"Kembrij beshligi" banderachilarni ovlashda qanday yordam bergan

Kembrij beshligi a’zolari doimiy ravishda Markazga Britaniya va AQShning ikkiyuzlamachiligini tasdiqlovchi dalillar va hujjatlarni yetkazib turishgan.
Sputnik

Veronika Krasheninnikova

Ikkinchi Jahon urushi davridagi ittifoqchilik munosabatlari urush nihoyalanishi bilan yakun topishini Moskva juda yaxshi tushunardi. Kembrij beshligi a’zolari Markazga doimiy ravishda Britaniya va AQShning ikkiyuzlamachiligini tasdiqlovchi dalillar va hujjatlarni yetkazib berardilar.

"Kembrij beshligi" SSSRning yadro qalqonini yaratishiga qanday yordam berdi

Urushdan keyin vaziyat urushdan oldingi ziddiyatlarga qaytdi, faqat u endilikda yangi bosqichda edi: endilikda bunda yadroviy qurol va G‘arbning yangi yetakchisi - Qo‘shma Shtatlar va uning ulkan moddiy resurslari o‘z aksini topgan edi. G‘arb bolsheviklarni son-sanoqsiz tabiiy boyliklar va eng katta bozorni kapitalistik egalikdan yulib olganliklari uchun kechirmoqchi emas edi. Bundan ham yomoni: Sovet Ittifoqi butun dunyoga kapitalizmga muqobil ishlaydigan sotsialistik tizimni qat’iy va muvaffaqiyatli taklif qilardi, bu esa ularning kapitaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid edi.

1945 yilda Kim Filbi sovet razvedkasi rahbariyatiga Britaniyaning urushdan keyingi strategik rejalari to‘g‘risida xabar berdi: urush tugashini kutmasdan, SSSRga qarshi harakatlarni boshlash va Moskvaga Sharqiy Yevropada sotsialistik hukumatlar tuzish rejasini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik. Shu bilan birga, Filbi nafaqat bu haqida xabar berdi, balki o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, bu rejalarga xalaqit berdi. 1945-1946 yillarning qishida SIS Britaniya razvedkasi rezidenturalari Fransiya, Germaniya, Shvetsiya, Italiya va Gretsiyada Sovet Ittifoqiga faoliyat yuritgan nemis (!) agenturasi bilan aloqalarni tikladilar. Ushbu agentlarning barchasi 9-chi Britaniya razvedka bo‘limining boshlig‘i bo‘lmish Filbiga Temir parda ortiga tashlanishidan oldin hisobot berishgan. Moskva ularning ismlarini tezda aniqlagan.

"Kembrij beshligi" Proxorovkada nemis tanklarini yo‘q qilishda qanday yordam bergan

1946 yil yanvar oyi oxirida Maxfiy razvedka xizmati (Sikret intellidjens servis, SIS - tahr), boshqa nomi MI-6, Kim Filbini Turkiyaga rezident sifatida yuborishga qaror qildi. 1947-yil yanvar oyining so‘nggi kunlarida u "go‘zal mo‘’jizalarga boy Istambul"ga jo‘nadi. Kim o‘zining "Mening maxfiy urushim" kitobida aytishicha, o‘sha paytda "Istambul Sovet Ittifoqiga qarshi razvedka ishlari olib borilgan asosiy janubiy baza edi". Uning uchun SIS rezidenturasidagi faoliyatining rasmiy niqobi - elchixonaning birinchi kotibi bo‘ldi.

London quyidagi vazifani qo‘ydi: birinchi navbatdagi nishon - Sovet Ittifoqi, keyingi navbatda - Bolqon mamlakatlari. Bu, shuningdek, Turkiya maxsus xizmatlari uchun ham juda maqbul bo‘ldi: "Turklar bizni tanishgan edi va bizning faoliyatimizga faqat Turkiyaga qarshi emas, balki Sovet Ittifoqi va Bolqon mamlakatlariga qarshi qaratilgan bo‘lgan takdirdagina yo‘l qo‘yilgan edi", - deb yozadi Kim.

