TOShKENT, 1 mar — Sputnik. “Al-Qoida” terrorchilik tarmog‘i rahbari Usama ben Laden elektron kuzatuv uskunalaridan qo‘rqib yashaganligi ta’kidlanmoqda. Ben Laden AQSh razvedka xizmati bu uskunalarni uning yaqinlariga o‘rnatib qo‘yishi mumkinligidan, ayniqsa, qattiq xavfsiragan, deb xabar qiladi RIA Novosti Amerika maxsus xizmati tomonidan mahfiylik darajasidan chiqarilgan hujjatlarga tayangan holda.
“Birinchi raqamli terrorchi” Abu Abdullohga yuborgan maktublaridan birida, o‘sha vaqtda Eronda bo‘lgan rafiqasining stomatolog huzuriga bormoqchi bo‘layotganidan g‘oyat havotirda ekanini bildirgan. Ben Laden, josuslik chipi to‘g‘ridan-to‘g‘ri plombaga o‘rnatilib qo‘yilishi mumkinligini qayd etgan. “Chip uzunligi — bug‘doy donasiday, eni esa — vermishel qalinligiga teng", — deb yozgan u, o‘qib bo‘lgach maktub yo‘q qilinishi lozimligini qo‘shimcha qilgan holda.
Bundan tashqari, o‘zining yana bir maktubida Ben Laden jangarilarga afg‘on diplomati uchun tovon tarzida olingan chemodandan xalos bo‘lishni buyurgan. Terrorchi, chemodanda qo‘lbola elektr probka bo‘lishi mumkin, degan havotirda shunday buyruqni bergan.
Mahfiylik darajasidan chiqarilgan xujjatlar 2009-2011 yillarga tegishli.
Usama ben Laden 2011-yilning may oyida Pokistonning Abbotobod shahri chekkasida amerikalik spesnazlar tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya vaqtida yo‘q qilindi. Ekspertiza ishlari yakunlangach, “Al-Qoida” boshlig‘i tanasi o‘ta mahfiy sharoitda dengiz tubiga ko‘milgan.