AQSh Afg‘onistondagi 5ta harbiy bazasini yopdi

Obuna bo‘lish
AQSh Afg‘onistonning Gilmend, Uruzgan, Paktika va Lagman viloyatlari hududidagi 5ta harbiy bazasini yopdi.

TOShKENT, 16-iyul - Sputnik. AQSh Afg‘onistonning Gilmend, Uruzgan, Paktika va Lagman viloyatlari hududidagi 5ta harbiy bazasini yopdi, deb xabar qilmoqda Tolo news telekanali.

Ushbu amaliyot Vashington va "Tolibon" harakati orasida erishilgan tinchlik shartnomasidan so‘ng amalga oshirildi.

"AQSh "Tolibon" bilan erishilgan kelishuvning birinchi qismini bajardi. Qo‘shinlar soni qisqartirildi va ular 5ta harbiy bazani tark etishdi. NATO qo‘shnlari ham tegishli nisbatda qisqartirildi", - dedi AQShning Afg‘oniston bo‘yicha rasmiy vakili Zalmay Xalilzad. 

Ayni damda NATOning Afg‘onistondagi "Qat’iy yordam" missiyasida 12 ming askar ishtirok etmoqda. Ulardan 8600 nafari AQSh qo‘shnlaridir.

Tinchlik shartnomasi AQSh ramiylari va Tolibon rahbariyati tomonidan Doxa shahrida 28-fevral kuni imzolangan edi. kelishuvga ko‘ra, Afg‘oniston rasmiy hukumati qamoqxonalardan 5 mingga yaqin Tolibon vakillarini ozod qilishi, "Tolibon" esa mingga yaqin asirlarni qo‘yib yuborishi kerak edi. 

Ushbu shartnomalar hozircha qisman bajarilmoqda. Afg‘oniston ichida esa turli radikal guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan zo‘ravonliklar kamaygani yo‘q, deyilgan xabarda. 

 

Yangiliklar lentasi
0