Qilichboz Sobir Ro‘ziyev: saksoninchi yillar Olimpiadasidagi bu daqiqa hamon tushimga kiradi

Olimpiya medali sari yo‘l Sobirjon Ro‘ziyev uchun oson kechmadi. Ammo u qiyinchiliklar oldida to‘xtamadi va o‘zi uchun aziz O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Endi esa bo‘lajak chempionlar tahsil oladigan maktabni ochish ustida ish olib bormoqda
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik, Andrey Zlidenniy. Olimpiada o‘yinlarida qatnashish qandayligi, sovet terma jamoasiga kirish oson kechgan-kechmagani va O‘zbekistonda qilichbozlik sporti qanday rivojlanayotgani haqida Sputnik O‘zbekiston muxbiri Moskvadagi saksoninchi yillar Olimpiadasining kumush medal sovrindori, Milliy olimpiya qo‘mitasi va qilichbozlik federatsiyasining sobiq rahbari Sobirjon Ro‘ziyev bilan suhbatlashdi.

Birinchi beshlikka kirishga mashaqqatli yo‘l

Jahon chempionatlari va Olimpiya shohsupasi sari yo‘lni oson deb bo‘lmaydi. U hamma uchun har xil, ammo doim qat’iyatlilikni va o‘zini shu ishga to‘liq baxshida etishni talab qiladi. Bu, ayniqsa, Moskva va boshqa markaziy shaharlardan olisda o‘sib ulg‘aygan sportchilarga tegishli bo‘lgan.

Qilichboz Sobir Ro‘ziyev: saksoninchi yillar Olimpiadasidagi bu daqiqa hamon tushimga kiradi

"Sovet Ittifoqi milliy terma jamoasiga kirish juda qiyin edi. Nega? Axir, tasavvur qiling, 300 million aholi ichidan sport turingizning kuchli beshligiga kirishni va Sovet Ittifoqi bayrog‘ini himoya qilishda qatnashishni va himoya qilishni anglatadi. Bu juda qiyin bo‘lgan. Asosiy e’tibor SSSRning markaziy mintaqalariga qaratilardi, O‘rta Osiyo esa chekka hudud hisoblanar edi - bizdan milliy terma jamoaga sanoqli odamlar kiritilardi", - deb eslaydi Sobirjon Sobitovich.

Shunga qaramay, toshkentlik yigit o‘zini namoyon etishga muvaffaq bo‘ldi va yuqori yutuqlar sportiga kira oldi: Ro‘ziyev qilichbozlik bo‘yicha bir necha bor mamlakat, Yevropa va jahon chempioni bo‘lgan.

Qilichboz Sobir Ro‘ziyev: saksoninchi yillar Olimpiadasidagi bu daqiqa hamon tushimga kiradi

"Bronza" og‘irligidagi daqiqa

Ro‘ziyev 1976-yilda Monrealda va 1980-yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Sovet Ittifoqi sharafini himoya qildi. So‘nggi Olimpiada uning xotirasiga ko‘proq yozildi. Haqiqatda eslashga arzigulik ish ko‘p: unda u yakka va jamoaviy musobaqalarda qilichbozlik musobaqasining finaliga chiqdi.

Olimpiada-80 uchun Moskvada stadionlardan tashqari yana nimalar qad rostlagan

Sobirjon Ro‘ziyev SSSR jamoasi bilan birga ikkinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo shahsiy birinchilik finalida unga omad kulib boqmadi - u medaldan atigi bir qadamda edi va barchasini bir daqiqa hal qildi.

"Qur’a natijasiga ko‘ra, men janglarimni muvaffaqiyatli boshladim. Ikkita jangda g‘olib chiqdim – polshalikka va ruminiyalikka qarshi. So‘ngra Smirnovga qarshi jang qildim, lekin unga 5: 4 hisob bilan va Romankovga ham yutqazdim, fransiyalik Julye ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondim. U Olimpiada o‘yinlarida uchinchi bo‘ldi. U bir daqiqaga tanaffus oldi va shu tanaffusda u biroz xotirjamlashdi. Men, ehtimol, shunchalar hayajonda edimki – bo‘ldi, men uni yutdim, menda endi medal bor. 4: 1 hisobida yutayotgan edim, bu deyarli g‘alabani anglatardi. Ammo u olgan daqiqa meni zaiflashtirdi, hushorlikni yo‘qotdim, lekin u, aksincha, o‘yinga sozlanib qoldi. Va shunday bo‘ldiki men bu jangda yutqazdim. Hanuz tushlarimga medalsiz qolganim kiradi", - deydi Ro‘ziyev.