Xususan, bu Turkiyaning sharqiy chegarasi orqali Gruziya va Armanistonga, shuningdek dengiz orqali - Sovet Qora dengiz portlariga, Odessa, Nikolayev va Novorossiyskka savdo kemalarida agentlarni jo‘natishda namoyon bo‘ldi.

Tashqi razvedka rahbari afsonaviy razvedkachilar ismini oshkor qildi

Biroq, agentlikka nomzodlar bilan aniq muammodar yuzaga keldi. Turklar bexosdan tasodifiy tavakkalchilarga, qochqinlarga va kontrabandachilarga ishonishgan va ro‘yhatdagi deyarli barchasi allaqachon ishlatilib bo‘lgan. Shuning uchun SIS agentlikka nomzodlarni Yevropa mamlakatlaridagi Kavkaz muhojirlari orasida izlay boshladi.

1918 yilda paydo bo‘lgan qisqa muddat mavjud bo‘lgan mustaqil Gruziya hukumati raisi menshevik Noy Djordaniya Parijdagi gruzin diasporasiga rahbarlik qilgan. Rahbarligining birinchi yilida Djordaniya Gruziyani uch marotaba - Germaniya, Angliya, Denikinga topshirishga muvaffaq bo‘ldi. 1921-yilda Qizil Armiyaning kelishi bilan u Parijga qochib, Gruziyaning "quvg‘indagi hukumatini" boshqargan. Djordaniya bilan bog‘lanish uchun yuborilgan SISning vakili, vaziyat va istiqbollarni baholab, uni Londonga yuborilgan telegrammada "ahmoq qari taka" deb atadi.

Djordaniya shunga qaramay "idrokli va baquvvat" bo‘lgan ikki gruzin yigitini topdi. Biroq, ularning ikkalasi ham Parijda tug‘ilgan va Gruziyani muhojir ertaklari orqali bilishgan. "Ulardan biri aniq tushkunlikka tushgan", deb yozadi Kim. Bu bechora bolalarning ahvoli yana shu bilan og‘irlashdiki, turk maxsus xizmatlari "agentlarni" yo‘lga chiqishidan oldin ularga o‘z topshiriqlarini tushuntirish uchun qirq sakkiz soat ushlab turishi sharti bilangina Gruziya bilan chegaralarini kesib o‘tishlari mumkin edi. Shunday qilib, parijliklar o‘zlarining tarixiy vatanlariga uchta topshiriq bilan yo‘l olishgan: bitta topshiriq Djordaniyadan, ikkinchisi SISdan, uchinchisi esa turklardan.

Josus dastur: Xitoyda turistlar telefoniga noma’lum ilova o‘rnatilmoqda – OAV

Kim Filbi, turkiyalik rahbari bilan agentlarning harakatlari yangiliklaridan xabar topgan: chegara orqali ikkita agent o‘tkazildi; bir necha daqiqadan so‘ng avtomat otishmasi eshitildi. Agentlar haqida boshqa hech narsa eshitilmadi.

1949 yilning yozida Kim Londondan telegramma oladi: unga Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) va Federal qidiruv burosi (FQB) bilan aloqani ushlab turish uchun SISning AQShdagi vakili lavozimi taklif qilindi. Bunday ajoyib imkoniyatdan Kim va uning rahnamolarining nafasi qaytib ketgan bo‘lsa kerak! "Ushbu taklifni qabul qilishga atigi yarim soat vaqtim ketdi", deydi Kim.

Ushbu tayinlash juda istiqbolli edi, chunki Amerika mahsus xizmatlari bilan ish tajribasi keyingi yuqoriroq rahbarlik lavozimiga ko‘tarilish uchun kerak edi. Gap shundaki, Filbining rahbarlari, uni boshqalar qatorida MI-6 rahbari lavozimiga nomzodligini ko‘rib chiqqan.

