TOShKENT, 11 fev - Sputnik, Sofiya Melnichuk. AQSh mudofaa vaziri Mark Espern “revizionist davlatlar” Rossiya va Xitoy o‘z qo‘shnilarining suverenitetini buzgan holda o‘zlariga ma’qul dunyo tartibini tiklashga harakat qilayotganini ma’lum qildi. Pekin va Moskvada ishonchlari komil: o‘yin qoidalari aynan Vashingtonda o‘zgarmoqda, u yerda zamonaviy voqelik bilan hisoblashishni istamayapti. Amerikaliklar “yaxshi xulq-atvor” meyorlari deb nimani tushunishlarini RIA Novosti o‘rgandi.
Asosiy tahdidlar
Dunyo xavfli joyga aylandi - eski qoidalar amal qilmayapti, kelishuvlar buzilmoqda va reaksionerlar tomonidan qayta yozilmoqda. AQSh Mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga, ko‘ra global ishlar hozirda shunday ahvolda. “Zamonaviy chaqiriqlar zamonaviy yechimlarni talab qiladi, ayniqsa mudofaa idoralari tomonidan”, - dedi u fevral oyi boshida Jons Xopkins universitetidagi chiqishida. “Qo‘shma Shtatlari buyuk kuchlar o‘rtasidagi raqobatning yangi davrida raqobatbardoshlikni qo‘llab-quvvatlamoqchi, va aynan shu davrda revizionist davlatlar dunyo tartib qoidalari va yaxshi xulq-atvor meyorlarini qayta yozmoqdalar”, - dedi idora rahbari va aniq kimni nazarda tutganiga aniqlik kiritdi - Rossiya va Xitoyni.
“Ikkala mamlakat ham qo‘shnilarining suverenitetini buzishdi va doimiy ravishda kichik mamlakatlarga nisbatan strategik ustunlikka ega bo‘lishga harakat qilishmoqda”, - deya ta’kidlaydi Esper. Pekin, uning fikricha, intellektual mulkni o‘g‘irlaydi va "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusi orqali iqtisodiy yechimlar va xavfsizlik siyosatini joriy etishga harakat qilmoqda. “Moskva shartnoma majburiyatlarini buzgan va zararli kiber operatsiyalarga qo‘l urgan urgan holda qonunga bo‘ysunadigan davlatlar hisobiga o‘z ta’sirini kengaytirish uchun gibrid urushga murojaat qildi”, - dedi Esper.
Bu AQSh mudofaa vazirining 2017-yilda e’lon qilingan Milliy xavfsizlik strategiyasidagi bandlarga murojaat qilishining birinchisi emas. Aynan bu yerda Vashington dunyo tartibini o‘zgartirayotgan revizionist davlatlar ro‘yxatini keltirgan. Masalan, 2019-yil sentabr oyida Rossiya “xalqaro miqyosdagi mas’uliyatli o‘yinchi bo‘lishni istamaslikda” ayblandi, chunki u “Gruziyaga hujum uyushtirdi, Qrimni bosib oldi, RSMD shartnomasini buzdi va strategik qurollarini ishlab chiqishda davom etdi”.
Hatto boshqa qit’alarda, masalan, Venesuyelada ham, Amerika vazirining ta’kidlashicha, Moskva "barqarorlikni saqlashga urinish uchun diskreditiv va muvaffaqiyatsiz rejimlar” bilan ittifoq tuzmoqda. “Qisqasi, Rossiya tashqi siyosati xalqaro normalarini rad etib kelmoqda”, - deb ta’kidlagan vazir.
Ularni kim buzganligi, kim rad etayotgani va o‘z qoidalarini boshqalarga yuklayotgani to‘g‘risidagi munozaralar bir necha o‘n yillardan ortiq davom etmoqda. Xaritada yangi markaz va ta’sir qutblari paydo bo‘lishi AQShning so‘nggi milliy xavfsizlik strategiyasi paydo bo‘lishidan ancha oldin aytilgan edi.
Ravshan ko‘p qirralilik sari
“Sovuq urushdan keyin taklif qilingan bir qutbli dunyo amalga oshmadi. Menimcha, zamonaviy dunyo uchun bir qutbli model nafaqat nomaqbul, balki umuman mumkin emas”, - dedi Vladimir Putin 2007-yilda Munxen xavfsizlik konferensiyasida. Unda u mavjud dunyo tartibini tanqid qildi, NATO tomonidan majburiyatlarni bajarmaganligi, AQSh tomonidan xalqaro huquqni mensimasligi haqida gapirdi.
