Tramp neft qazib olish hajmini OPEK+ bilan muvofiqlashtirishdan bosh tortdi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishMeropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voyni
Meropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun 9-aprel kuni OPEK+ formatida neft qazib oluvchi mamlakatlar va Rossiya uchrashuvi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadi. Unda neft qazib olish hajmini qisqartirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. AQSh OPEK+ bilan kelishilgan holda neft qazib olish hajmini qisqartirishga rozi emas, chunki Amerika neft kompaniyalari buni allaqachon kamaytirgan, dedi prezident Donald Tramp.

"Men unaqa deb hisoblamayman. Biz qisqartirib bo‘ldik. Biz bozorga qarab ish tutamiz.Neft ishlab chiqarish bilan muvaffaqqiyatli shug‘ullanib kelayotgan Texas, Shimoliy Dakota va boshqalariga nazar tutsangiz, ular allaqachon kamaytirgan. Ular avtomatik ravishda kamaytirdi", - dedi u.

Tramp OPEK+ ishtirokchilari payshanba kuni bo‘lajak yig‘ilishda narxlar bo‘yicha kelishib olishlariga umid bildirdi. Agar kelishuvga kelinmasa, unda Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning "bir qator variantlari" bor.

Stanok-kachalka - Sputnik O‘zbekiston
Neft narxi OPEK+ yig‘ilishidan oldin ko‘tarildi

"Menda yaxshi variantlar juda ko‘p. Juda yaxshi variantlar. Ehtimol, ular menga ko‘proq ma’kul bo‘ladi. Ko‘ramiz nima bo‘ladi. Umid qilamanki, ular kelishib oladilar", - dedi AQSh prezidenti.

Payshanba kuni OPEK+ uchrashuvi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadi, unda bozor konyunkturasini barqarorlashtirish uchun neft qazib olishni yangi qisqartilishi ko‘rib chiqiladi, undan so‘ng juma kuni G20 energetika vazirlarining energetika bozorlarining barqarorligi bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, RBK Rossiya Energetika vazirligidagi yaqin manbasiga tayanib xabar berishicha, Rossiya OPEK+ yangi kelishuviga kuniga 70 million barrel miqdorida  neft ishlab chiqaruvchi davlatlar qo‘shilishini kutmoqda. Ular orasida Braziliya, Norvegiya, Kanada, AQSh va boshqa davlatlar bor. Bunday holda, Rossiya kuniga ishlab chiqarishni tahminan 1,6 million barrelga kamaytirishi mumkin. Bu birinchi chorak darajasining 14 foizini tashkil etadi (kuniga taxminan 11,3 million barrel).

Prezident SShA Donald Tramp i nasledniy prins Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Moskva va Ar-Riyodga neft qazib olishda imtiyoz va’da bermaganini aytdi

Chorshanba kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov talabning pasayishi va bozorning o‘zgaruvchanligi tufayli neft qazib olishning tabiiy pasayishini vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan ixtiyoriy cheklovlar bilan taqqoslash mumkin emasligini aytdi.

Dunyo miqyosida koronavirus pandemiyasi sharoitida neftga bo‘lgan talab yil boshida pasayib ketdi. Bu narxlarning keskin pasayishiga olib keldi. Bundan tashqari, mart oyining boshida OPEK+ ga a’zo davlatlar neft qazib olishni qisqartirish va uni uzaytirish bo‘yicha bitim parametrlari bo‘yicha kelisha olmadilar. Ar-Riyod ishlab chiqarishni qo‘shimcha qisqartirishni talab qildi, ammo bu joriy sharoitni saqlab qolishni taklif qilgan Moskvaga to‘g‘ri kelmadi.

Shu sababli, 1-apreldan boshlab OPEK+ bitimining ishtirokchilarining bir-birlari oldidagi majburiyatlari bekor qilindi. BAA va Saudiya Arabistoni neft yetkazib berishni ko‘paytirish rejalari haqida e’lon qilishdi. Bu jahon bozorida neft narxlarining pasayishiga olib keldi.

Yangiliklar lentasi
0