Uch nafar hind diplomati josuslik mojarosi tufayli Pokistonni tark etdi

Va 1949-yil oktabr oyining oxirida Kim Filbi "sherlar uyasiga" keladi. Amerikada bu yillarda makkartizmning dahshatli davri edi. FQB ketma-ket sovet "atom agentlari"ni - Klaus Fuks, Garri Gold, David Gringlass, er-hotin Rozenberglarning fosh etganini va keyinchalik qatl etilganliklari haqidagi ma’lumotlarni oshkor etdi. Markaziy razvedka boshqarmasi strategik operatsiyalarni boshqarish bo‘limida harakatga keltiruvchi kuch Djeyms Englton edi - va u ittifoqdosh razvedka xizmatlari bilan aloqalarga mas’ul bo‘la turib, Kim Filbi aksi edi: "Biz odatda u bilan haftasiga bir marta "Xarvey" mehmonxonasida billa nonushta qilardik. Ba’zida esa tushlik qilardik: "Englton, omarlardan zavqlanib, Gelenning o‘tmishdagi va hozirgi faoliyatini og‘zidan ko‘pik bilan himoya qilardi". Eslatib o‘taman, general Reynhard Gelen Gitlerning Sharqiy frontda razvedka boshlig‘i bo‘lgan va SSSRga qarshi keng qamrovli razvedka tarmog‘ini boshqargan. 1945-yil aprelida amerikaliklarga taslim bo‘lib, o‘z tarmog‘i bilan birgalikda ularning hizmatiga o‘tdi. Gelen uchun amerikalik ho‘jayin yangi bo‘ldi, ammo uning maqsadlari o‘sha-o‘sha eski edi. Amerikaliklar uchun "GelenOrg" - "Gelen tashkiloti" - asosiy razvedka vositasi edi.

Ben Laden o‘z rafiqasi tishiga josuslik chipini o‘rnatishlaridan xavfsiragan

Keyinchalik Engltonning ismi ramziy nomga aylandi. Yigirma yildan ko‘proq vaqt davomida, 1954-yildan 1975-yilgacha u Markaziy razvedka boshqarmasi kontrrazvedkasini boshqargan va uning shiddatli shubhaliligi Genri Kissindjerga, Kanada bosh vazirlari Pirson va Trudoga, shuningdek Germaniya kansleri Villi Brandga ham taalluqli bo‘lgan - bularning barchasi va boshqa ko‘pchilikni Englton yollangan agentlar bo‘lmasa-da, sovet razvedkasining "ta’siri ostida" deb hisoblagan. U o‘z kunlarini ruhiy kasallik bilan yakunladi.

Ammo, MI-6 harakatlarini MRB va FQB bilan muvofiqlashtiruvchisi rolidagi sovet razvedkasi xodimi Kim Filbi bilan yaqin aloqa Engltonning ongini shikastlab, uning tashxisiga yordam bergan bo‘lishi mumkinligi istisno emas. Buyuk Britaniya va AQSh, shubhasiz, eng yaqin ittifoqchilar bo‘lgan, ammo ularning razvedka xizmatlari o‘rtasida raqobat juda jiddiy bo‘lgan. MRB va SIS keyinchalik hukumatni boshqarishi kerak bo‘lgan to‘ntarish rahbarlarini ayniqsa mahkam ushlab olardilar: kimning nomzodi o‘tsa, bu mamlakatni o‘sha hizmat boshqaradi. Bu holat Albaniyada o‘tkazilgan operatsiya misolida namoyon bo‘ldi, amerikaliklar uchun ham, inglizlar uchun ham u ulkan muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Kim Filbining "muvofiqlashtiruvi" ostida.

