Nizayev: ilk olimpiya muhabbati, ikki marta to‘langan hisob va amalga oshmay qolgan intervyu

Taniqli sport jurnalisti Timur Nizayev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Moskva Olimpiadasidagi matbuotning faoliyati haqida so‘zlab berdi.
Sputnik

SSSR xalqlarining spartakiadasi: asosiy o‘yinlarga qanday tayyorgarlik ko‘rilgan

Olimpiada-80 dan bir yil oldin Moskvada SSSR xalqlarining VII-yozgi spartakiadasi bo‘lib o‘tdi. Aynan shu paytda sport inshootlari birinchi bor sinovdan o‘tkazildi, hakamlarning ishi va sportchilarning tayyorgarligiga baho berildi. Bu yerda jurnalistlar ham o‘rganishgan. Bu ko‘p jihatdan kelajakda, o‘yinlarning o‘zida yordam berdi.

"Biz Spartakiadaga 6-7 kishilik guruh bo‘lib bordik. Sportning barcha turlarini o‘zaro taqsimlab olgan edik. Bu paytga kelib men "Fizkulturnik Uzbekistana" gazetasida uchinchi yil ishlayotgan edim va men uchun bu juda hodisa bo‘ldi. Men birinchi bor ichiga 30 hildan ortiq sport turini olgan kompleks musobaqalarni sharhladim. Bizning muharririmiz Davlat Timurovich Fattaxov bizni Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani va akkreditatsiya Spartakiadada eng yaxshi ishlagan odamga berilishi bilan umidlantirdi. Natijada men tanlandim", - deydi Nizayev.

Olimpiya namozi: Sport majmuasi qurilishi uchun Jome masjidi buzilishiga sal qolgan

Olimpiada boshlanishidan oldin tashkiliy qo‘mita barcha ittifoq respublikalaridan jurnalistlarni yig‘di. O‘shanda O‘zbekiston SSRdan to‘rt kishi bo‘lgan: Moskvaga Timur Nizayevdan tashqari, "Sovet O‘zbekistoni" ("Sovetskiy Uzbekistan") gazetasidan Haydar Nosirov, Safar Ostonov - "Yosh leninchi" ("Molodoy lenines") va Oleg Yakubov "Pravda Vostoka"dan yo‘l oldilar.

Shahar darajasidagi kommunizm va jurnalistika ayyorligi

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, Moskvadagi O‘yinlarda ajoyib muhit hukmronlik qilgan va SSSR poytaxtida bir muncha vaqt haqiqiy kommunizm hukm surdi: misli ko‘rilmagan mo‘l-ko‘lchilik, Olimpiya o‘yinlari qatnashchilari, mehmonlari va tashkilotchilari uchun bepul ichimliklar va transport.

"Hamma joy toza va saranjom edi. O‘shanda barcha keraksiz shaxslar 101-kilometrdan nariga ko‘chirilgandi. Do‘kon rastalarida hamma narsa bor edi, hatto oldin sotilmagan yoki sotib olish qiyin bo‘lgan narsalar ham bor edi. Men juda ko‘p suvenirlarni juda arzon narxda sotib olganim esimda", - deb eslaydi Timur Tadjiyevich.

Turar joy va ish sharoitlaridan ham mamnun edik: matbuot Moskva markazidagi "Rossiya" mehmonxonasining shinam xonalarida joylashtirildi, jurnalistlar yaqin masofada - Lujnikidagi zamonaviy va shinam matbuot markazida ishladilar. Shu yerning o‘zida boshqa mamlakatlardan kelgan minglab hamkasblari bilan ham suhbatlashishgan. Bunga o‘nlab pivo navlari sotiladigan matbuot barning muhiti ham ta’sir qilgan.

Olimpiada-80 uchun Moskvada stadionlardan tashqari yana nimalar qad rostlagan

"Bir marta eslayman, Gruziyaning "Lelo" sport gazetasi bosh muharriri Tengiz Gachechiladze bilan barda o‘tirgan edik. Gaplashib o‘tirdik, ichib bo‘lib tashqariga chiqdik va ikkalamizga qanchadan tushganini so‘ramaganiga hayron bo‘ldim. Shunday bo‘lib chiqdiki, men ham, u ham bir-birimiz uchun bildirmay to‘lab qo‘ygan ekanmiz. Muhit ana shunday do‘stona bo‘lgan", - deya xotirlaydi Timur Tadjiyevich.

