"AQSh neftni o‘g‘irlamoqda, turklar esa Idlibga yurishmoqda": Suriyada nima boshlandi

Artillerik zarbalar, tinch aholining o‘limi va qumondonlarga ov - Suriyada hanuz notinch. O‘tgan shanba, uzoq vaqtdan beri tinch ko‘rinadigan Rakkaning shimoliga yana o‘qlar kelib tushdi.
Sputnik

TOShKENT, 14 apr - Sputnik, Andrey Kos. Artillerik zarbalar, tinch aholining o‘limi va qumondonlarga ov - Suriyada hanuz notinch. O‘tgan shanba, uzoq vaqtdan beri tinch ko‘rinadigan Rakkaning shimoliga yana o‘qlar kelib tushdi. O‘t ochishni turkiyparast qurolli guruhlar ochgan, Tel-Rifat qishlog‘ida qurbonlar bor. Yakshanba kuni tushdan keyin o‘shbu hududda Kurdiston "Suriya Demokratik Kuchlari" qo‘mondoni Muhammad Husayn al-Kanas otib o‘ldirildi. Suriyadagi vaziyat to‘g‘risida - RIA Novosti materialida.

Buyuk neft sulhi: bundan keyin nima bo‘ladi

Turkiya uxlamayapti

Aleppo provinsiyasining shimolida demarkatsiya chizig‘ida turklar tomonidan boshqariladigan Suriya milliy armiyasi deb nomlanuvchi qurolli guruhlar bilan to‘qnashuvlar davom etmoqda. Yakshanba kuni hukumat kuchlari ofitseri haloq bo‘ldi. Xuddi shu kuni "Afrin ozodlik kuchlari" guruhi kurd jangarilari Sharava atrofidagi turk pozitsiyalariga hujum uyushtirdilar va dala istehkomlarini tankga qarshi raketalari bilan o‘qqa tutdilar. Uch kishi haloq bo‘lgan, uch kishi yarador.

Yana bir turk karvoni chegarani "Kafr-Lusin" orqali kesib o‘tib, demarkatsiya chizig‘i tomon yo‘l oldi. Natijada Idlib viloyatidagi turk qo‘shinlari soni 20 ming kishiga yetdi. Shu bilan birga, Suriya milliy armiyasi (SMA) Halabdan qo‘shinlarni - zirhli mashinalar kolonkalarini, o‘q-dorilar va zenit-raketa komplekslari ortilgan yuk mashinalari.

Tramp Putinga neft qazib olishni kamaytirganligi uchun minnatdorchilik bildirdi

Ushbu muammoli viloyatdagi qarama-qarshilik darajasini jiddiy pasaytirgan koronavirus pandemiyasi, ko‘rinishidan mojaroning yangi bosqichini oldini olishga qodir emas. Anqara ekspansiya rejalaridan voz kechmoqchi emas. So‘nggi kunlarda Turkiya armiyasi strategik muhim M4 trassasida bir nechta yangi blokpostlarni o‘rnatdi. Idlibda Anqaraning 58 ta kuzatuv postlari faoliyat yuritmoqda.

Neft muammosi

Amerikaliklar ham qo‘l qovushtirib o‘tirmayaptilar. O‘nlab yuk mashinalari va zirhli mashinalar Iroq tomonidan Suriyaning shimoliy-sharqidagi Xaseke provinsiyasiga kirib keldi. Kolonna Ash-Shaddadi qishlog‘idagi Amerika bazasiga yo‘l oldi. Donald Tramp Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish niyati haqida bir necha bor aytganiga qaramay, u bu yerda harbiy ishtirokni qisqartirishga shoshilmayapti.

Armiya bo‘linmalarini ko‘chirilishi maqsadi haqida xabar berilmagan, ammo Suriya OAVlari ta’kidlashicha, bari gap neftda. Amerikaliklar Yefrvt sharqidagi eng yirik neft konlarini nazorat qilmoqda. Ehtimol, qo‘shimcha kuchlar qora oltin qazib olinishini ta’minlash uchun kerak bo‘ldi. O‘tgan yilning dekabr oyida Suriya prezidenti Bashar ssad AQSh qo‘lga olingan konlardan olingan neftni Turkiyaga sotayotganini aytgan edi.

"IG* kelib, "Nusrani" u yerdan chiqarganida, aniqrog‘i IG* Nusra* bilan birlashganda, ular ushbu neftni o‘g‘irlab, sotishni boshladilar, - dedi u Xitoyning Phoenix telekanaliga bergan intervyusida. - Kimga? Savdo Turkiya orqali o‘tdi. Endi esa AQSh neftni o‘g‘irlab Turkiyaga sotmoqda. Anqara - sherikdir, ular uchun bu muammo emas".

Bozorni birgalikda qutqaramiz: AQSh neft qazib olishni qisqartirmoqda

O‘shanda Asad Turkiya avval neftni terrorchilardan, hozir esa Vashingtondan sotib olayotganini ta’kidladi. Ko‘rinishidan, AQSh Suriya konlari kabi issiq joydan voz kechmaydi.

Ko‘priklarni o‘rnatish

Rossiya ham, shuningdek, mamlakatning shimoliy-sharqida harbiy ishtirokini kuchaytirmoqda. Turkiya Anadolu xabar agentligiga ko‘ra, Rossiya harbiy texnikalari karvoni Rakka viloyatiga kirib, Kamishli aholi yashash punktiga yo‘l oldi. Tahlilchilar buni AQShning mintaqadagi faolligini oshishi bilan bog‘lamoqda.

Agar suriyaliklarning aksariyati amerikaliklarga yomon munosabatda bo‘lishsa, hamma rossiyaliklardan minnatdor. O‘tgan dam olish kunlari Dey-yez-Zor provinsiyasi aholisi jurnalistlarga bir yil oldin bizning harbiy kuchlar tomonidan qurilgan Yefrat darosi ustidagi ko‘prik ularni o‘limdan saqlab qolganini aytishdi. Fermerlar xuddi shu nomdagi poytahtga ta’minotni yo‘lga qo‘ydi, daroning ikkala tomonidagi aholi punktlari o‘rtasidagi aloqa tiklandi.

Neft narxi OPEK+ yig‘ilishidan oldin ko‘tarildi

"Bu ko‘prik yagona. Daroning narigi tomonida qarindoshlarimiz bor oldinlari bordi-keldimiz bor edi. Amerika aviatsiyasi tomonidan barcha 12ta ko‘prik vayron qilinganidan keyin ular bilan ko‘risholmay qoldik ", - deydi muhandis Malik al-Umar. Endi, uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar bir-birinikiga tashrif buyurmoqdalar.

Mamlakat hali ham notinch bo‘lsa-da, asta-sekin tinch hayot yo‘lga tushmoqda. Yaqinda xavfsiz harakatlanish ta’minlangan M5 Damashq-Aleppo trassasi bo‘ylab aholi punktlari aholisi uylarni ta’mirlashni, yo‘l bo‘yida xizmatlarni tashkil qilishni va bo‘sh yerlarda hosil yetishtirishni boshladilar.

M5 avtomagistrali Suriyadagi asosiy yo‘llardan biri bo‘lib, u poytaxtni muhim iqtisodiy markaz va mamlakatning eng yirik shaharlaridan biri - Aleppo bilan bog‘laydi. Yaqin vaqtgacha jangarilar uni nazorat qilib kelgan. Yo‘lning so‘nggi nazoratsiz qismi Suriya hukumati nazoratiga, yaqinda qo‘shinlar Idlib provinsiyasi sharqidagi Sarakib shahriga kirib kelganidan keyin o‘tdi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.