AQSh Rossiya sputnikka qarshi raketani sinovdan o‘tkazganini xabar qildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishBoyevaya strelba raschetov zenitnix raketnix kompleksov (ZRK)
Boyevaya strelba raschetov zenitnix raketnix kompleksov (ZRK) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pentagon Rossiya sputnikka qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba beruvchi raketani sinovdan o‘tkazganini xabar qildi.

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. AQSh Harbiy kuchlarining kosmik qo‘mondonligi chorshanba kuni Rossiya sputnikka qarshi raketani sinovdan o‘tkazganini xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

“AQSh Harbiy kuchlarining kosmik qo‘mondonligi Rossiya tomonidan 15-aprel kuni DA-ASAT turdagi (sputnikka qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba beruvchi) raketa sinovdan o‘tkazilganidan xabardor. Ushbu sinov AQSh va uning ittifoqdoshlariga nisbatan xavflar jiddiy ekanini va ular o‘sib borayotganidan darak beradi”, - dedi AQSh harbiy  havo kuchlari qo‘mondoni Jon Reymond.

Shuningdek Reymond barcha davlatlar koinotda xavfsiz amaliyot olib borish uchun sharoitlar yaratishi kerakligini yana bir eslatib o‘tdi.

Sputnikka qarshi kurash tarixi

Eslatib o‘tamiz, insoniyat tarixida sputniklarga qarshi tizimlar va raketalar bir necha bor sinovdan o‘tkazilgan.

Sobiq SSSRda 1980-yillarda “Sputniklar qiruvchisi” tizimi m avjud edi. Tizim hamda tutuvchi kosmik apparatdan iborat bo‘lib, Yer orbitasiga Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan “Siklon-2” tashuvchi raketasi yordamida olib chiqilgan. Sinov davomida bir necha sovet sputnik-nishonlar muvaffaqiyatli urib tushirilgan.

Indiyskaya raketa Brahmos - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston raketasi sputnikni urib tushirdi

1985 yilning sentabr oyida AQSh qo‘mondonligi ega bo‘lgan ASM-135 ASAT tizimini sinovdan o‘tkazdi. F-15 qiruvchi samolyotidan uchiriligan raketa 555 km balandlikda harakatlanayotgan AQShning Solwind Astrofizik sputnigini urib tushirdi.

2008 yilning fevralida AQSh AQShning kemalarga qarshi SM-3 raketasi bilan 247 km balandlikdagi harbiy sputnik USA-193 urib tushirilgan edi.

2007 yilning yanvar oyida Xitoy Sichan kosmodromidan uchirilgan sputnikka qarshi raketa yordamida 865 km balandlikda Fengyun-1C kosmik apparatini yo‘q qildi.Buning oqibatida orbitada 2000 bo‘lakdan iborat qoldiqlar buluti paydo bo‘ldi. Oqibatda kosmik apparatlar ushbu bultga chap berib o‘tishga majbur bo‘lmoqda.

2019 yilning mart oyida Hindiston 270 km balandlikda o‘zining Microsat-R nomli sputnigini raketa yordamida urib tushirdi.

Yangiliklar lentasi
0