 

Nizayev: ilk olimpiya muhabbati, ikki marta to‘langan hisob va amalga oshmay qolgan intervyu

 

Biroq, ish paytida raqobat ham bor edi. Nizayevning so‘zlariga ko‘ra, avvalo belorussiyalik hamkasblar bilan raqobat bo‘lgan, garchi ularning har biri o‘z mamlakati haqida yozgan. Bu raqobat ruhida emas, balki o‘z sportchilari, sport turlari, respublikalarining targ‘ibotiga o‘xshar edi.

"Men ham o‘z kuzatuvlarim va qarashlarimning bir nechtasini zaxirada saqlab turdim. Bu millatchilik xususiyatiga ega emasdi, aksincha bu professional hiyla edi", - deya qo‘shimcha qildi sport muxbiri.

Afsona bilan vidolashuv: Visoskiy Olimpiyada-80 vaqtida qanday dafn etildi

U 25 kun sezilmay o‘tib ketganiga iqror bo‘ladi. Vladimir Visoskiyning to‘satdan va butun mamlakatni hayratda qoldirgan dafn marosimi xotirada qoldi. Nizayev kordondan o‘ta olmadi va marosimni uzoqdan kuzatdi.

Bundan tashqari, o‘n minglab mehmonlar va sportchilar, millionlab teletomoshabinlar kabi Timur Tadjiyevichning ko‘nglida ham osmonga uchib ketgan Olimpiya ayiqchasi qoldi. Hammaning ko‘ziga, o‘zlari xohlamagan holda yosh keldi. Alohida shahardagi kommunizm sport ertagi bilan yakun topdi: ertasi kuni mehmonxonadagi xizmatchilar doimgiday mehmonlardan noliy boshladilar.

G‘oliblar bilan uchrashuvlar va telefon orqali yangiliklar

Moskvadagi 1980-yil O‘yinlariga o‘zbekistonlik sportchilar maksimal rekord soni bilan yetib kelishdi - 15 nafar.  Har bir sportchi uchun Nizayev ular o‘ynagan sport turlarini va tarjimai holini sinchkovlik bilan o‘rganib, oldindan chizmalar tayyorlagan. "Fizkulturnik Uzbekistana" gazetasi haftada uch marta nashr etilardi, to‘rt sahifadan uchtasi Olimpiadaga bag‘ishlangandi. Materiallarning deyarli barchasi nashr etilgan.

Qilichboz Sobir Ro‘ziyev: saksoninchi yillar Olimpiadasidagi bu daqiqa hamon tushimga kiradi

"Moskvada sodir bo‘lganlarning barchasi – yorqin, ko‘rkam, go‘zal bo‘lgan. Har bir arenada subpress-markazlari bor edi: Krilatskoyedagi eshkak eshish kanalida, "Bitsa" ot sporti markazida. Xotiramda ayniqsa Mitishi qoldi. U yerda stendli otishma bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan edi va unda Rustam Yambulatov kumush medalini qo‘lga kiritdi. Xuddi shu "Bitsa"da ot sporti bo‘yicha umumjamoa hisobida Yuriy Kovshov chempion bo‘ldi. Vatandoshlarimizdan biri Sobirjon Ro‘ziyev kumush medal sovrindori bo‘ldi. U haqida bir necha bor xabarlar yozgandim. Velotrekda sirdaryolik Aleksandr Panfilov "kumush"ni qo‘lga kiritdi", - deydi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eng muvaffaqiyatli intervyu Sobirjon Ro‘ziyev bilan bo‘ldi. U sportchini Moskva O‘yinlardan ham oldin bilar edi, undan ilk intervyuni 1977-yilda olgan edi. Ro‘ziyev doim chet ellarda yurar edi, shuning uchun uning chiqishlarini har doim ham jonli tomosha qilish imkoni bo‘lmasdi.