Mubolag‘asiz, Sobirjon Sabitovichni butun O‘zbekiston qo‘llab-quvvatladi - partiya rahbarlaridan tortib oilasi, do‘stlari va oddiy muxlislargacha. Poytaxtda rafiqasi va qizi yaqinida bo‘lgani juda quvonlantirardi.

Qilichboz Sobir Ro‘ziyev: saksoninchi yillar Olimpiadasidagi bu daqiqa hamon tushimga kiradi

Ular uchun bu nafaqat umr yo‘ldoshi va otasini ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, balki uni ko‘rish uchun imkoniyat ham edi. Axir musobaqaga tayyorgarlik ularni uzoq vaqtga ajratib qo‘ydi.

90-yillarda killer bo‘lishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov

"Deyarli bir yil men uyda bo‘lmadim, biz asosan olimpiya bazalarida yashadik, ertalabdan kechgacha mashg‘ulot o‘tkazardik. Faqat bitta maqsad bo‘lgan - Olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashish", - deya qo‘shimcha qildi sport faxriysi.

Vatanida, Moskvada ikkita oltin va bir nechta kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar sharaf bilan kutib olindi. Ularni Kompartiya Markaziy Komitetining birinchi kotibi Sharof Rashidov shaxsan qabul qilib, ularga munosib sovg‘alarni topshirdi. O‘yinlar ishtirokchilari keyinchalik ko‘p marta respublika bo‘ylab turnelarda bo‘ldi, shaharlar va kolxozlar aholisi bilan o‘z taassurotlari bilan bo‘lishishdi.

Qilichboz Sobir Ro‘ziyev: saksoninchi yillar Olimpiadasidagi bu daqiqa hamon tushimga kiradi

Ammo uzoq vaqt shon-shuxratga ko‘milish mumkin emas edi - oldinda yangi mashg‘ulotlar va musobaqalar bor edi. Afsuski, Ro‘ziyev uchun Moskva Olimpiadasi uning karyerasidagi so‘nggisi bo‘ldi: 1984-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan O‘yinlar Sovet Ittifoqi va boshqa bir qator davlatlar tomonidan AQShning Olimpiada-80 o‘yinlariga huddi shunday harakatlariga javoban boykot qilindi.

"Turmush o‘rtog‘im menga: "Farzandingiz o‘sib-ulg‘aymoqda, sizni ko‘rmaydi ham - siz har doim o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlaridasiz, musobaqalardasiz”, dedi. Shunda men Toshkentga qaytib, murabbiylik bilan shug‘ullanishga qaror qildim", - deb eslaydi Sobirjon Sabitovich.

Qilichboz Sobir Ro‘ziyev: saksoninchi yillar Olimpiadasidagi bu daqiqa hamon tushimga kiradi

Ammo uning bunday qaror qilishi oson bo‘lmadi - bir oydan keyinoq u jamoaga qaytishni xohladi. Ammo bundan oldin men terma jamoaning katta murabbiyi, mashhur qilichboz Vladimir Nazlimovga qo‘ng‘iroq qildim. Aynan u Olimpiada-80 sovrindorini yosh sportchilarining murabbiyi bo‘lishiga batamomo ishontirdi.

Yangi chempionlarni tarbiyalab

Uning sportdan ketganidan keyingi faoliyati ham boy bo‘ldi. Ro‘ziyev Turkiston harbiy okrugining  bosh murabbiyi bo‘ldi (“armiya” o‘tmishi ta’sir qildi), keyin esa boshqa, juda ekzotik sport turiga o‘tdi - u regbi bo‘yicha jamoaning murabbiyi bo‘ldi.

Afsona bilan vidolashuv: Visoskiy Olimpiyada-80 vaqtida qanday dafn etildi

Mustaqillik yillarida Sobirjon Sobitovich vazirlik lavozimi - Davlat sport qo‘mitasi raisi bo‘ldi, keyin Milliy Olimpiya qo‘mitasi va qilichbozlik federatsiyasini boshqardi. Tashkilotchilik ishi haqiqiy sport namoyishlaridan ko‘ra qiyinroq va mas’uliyatliroq edi.

Garchi Ro‘ziyev bir necha bor bunday takliflarni olgan bo‘lsa-da, uning aynan o‘z mamalakatiga yordam berish istagi, uni chet elga murabbiy sifatida ketishiga yo‘l qo‘ymadi.

