OPEK+ dastlabki kelishuvi: bu bitim va u bemuhlat emas

To‘qqizinchi aprel kuni OPEK+ ishtirokchilar to‘qqiz soatlik onlayn-muzokaralarni o‘tkazganiga qaramay, ushbu tadbir bo‘yicha to‘liq aniqlik avvalgi singari hali ham yo‘q.
Sputnik

Igor Yushkov

Aksariyat manbalar tomonlar neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha yangi kelishuvga erisha oldi, degan fikrni bildirmoqda. Lekin muzokaralar G20 formatida davom etadi.

Bozorni birgalikda qutqaramiz: AQSh neft qazib olishni qisqartirmoqda

Neft narxi koronavirusni o‘zgartirmoqda

Uchrashuvga qadar, OPEK+ bitimi ishtirokchi-davlatlari neft qazib olishni sutkasiga 10 mln barrelgacha pasaytirish imkoniyatini muhokama qilgan edilar. Bu juda katta qiymat bo‘lib, ko‘plab tashqi kuzatuvchilarga bu g‘alati tuyulishi mumkin, negaki, bir oy muqaddam mamlakatlar ishlab-chiqarishni sutkasiga 1,5 million barrelga qisqartirish imkoniyatini muhokama qilganliklari va kelisha olishmagani, buni oqibatida 1-aprel sanasida barcha davlatlar neft qazib olishda erkinlikka ega bo‘lgan edilar.

Endi esa tomonlar neft qazib olishni sutkasiga 10 million barrelga kamaytirish majburiyatini o‘z zimmasiga olishmoqda.

Hamma gap bozordagi ahvol o‘zgarganida. Mart oyi boshida koronavirus asosan Xitoyda tarqalgan edi. Bu mamlakat karantin choralari eng cho‘qqisiga yetgan bir vaziyatda bo‘lib, natijada (avtotransport harakati cheklanishi, qator shaharlarda korxona va jamoat transportlari ishi to‘xtagani, samolyotlar kam uchgani tufayli) yoqilg‘iga bo‘lgan talab keskin pasaydi.

Tramp neft qazib olish hajmini OPEK+ bilan muvofiqlashtirishdan bosh tortdi

Mobillikning pasayishi nefta iste’moliga ta’sir ko‘rsatdi. Taklifning o‘ta ortib ketgani holatini esa neft qazib olishni sutkasiga 1,5 millionga qisqartirish bilan kompensatsiyalash rejalashtirilgandi.

Rossiya Xitoyda koronavirus tez orada bartaraf etiladi, so‘ngra XXR talabni tiklaydi, deya umid qilardi. Ammo natijada koronavirus koinot bo‘ylab tarqab ketdi, va mamlakatlarning aksariyat qismi bugungi kunda pandemiyaga qarshi karantin choralarini qo‘llash orqali kurash olib bormoqda. Natijada, butun dunyo, eng avvalo Yevropa, neft iste’molini qisqartirdi, bu esa ortiqcha ishlab chiqarish jarayonini murakkablashtirdi.

Aprel oyida neft bozoridagi taklifning talabga nisbatan oshishi sutkasiga 15-20 million barrelni tashkil qilgan. "Ortiqcha" neftning hammasi quruqlikda va tankerlarda hosil qilingan neft saqlanadigan joylarga olib boriladi. Tankerlardan ko‘p hollarda suzuvchi bochkalar sifatida foydalaniladi.

Neft qazib olinishini nazorat qilish tizimi mavjud bo‘lmagan bir vaqtda eng yuqori xarajatlarga ega bo‘lgan o‘yinchilar ishlab chiqarishni to‘xtatishlarini kutish mumkin edi.

Xususan, AQShdagi slanes nefti ishlab chiqaruvchilari jahon miqyosida neft narxi bir barrel uchun 50 dollar bo‘lganida qazib olishni oshirishni to‘xtatdilar. Bir barreli 20-30 dollar narxlangan bir vaqtda esa slanes neftini ishlab chiqarish bo‘yicha rentabel loyihalar deyarli qolmaydi. Masala AQShda neft qazib olishni qisqartirish jarayoni qancha vaqt olishida.

Rossiya, OPEK + AQSh - neft bozorida yangi kelishuv bo‘ladimi?

Ammo hozirda karantin choralari tufayli jahonda neft iste’moli rekord darajada qisqardi, turli davlatlar iqtisodiy sabablar tufayli qazib olish hajmini qisqartirishlarini kutish imkonsiz. Axir bir-bir yarim oydan so‘ng neft saqlanadigan joylar to‘ladi va neft ishlab-chiqarilishini to‘xtatishga to‘g‘ri keladi: u shunchaki hech kimga kerak bo‘lmay qoladi.

Natijada, OPEK+ bitimi ishtirokchilari neft saqlanadigan omborxonalarning to‘lishi sanasini ortga surish maqsadida, qazib olishni sutkasiga 10 million barrelga qisqartirishga kelishib oldilar. Bunda Xitoy va Yevropa neft omborxonalari to‘lib toshishidan oldin mahsulotga bo‘lgan talabni qayta tiklashlariga umid qilinmoqda.

Moskva uchun bu juda murakkab

Albatta, Rossiya uchun ushbu bitim murakkab bo‘ladi. 2016-yilda imzolangan OPEK+ bitimini oldidan mamlakat sutkasiga eng ko‘p qazib olish maksimumiga yetgan va o‘sha rekorddan boshlab, qisqara boshlagan. Shu bois, Rossiya uchun belgilangan "potolok" ma’lum vaqt qulay edi. Endi esa standart belgilangan ishlab chiqarish darajasini qisqartirishga, ya’ni real qazib olishni "kesishga" to‘g‘ri keladi. Natijada YaIM qisqarishi va mamlakatga valyuta oqimi pasayishi mumkin.

OAV: Tramp Ar-Riyodning Rossiyani neft bozorlaridan siqib chiqarish rejasini ma’qulladi

Ijobiy tomoni shundaki, dunyo bir barrel neft nol qiymatda bo‘lganini ko‘rmaydi, axir neft zaxiralari to‘planadigan omborlar to‘lgan taqdirda shunday holat yuzaga kelishi turgan gap. Bundan tashqari, OPEK+ kelishuvining mavjudligi neft narxi tiklanishi jarayonini tezlashtiradi. Axir ikki emas, bir barrel uchun 50 dollar olgan ancha ma’qul emasmi?

Boz ustiga, kelishuv muhlatsiz emasligini ham yodda tutish muhim. U qazib olishga kvotalarni oshirishni taklif etadi, ya’ni mamlakatlar sekin-asta neft ishlab-chiqarish ishlariga qaytishlari mumkin. Garchi Rossiya uchun, qator sabablar tufayli, neft qazib olishni oshirish va kamaytirish Saudiya Arabistoniga nisbatan ancha murakkab bo‘lsa-da.

Ma’lumot uchun: OPEK+ kelishuvi — 2016-yilda neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) va boshqa yirik neft ishlab-chiqaruvchilari: Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Meksika va boshqa ayrim davlatlar o‘rtasida tuzilgan shartnomadir.