"Men Ittifoq davrida hech qachon tashqariga borolmaganman. Keyinchalik mustaqillik yillarida dunyo bo‘ylab sayohat qilishga muvaffaq bo‘ldim. Ro‘ziyevning qilichbozligini faqat Olimpiya O‘yinlarida ko‘rdim. Uning hal qiluvchi zarbani berishgacha bo‘lgan quntini unutib bo‘lmaydi", - deb eslaydi Timur Nizayev.

90-yillarda killer bo‘lishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov

Shuningdek, chavandoz Yuriy Kovshov va o‘qchi Rustam Yambulatov bilan materiallar ham bo‘lgan.

"Men bilan gaplasha olmagan yagona odam bu Larisa Pavlova bo‘ldi. U ayollar voleybol jamoasi tarkibida Olimpiada chempioni bo‘ldi. Nimagadir buning ilojisi bo‘lmadi", - deya ta’kidladi jurnalist.

Musobaqalardagi ishini eslab, Nizayev bundan 40-yil oldin texnologiyalar butunlay boshqacha bo‘lganini ta’kidlaydi. Toshkentga u yangiliklarni telefon orqali uzatardi, stadionlar va sport majmualarida suratga olishni, albatta, matbuotning hozirgi imkoniyatlari bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

"Pekindagi Olimpiya stadionida 36 ta kamera bor edi, Moskvada esa, adashmasam, atigi 12 ta kamera bo‘lgan. Endi esa dronlardan va yirik planda suratga olishadi. Bunda sportchining his-tuyg‘ulari ko‘rinadi, ekranda qaytarishlar namoyish etiladi. U payt esa bu kabilar haqida gap bo‘lmagan ham. Texnologik siljish hayratga soladi", - deya qo‘shimcha qildi jurnalist.

Shu bilan birga, to‘rtta O‘yinlarda qatnashgan Nizayev, aynan Olimpiada-80ni o‘zining faoliyatidagi ilk O‘yin sifatida boshqacha qadrlaydi.

Nizayev: ilk olimpiya muhabbati, ikki marta to‘langan hisob va amalga oshmay qolgan intervyu

"Men juda ko‘p joylarda bo‘ldim: Osiyo o‘yinlarida ham va qolgan uchta olimpiadalarda ham. Pekinga meni bu safar O‘zbekistondan emas, balki XOQ rahbariyati tomonidan taklif qilishdi, hatto "Sport va matbuot" nominatsiyasida mukofot ham taqdim etishdi. Hamma joy o‘z holicha ajoyib edi, lekin birinchi O‘yinlar birinchi muhabbatga o‘xshaydi: bunday narsani unutib bo‘lmaydi", - deya iqror bo‘ladi u.

Dunyoni sport qutqarib qoladi

Timur Tadjitovich, sportga befarq bo‘lmagan ko‘plab odamlar singari, koronavirus pandemiyasi tufayli Olimpiya o‘yinlarining 2021-yilga ko‘chirilishi haqidagi xabarni afsus bilan qabul qildi. U bunday qat’iy choralar tarixda beshinchi bor joriy etilayotganini esga oldi. Shu bilan birga, u sportning nafaqat xalqaro munosabatlarning madaniy-gumanitar tarkibiy qismiga, balki har qanday mamlakat iqtisodiyotiga ham qo‘shadigan ulkan hissasini esga oldi.

Nizayev: ilk olimpiya muhabbati, ikki marta to‘langan hisob va amalga oshmay qolgan intervyu

"Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxning Yevropaning mehnatga layoqatli aholisining uch foizi sport sohasida bandligi va Yevropa YaIMning ikki foizi sport biznesiga to‘g‘ri kelishini aytgani bejiz emas. Bu katta sonlar va u sohaning muhimligidan dalolat beradi", - deb ishonch bildiradi Nizayev.

Uning fikriga ko‘ra, pandemiya odatiy dunyoni o‘zgartirdi, yangi munosabatlarni o‘rnatdi. Jurnalistning fikricha, ushbu murakkab voqelikda aynan sport butun insoniyat uchun birlashtiruvchi tamoyilga aylanishi kerak.