Rossiya rahbarining so‘zlari ko‘plab g‘azabga sabab bo‘ldi. OAVlar G‘arbda bunday bayonotlar bilan, garchi hayajonlangan bo‘lishsa ham, nutq NATO rahbarlarining birlashishiga turtki berdi deb yozishdi.
Biroq, o‘n yil o‘tgach, shu rahbarlardan biri - Germaniya kansleri Angela Merkelning o‘zi “ko‘p jihatdan Xitoy va Hindiston kabi davlatlar o‘zlarining geostrategik maqsadlariga ega bo‘lgan” ko‘p qirrali dunyo haqida gapirdi. AQSh Parijda iqlim kelishuvidan chiqqach, Fransiyaning BMTdagi vakili Fransua Delatre "ko‘p qutbli dunyoning tug‘ilishini" e’lon qildi. Mutaxassislar va siyosatchilar butun dunyodagi tahlil markazlari va konferensiyalarda yirik davlatlarning ko‘p qutblilikka va kuchlarning yangi qutblari, mintaqaviy yetakchi davlatlar, yirik iqtisodlar paydo bo‘lishiga moslashishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Vladimir Putinning 2007-yilda aytgan so‘zlari Yevropa va Amerika yetakchilarini hayratda qoldirishi mumkin emas edi: “Hech shubha yo‘qki, yangi o‘sish markazlarining iqtisodiy salohiyati siyosiy ta’sirga aylanadi va ko‘p qutblikni kuchaytiradi”. Aynan shu, Milliy xavfsizlik strategiyasiga ko‘ra, bugungi kunda Vashingtonni ko‘proq tashvishga solmoqda. Agar G‘arbning Rossiya bilan munosabatlari oddatda hech qachon oddiy bo‘lmagan bo‘lsa, enda Xitoy kutilmaganda raqiblar toifasiga o‘tdi.
Sevgidan nafratgacha 11 ta strategiya
AQSh va Xitoy yaqinlashishni 1970-yillarning boshlarida boshladilar. O‘z so‘zlari bilan aytganda, shaxsiy orzusini amalga oshirgan va Xitoy Xalq Respublikasiga safar qilgan birinchi Amerika rahbari Richard Nikson bo‘ldi. U kommunizmning ashaddiy raqibi edi, shuning uchun uning Mao Szedun bilan uchrashuvini tashqi siyosatdagi Amerika pragmatizmining haqiqiy namoyishi deb atash mumkin.
Biroz vaqt o‘tgach, 1980-yillarning boshlariga kelib, Xitoy rahbariyati islohotlar va ochiqlik siyosatini boshladi. G‘arbda Maoning vafotidan keyin Xitoyning demokratlashtirish va liberallashtirish sari qadam tashlashiga ishonchlari komil edi. Ronald Reyganning milliy xavfsizlik strategiyasi "XXR bilan yaqin aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashish" haqida gapirildi. "Xitoyning ahamiyati o‘zi uchun gapiradi", - deyilgan hujjatda.
1989 yilda Tananmen maydonida talabalar namoyishining qonli ravishda tarqatilishi bu yo‘l yanada qiyinroq bo‘lishini ko‘rsatdi. Shunga qaramay, "Xitoy uslubidagi sotsializm" sharoitida bozor islohotlari davom etdi va 90-yillarning boshlarida Vashington hali ham Xitoyda o‘zgarishlar muqarrar deb hisoblar edi. Katta Jorj Bush davrida Xitoyni AQSh bilan bir qatorda "mintaqaviy barqarorlik va global kuchlar muvozanatiga ulkan hissa qo‘shgan" mamlakat deb hisoblashar edi.
Mamlakatning yanada ochiq, global va demokratik bo‘lishi uchun XXR bilan hamkorlik qilish zarurligi 1994-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan davrda Bill Klinton, Jorj Bush kichigi va Barak Obamaning milliy xavfsizlik strategiyalarida qayd etilgan.
Obamaning 2015-yildagi strategiyasida Xitoyning yuksalishi endi "eng kuchli davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar kelajagiga ta’sir ko‘rsatishga qodir" deb ta’riflangan. Shuningdek, Pekin ASEAN mamlakatlari bilan hududiy tortishuvda suvlarning eng katta qismiga da’vo qilayotgan Janubiy Xitoy dengizida erkin yuk tashish tamoyillari haqida ham eslatib o‘tilgan. Biroq, shunda ham, Vashington "barqaror, tinch va gullab-yashnagan Xitoyning yuksalishini mamnuniyat bilan olqishladi".