"Men hech qayerga ketishni xohlamadim, chunki men anchagina dunyoni kezib chiqib bo‘lganman. Men o‘z uyimda bo‘lishni xohladim, chunki bu yerda qilichbozlik bilan shug‘ullananganman, menga juda ko‘p e’tibor berilgandi, dunyoning hamma joyiga sayohat qilishim uchun menga juda katta mablag‘ sarflandi. Mening bir maqsadim bor - respublikada o‘z qilichbozlik maktabimni yaratish va o‘z tajribamni bolalarga yetkazish", - deb Ro‘ziyev o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Qilichboz Sobir Ro‘ziyev: saksoninchi yillar Olimpiadasidagi bu daqiqa hamon tushimga kiradi

U shogirdlarni yig‘ib olishga va mashg‘ulotlarni boshlashga muvaffaq bo‘ldi, keyinchalik uning jiyani bu ishni o‘z qo‘liga oldi - hozirda uning besh nafar shogirdi terma jamoa tarkibida musobaqalarda qatnashib kelmoqda. Ammo rahbarlik ishi uning sevimli ishiga to‘liq kirishishiga imkon bermadi. Hukumatdagi lavozimlarni tark etganidan keyingina Ro‘ziyev o‘z orzusini amalga oshirishga har qachongidan ham yaqinroqdir.

"O‘tgan yili men yaxshi maktabni topdim, uning direktori bilan uchrashdim. Menga u juda yoqdi. Eng muhimi, uning zali qilichbozlik mashg‘ulotlarini o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bu maktab Yunusobodda joylashgan, unda 1200 nafar bola o‘qiydi – u juda katta maktab. Barcha bolalar birinchi smenada o‘qiydilar, ikkinchisida esa zallar mashg‘ulotlar uchun bo‘sh. Faqat uskunalarni sotib olish qoldi va mashg‘ulotlarni boshlasa bo‘laveradi", - deydi Ro‘ziyev.

Qilichboz Sobir Ro‘ziyev: saksoninchi yillar Olimpiadasidagi bu daqiqa hamon tushimga kiradi

Ammo koronavirus pandemiyasi bu rejalarni amalga oshirilishini to‘xtatib qo‘ydi. Ammo bu, uzoqqa cho‘zilmaydi, deb ishonadi murabbiy. Sovuq quroldan foydalanish asoslari bilan bir qatorda, Ro‘ziyev bolalarga fransuz tilini ham o‘rgatishni rejalashtirmoqda.

"Bu juda oddiy: qilichbozlik bu fransuz sport turidir. Barcha musobaqalar va hakamlar fransuz tilida o‘tkaziladi. Bizda esa bolalar musobaqalarga borganida, tilni bilishmaydi. Tilni bilgan sportchi kelajakda, ehtimol, chempion bo‘lmasligi ham mumkin, lekin misol uchun, xalqaro toifadagi hakam sifatida ishlashi, O‘zbekiston tomonidan ushbu vazifada harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi", - deya tushuntirdi Ro‘ziyev.

Sport, siyosat va koronavirus

Sobirjon Sabitovich afsus bilan sportni siyosatdan ajratib bo‘lmayotganini va bunga doimo duch kelishga to‘g‘ri kelayotganini ta’kidlaydi. Axir har qanday musobaqada, ularning darajasidan qat’iy nazar - jahon birinchiliklarimi, Olimpiada yoki boshqalaridami - sportchilar o‘z mamlakatlari sharafini himoya qiladilar. Davlatning vazifasi esa ular uchun mashq qilishlariga va ertaga chempion bo‘lishlariga sharoit yaratib berishdir.

Uydagi sport – eng qiziqarli suratlar

Bunday ta’sirga Ro‘ziyev 1984-yilda, AQShdagi uchinchi Olimpiadasiga borolmaganida duch keldi. Va endi esa epidemiya butun dunyo sportchilarining rejalariga aralashdi.

"Hozirda Olimpiada o‘yinlari ko‘chirildi va endi yoshi katta bo‘lib qolgan, Olimpga, medallarga erishishni orzu qilgan sportchilar uchun, ehtimol, bu O‘yinlar bo‘lmasligi ham mumkin. Bu doim ham juda murakkab, chunki ko‘pchilik umr bo‘yi bunday yuqori sport mukofotiga intiladi", - deb ta’kidladi Ro‘ziyev.

Ammo Olimpiada-80 kumush medal sovrindori ishonchi komil, umidsizlanishga o‘rin yo‘q, o‘z maqsadiga sodiq qolib, ohirigacha harakat qilish kerak. U esa o‘z navbatida, hozirgi mavqeyida, chempionlarning yangi avlodini tarbiyalashga va o‘zi qariyb yarim asr sodiq bo‘lib kelayotgan sport turini rivojlantirishga qo‘lidan kelganicha harakat qiladi.