Petr Akopov
Koronavirus inqirozidan keyin jahondagi tartib ko‘plab holatlarda Xitoy, AQSh va Rossiya tomonidan shakllantirilishi mumkinligi haqidagi fikr turli kuzatuvchilarda (masalan, South China Morning Postda) yo‘q joydan paydo bo‘layotgan emas — hamma ish aynan shunday "Katta uchlik" vujudga kelishiga qarab borayotgani haqida hali pandemiya boshlanguniga qadar ham aytilgan edi.
AQShga sherik tariqasida Yevropa Ittifoqini ham qo‘shish mumkin va hatto shart — albatta, biz ko‘nikkan kenja sherik sifatida emas, balki alohida mustaqil kuch sifatida. Bu kuch muammosi shundaki, u o‘z-o‘zini identifikatsiyalash inqirozini boshdan kechirmoqda, — u hozirdan o‘z kelajaki Amerikaga bo‘ysunishdamasligini tushunadi va lekin ayni vaqtda o‘z-o‘zini boshqarishga doir iroda va ko‘nikmaga ega emas. Yevropa kelajakda o‘z o‘rni va rolini global miqyosda ko‘ra olmayapti — bu haqda Emmanuel Makron tinimsiz takrorlaydi, ammo koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz unga subyektivlikni qaytarmaydi, balki aksincha, bir muddatga birdamlik hissini yo‘qotadi.
Aynan shu bois, yaqin istiqbolda, yaqin ikki-uch yilda aynan uchta faol super og‘ir vaznga ega o‘yinchilar dunyodagi tartibni qayta qurishda hal qiluvchi ta’sirni o‘tkazadilar.
Rossiyaning Xitoy va AQSh bilan taqqoslagandagi iqtisodiy zaifligi uni "Katta uchlik" ishtirokchisi maqomidan mahrum qilmaydi, chunki bu o‘rinda uning barcha frontlardagi faol ishtiroki, tarixiy tajribasi va salmog‘i tosh bosadi. 2014-yilning bahorida aynan Rossiya jahon tarixida yangi sahifani ochdi — Ukrainadagi fitnaga Qrim bilan javob qaytardi va bu bilan AQShni davlatimizni butun dunyodan bloklashga va yakkalashga, ya’ni jahon miqyosidagi boykotga undagan edi. Bu urinish muvaffaqiyatsiz tugadi - bu butun amerika dunyosi Atlantika yoki NATOga qadar qisqarganini ko‘rsatdi. Rossiya nafaqat Sharq va Janubga qarab burildi, — u butun dunyo uchun atlantika tartibiga qarshi yurishda bosh bo‘ldi. Bunday hurmatni hech qanday mablag‘ evaziga sotib olib bo‘lmaydi - va u Kremlning mohir geosiyosiy o‘yini bilan birga - Rossiyaning Xitoy va AQSh bilan taqqoslaganda yetishmayotgan iqtisodiy vaznini qoplaydi.
Ammo "Katta uchlik" qay tarzda yangi tartibotga ta’sir o‘tkazadi? AQSh — qulayotgan yirik derjava, Xitoy - kuch olayotgan derjava, Rossiyaning-chi, uning o‘rni qanday? Rossiya — shunchaki ularni u yoki bu tomonga og‘dirayotgan tarozidagi tosh emas, Rossiya o‘yin qoidalarini belgilay oladi, yangi qoidalarni belgilash uchun yetarlicha obro‘ga ega. Biz Xitoy bilan birgalikda post-amerika dunyosidan ko‘p qutbli - bir necha kuch markazlarga ega bo‘lgan, o‘rtasidagi muvozanat va raqobat yangi dunyo tartiboti konturlarini belgilab beradigan tizimga yumshoq o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Albatta, abadiy emas u konturlar, lekin hozirgi barbod bo‘layotganidan ko‘ra ancha mustahkam. Shu ma’noda biz Xitoy bilan haqiqiy ittifoqdoshlarmiz.
Qo‘shma Shtatlar uchun Rossiya - AQSh - XXR uchburchagi o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan yarim asr davomida Kissinjer ko‘rsatmalariga binoan rivoj topgan: bu Vashingtonning Moskva va Pekin bilan alohida munosabatlari Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarga qaraganda yaxshiroq bo‘lishga intilishda namoyon bo‘ladi. Bu formula ish bermay qo‘yganiga ancha bo‘lgan, Si Szinpin boshqaruvi, ya’ni 2012-yildan boshlab esa umuman buni imkoni qolmagandi ham. Shu bilan birga Qo‘shma Shtatlar uning buyuk kelajagiga ishonishda davom etardi — hatto, 2014-yildan keyin, ya’ni Kissinjerning Rossiyani izolyatsiya qilish uni Xitoyga yaqinlashtirishi xavfini yuzaga keltirishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishidan keyin ham. Aslida Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi yaqinlik Qrimgacha yuz bergan bo‘lib, ushbu strategik kurs davom etgan bo‘lardi ham, G‘arb va Rossiya mojarosi esa shunchaki bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Lekin Vashington o‘zini xomxayollar bilan avrashda davom etardi: Rossiya va Xitoy o‘rtasida shundayin chuqur va hal etilmas ziddiyatlar mavjud-ki, ularning alyansi barqaror bo‘la olmaydi, u baribir mojaro yoki sovuq urush bilan tugaydi va shu tomondan AQShning global yetakchiligiga hech narsa xavf solmaydi.