2017 yilgi hujjatda esa Pekin endi dushman deb ataldi va "hamkorning" liberallashtirish umidlari puchga chiqqanligini tan olindi. "Xitoy o‘z hokimiyatini boshqalarning suvereniteti hisobiga kengaytirdi" va "mintaqaviy va global ta’sirini e’lon qila boshladi". Rossiya kabi, Oq uyga ko‘ra, Pekin ham "AQShning geosiyosiy ustunligi borasida bahslashib, dunyo tartibini o‘z foydasiga o‘zgartirishga harakat qilmoqda".
Jahonga tinchlik xitoycha talqinda
O‘z navbatida, XXR "Xitoy qayta qurilishining me’mori" Deng Saopin tomonidan belgilangan tashqi siyosatga amal qiladi, unga ko‘ra mamlakatning jahon sahnasidagi barcha harakatlari noharbiy bo‘lib, milliy iqtisodiy rivojlanish va farovonlikka olib borishi kerak.
Shunday qilib, Szan Szemin va Xu Szintaoning rahbarligi paytida Den Saopin formulalariga "ko‘p qutblilik", "Xitoy millatining buyukligini tiklash" va "tinch ko‘tarilish" tushunchalari qo‘shildi. 2005-yilda Xu, Xitoy "adolatli va oqilona yangi xalqaro siyosiy va iqtisodiy tartibni yaratish uchun boshqa davlatlar bilan birgalikda ishlashga" tayyorligini bildirdi.
2012 yilda hokimiyatga tepasiga kelgan Si Szinpin ham bu yo‘ldan bosh tortmadi. Ammo, agar ilgari Xitoy tegishli majburiyatlarga ega bo‘lgan "og‘ir vaznli yetakchi davlat" rolini olishga jur’at etmagan bo‘lsa, endilikda XHR yetakchilariniring yangi avlodlari tashqi siyosat masalalarida oldingilariga qaraganda qattiqroq bo‘lib chiqdi.
2017 yilda rais Si "yangi davrda xitoylik xususiyatlarga ega sotsializm"ni e’lon qildi, va bu Pekinning diplomatik faoliyatining haqiqiy portlashiga to‘g‘ri keldi. Davlat rahbari chet elga o‘ttizdan ortiq tashrif buyurdi - bu mutlaq rekorddir.
Bundan tashqari, Si Szinpin mamlakatning tashqi siyosatini to‘rtta yangi konsepsiya bilan rang-baranglashtirdi: buyuk davlatlarning yangi munosabatlari, xitoycha xususiyatga ega yetakchi davlatning diplomatiyasi, umumiy taqdirga ega global jamiyat barpo etish va xalqaro munosabatlarning yangi turi. Ekspertlar va boshqa hukumatlar hali ham raisning xabarini tushunishga harakat chilmoqdalar. Ammo jahon tartibining revizionizmi haqidagi da’volarni Pekin qat’iyan rad etmoqda. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh "Xitoyga revizionistik kuch" yorlig‘ini yopishtirish urinishi qo‘lidan kelmaydi deb bayonot bergan.
XXR xalqaro huquq prinsiplari va BMT nizomini hurmat qilishini bir necha bor ta’kidlagan. Tashqi ishlar vazirligi Vashington bilan savdo kelishmovchiligi haqida quyidagicha gapirgan: "Agar Qo‘shma Shtatlar Xitoy Jahon savdo tashkilotining qoidalarini buzmoqda deb hisoblasa, unda u yerga murojaat qilishlari kerak. Ammo ular nafaqat bu yerga murojaat qilishmadi, balki JSTni yo‘q qilishga qaror qilishdi".
Xitoy tomonining fikriga ko‘ra, Oq uy Xitoy xalqaro qoidalariga muvofiq o‘ynaganligi sababli juda yaxshi rivojlanayotganini biladi. Va vaziyatni "boshqarish" uchun ushbu qoidalarni qayta yozib chiqishi kerak. "Aslida, AQShning o‘zi revizionistik davlatdir", - deb hisoblashadi Xitoy Tashqi ishlar vazirligida.
Xalqaro huquqni "qoidalarga asoslangan munosabatlar" bilan almashtirishga urinishda AQSh Rossiyani ham ayblamoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu kabi yangi qoidalarni kim va qanday huquq asosida o‘rnatayotganligi aniq emasligini bir necha bor ta’kidlagan. Vaziyat qanday bo‘lmasin, dunyo tartibini o‘zgartirish qaytarib bo‘lmaydigan jarayon bo‘lib bo‘ldi. Jahon sahnasida yangi kuchli o‘yinchilar paydo bo‘lishi bilan endi ularning fikrlari bilan “adolatli va inklyuziv tizimda”hisoblashish kerak.