TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Hujjatlarda foydalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan qurilma shifrlash tizimi, antiviruslar va himoya yo‘llarini chetlab o‘tish yoki yo‘q qilish usullari keltirilgan. Bu haqda Sputnik Tojikiston yozmoqda.
Bundan tashqari, hujjatlarda buning ortida AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi turganligi hamda boshqa mamlakatlar, xususan Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilganligi aytiladi.
Asosiy e’tibor Apple va Google telefonlari hamda Microsoft Windows tizimida ishlaydigan kompyuterlarga "kirish"ga qaratilgan.
Wikileaksning bildirishicha, Samsungning aqlli televizorlari MRBga axborot yig‘ish uchun eng yaxshi vosita bo‘lgan. Ushbu firmaning smart-tvlaridagi mikrofonlar "eshitish qurilmasi"ga aylangan.
MRB mutaxassislari shuningdek, avtomobillarning kompyuter tizimiga kirish imkonini beruvchi dasturlar ham ishlab chiqishgan.
MRB vakili Jonatan Lyu tashkilot mazkur xabarni izohlamasligini ma’lum qildi.
Oq uy vakili Shon Spayser ham izohlashdan bosh tortdi.