Shtatlar shu ahvolda 2016-yilga qadam qo‘ydi va kutilmaganda atlantachilarni hayratga solib hukumat tepasiga Donald Tramp keldi. U Xitoy bilan savdo urushini boshladi va Rossiya bilan yaqinlashishni istadi — ya’ni u go‘yoki Kissinjer sxemasi bo‘yicha harakat qilardi. Ammo haqiqatda Tramp "Katta uchlik" doirasida o‘ynagan AQShni namoyon etmas edi, - bu yangi antiglobalistik Amerika edi, uning manfaati qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham (xususan, o‘z davlati tanazzuli evaziga) atlantika elitasining umummilliy gegemonligini qo‘llab-quvvatlash emas, balki milliy davlat sifatida tezroq kuchayish edi.
Ya’ni uchburchak doirasida mavjud tartibotning uchta dushmani to‘plangan edi - bu albatta, noyob holat.
Albatta, Tramp, Putin va Si uchun o‘zaro gaplashib olish oson ishmas — hech kim derjavalar o‘rtasidagi geosiyosiy, savdo-moliyaviy va boshqa ziddiyatlarni bekor qilganmas. Ammo bu ziddiyatlar aynan milliy davlatlar (imperiyalar, tamaddun-davlatlar), ya’ni yagona koordinatalar tizimida mavjud bo‘lganlar o‘rtasida - o‘z mavjudligi huquqini talab qilayotgan va boshqalarning shunday huquqini tan oladigan globalistik birlashish loyihasi va jahon gegemonligi (AQShga tayanib) o‘rtasidamas.
Tramp — Putin — Si uchligi koronavirus epidemiyasiga qadar ma’lum sabablarga ko‘ra shakllana olmadi va bunda Xitoy bilan savdo urushining mutlaqo aloqasi yo‘q. U aynan trampcha izolyatsionalizm ruhida bo‘lib, uning faol fazasi global pandemiya boshlanishi arafasida qisman kelishuvga erishilishi bilan deyarli yakun topdi. Albatta Tramp vaqti-vaqti bilan murojaat qilgan va uning atrofidagi globalistik davra da’vat qilib turgan Xitoyga turlicha bosim o‘tkazish siyosati XXR va AQSh o‘rtasidagi katta strategik muloqotga halal berardi — bundan tashqari Trampga hatto Putin bilan muloqot qilish imkonini bloklab qo‘yishdi. Ammo joriy yil kuzida qayta saylangach, Tramp shu jumladan "Katta uchlik" doirasida ham ko‘proq erkinlikni qo‘lga kiritadi.
Uni yaratish yo‘lidagi birinchi katta qadam sifatida Vladimir Putinning joriy yil yanvar oyida Quddusda BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a’zolari bo‘lgan yadroviy derjavalar sammitini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusini aytib o‘tish mumkin.
"Katta beshlik" mohiyatan olganda prezident Makron yuzida Yevropa bilan to‘ldirilgan "Katta uchlik" bo‘ladi — chunki Brexit fonida AQSh va Britaniyaning anglosakslar birligi (geosiyosiy birlik ayniqsa) yarqirab ko‘zga tashlana boshladi. Putinning g‘oyasi hammaga ma’qul keldi — sammitni sentabr oyida - BMT Bosh assambleyasi o‘tkazilishi belgilangan sanada Nyu-Yorkda o‘tkazishga kelishildi.
Koronavirus butun dunyoni karantinga yopdi. Ammo kuzga borib pandemiya darajasi pasayadi va Putin Si Szinpin bilan, xuddi Makron va Jonson singari Nyu-Yorkka kela oladi. Agar Shtatlar anti-xitoy jazavasiga tushmasa, albatta. Ularda bu masala nosog‘lom bir ko‘rinishda avj olmoqda.
Masalan, senator Lindsi Grem Xitoy zimmasiga koronavirus tufayli o‘lgan amerikaliklar o‘limini va ishsizlik uchun javobgarlikni yuklab, endilikda AQSh Xitoyni qattiq jazolashi kerakligini, uni o‘z xatti-harakatini o‘zgartirishga majbur etishi lozimligini ta’kidlamoqda.
"Men qarzimizning bir qismini Xitoy bo‘yniga o‘tkazmoqchiman, negaki ular bizga to‘lashi kerak, biz ulargamas".
Agar Tramp og‘zidan shunga o‘xshash gap chiqqanida, sentabrda o‘tkaziladigan sammit haqida gap bo‘lishi mumkin emasdi - Si Szinpin Tramp bilan uchrashuvdan bosh tortgan bo‘lardi. Lekin Tramp bunday ohangda gapirmaydi, chunki oliy darajadagi uchrashuv Xitoydan ko‘ra Amerikaga ko‘proq kerak, koronavirus tufayli yuzaga kelgan global inqiroz esa Trampning (AQSh hisobiga) "Amerikancha gegemoniya" siyosatini asrab qolishga chiranayotgan globalistlarga qarshi ziddiyatini faqatgina kuchaytirmoqda. U Rossiyaga ham kerak — biz koronavirusdan keyingi jahon tartiboti haqida qancha tez kelishishni boshlasak, hammaga shuncha yaxshi bo‘ladi.
Hozircha esa "Katta uchlik" faqatgina Stalin, Ruzvelt va Cherchillga qiyoslanmoqda. Ammo u tez orada qaytadan nashrdan chiqishi mumkin — albatta, bu noyabrda Tramp AQSh prezidenti etib qayta saylanganida ro‘y beradi. O‘shanda, 2021-yilda biz yangi dunyo yaratilishining birinchi aktiga guvoh bo‘lamiz.