi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Afg‘on qiz ota-onasini o‘ldirgan ikki nafar “Tolibon”* jangarisini otib tashladi.

“Tolibon” yana hujum qilmoqda: Afg‘onistonda qator teraktlar yuz berdi - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon”* yana hujum qilmoqda: Afg‘onistonda bir nechta terakt sodir etildi

Hodisa Afg‘onistonning Gor viloyatidagi qishloqda yuz berdi. “Tolibon” jangarlari 14 yoshli Kamar Gul ismli qizning uyiga bostirib kirdi. Jangarilar otasini uydan olib chiqib, o‘ldirishdi. Shuningdek, erini himoya qilishga uringan qizning onasi ham jangarilar tomonidan o‘ldirildi.

"Uyda bo‘lgan Kamar Gul, oilasiga tegishli bo‘lgan AK-47 avtomatini olib, avval ota-onasini o‘ldirgan ikki nafar jangarini otib tashladi, keyin esa yana bir necha jangarini yarador qildi", - dedi mahalliy politsiya boshlig‘i Xabiburahmon Malikzoda.

Viloyat gubernatori vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda afg‘on harbiylari Gul va uning ukasini "xavfsiz joyga" olib ketishdi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0