Boltiq qo‘g‘irchoqlari Atlantikaning ikkala tomonida ham yaxshigina talabga ega edi. SIS va MRBning manfaatlari o‘zaro mos bo‘lmagan nomzodlari bor edi. Kim yozganidek: "Men ushbu jangovar guruhlarning bir-birini g‘ajishlari oqibatida boshi berk ko‘chaga kirib qolganlarini mamnuniyat bilan kuzatganman". Taxmin qilish kerakki, Filbining o‘zi ham bu tortishuvlarga o‘t solib turgan.

Wikileaks: AQSh razvedkasi ayfon, ayped va smart-tvdan josuslikda foydalanmoqda

Va, albatta, eng ko‘p talab rus va ukrain muhojirlarga bo‘lgan. Oq-muhojir-kollaboratsionistlarning Halk-mehnat ittifoqi (NTS) dastlab inglizlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, ammo endi ular NTS-ni boshqarish uchun shiddatli aryergard  janglarni olib borishga to‘g‘ri keldi: dollar juda kuchli edi. "NTS-dagi katta manfaatlarga qaramay, SIS moliyaviy sabablarga ko‘ra uning ustidan rahbarlikni MRBga topshirishga majbur bo‘ldi", - deydi Kim Filbi. "Mulk"ni bo‘lish hatto rasmiy bitim bilan rasmiylashtirildi! Garchi bundan keyin ham SIS amerikaliklarning orqasida NTS bilan yashirin firibgarliklardan o‘zini tiymagan.

Ukraina juda mazali lahm go‘shtdek edi. Kim Filbi vaziyatni quyidagicha tasvirlaydi. Urushdan oldin ham, SIS Ukraina millatchi-fashisti Stepan Bandera bilan aloqada bo‘lgan va urushdan keyin u Britaniyalik homiylarini Ukrainada uning kuchli ko‘magi borligiga ishontirdi. Aslida bunday emas edi. O‘z navbatida, MRB uchun Bandera nomukammal edi, chunki uning fashistik o‘ta millatchiligi uning SSSR hududida ruslarga nisbatan vayronagarchilik ishlarini olib borishiga xalaqit bergan bo‘lar edi. Bundan tashqari, amerikaliklar kelajakka umid bog‘lashgan, Bandera esa urushgacha bo‘lgan avlodga tegishli bo‘lib, ular allaqachon billa ishlab kelayotgan Ukrainadagi yangi "qarshilik harakati" bilan alohida aloqaga ega bo‘lmagan.

Maxfiy xaritalar iqtisodiy foydalanish uchun ochiqlandi

1949 yilda inglizlar birinchi agentlar guruhini radio uzatgichlar va boshqa maxfiy aloqa vositalari bilan ta’minlagan holda Ukrainaga yubordi. Keyingi yili SIS yana ikkita guruhni yubordi. Ularning hammasi izsiz g‘oyib bo‘lishdi.

Ammo ICU taslim bo‘lmadi. 1951-yil bahorida inglizlar u yerga har biri olti kishidan iborat yana uchta guruhni yubordi. Samolyotlar Kiprdagi aerodromdan jo‘nadi. Bir guruh Lvov va Ternopol orasidagi hududda, ikkinchisi - Prutning yuqori qismida, Kolomiya yaqinida, uchinchisi - Polshada, Sana irmog‘i yaqinida. Filbi ta’kidlaganidek: "Men bu guruhlarga nima bo‘lganini aniq bilmayman, lekin buni taxmin qilish qiyin emas".

Urushdan keyingi Sovet Ittifoqidagi zafarli yillardan 60-70 yil o‘tgach, Ukraina millatchilari tarixiy axlat qutisidan Bandera nomini olishib, Kiyev ko‘chalari bo‘ylab mash’alalar bilan yurishadi, deb Kim tasavvur qilishi qanchalik qiyin bo‘lgan bo‘lar edi...

Ushbu turkum maqolalar "Kim Filbi va Kembridj beshligi: Razvedkachi qahramonlar tarixiy xotirasini saqlash" ta’lim loyihasining bir qismidir.