Oxirgi oy davomida AQSh Afg‘onistonning to‘rtta provinsiyasida "Tolibon" radikal uyushmasi pozitsiyalari bo‘ylab zarba berdi. Uyushma a’zolari, Vashington fevral oyi oxirida toliblar bilan imzolagan va 20-yildan buyon davom etib kelayotgan qurollangan mojaroga chek qo‘yishi lozim bo‘lgan tinchlik bitimini buzganini ishonch bilan ta’kidlashmoqda.
Rossiyaning zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi yetakchi eksperti Andrey Serenko fikricha, AQSh umuman olganda - amerika harbiylarining toliblarga qarshi va aksincha jangovar harakatlarda ishtirok etmasligi bilan - shartnoma bo‘yicha eng muhim majburiyatlardan birini buzdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va NATO mamlakatlarining boshqa muhim majburiyati - bu Afg‘onistondan 14 oy davomida o‘z qo‘shinlarini chiqarib ketilishi edi.
Serenko fikricha, ushbu, bir qarashda oldindan kelishilgan grafik hozirda "muallaq" turibdi va bu holat amerika liniyasi boshi berk ko‘chaga kirib qolganini anglatadi.
"Ushbu bitim borasida allaqanday optimizmni saqlab qolish uchun tom ma’noda fantazor bo‘lish kerak. Realist bo‘lib, "Tolibon" hech qachon urushni to‘xtatmasli, hech qanday qo‘shinni chiqarish bilan uyushmani tinchlantirib bo‘lmasligi haqida o‘z-o‘zingizga hisob bermog‘ingiz lozim. Shunday ekan, qo‘shinlarni chiqarishni vaqtincha to‘xtatishga to‘g‘ri kelar ehtimol, toliblar yana amerika qo‘shinlari va NATO kuchlariga hujum qilishlari mumkinligini bilgan holda", — dedi siyosatshunos Sputnik Tojikiston bilan suhbatda.
Ekspertning ta’kidlashicha, bu singari ssenariy hech qanday naf keltirmaydi, birinchi navbatda, toliblarning o‘ziga foyda bermaydi, sababi, bu holatda o‘z tarafdorlariga nega AQSh bilan bitim barbod bo‘lgani xususida tushuntirish berishga to‘g‘ri keladi.
Erishilgan tinchlik bitimining barbod bo‘lishi "Tolibon" yetakchilari sha’niga berilgan zarbadir, deydi Serenko.
Ushbu holatdan manfaat ko‘radigan yagona kuch - bu afg‘on hukumati bo‘lib, u avval ham bir necha marotaba xuddi shunday ssenariy ro‘y berishi haqida ogohlantirgan.