AQSh va Yevropada ocharchilik qo‘zg‘olonlari boshlanishi mumkin - ekspert

Mutaxassis fikriga ko‘ra, Amerika va Yevropada oziq-ovqat yetishmasligi tufayli o‘g‘irlik va bosqinchilik jinoyachtlari keskin oshishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr - Sputnik, Maksim Rubchenko. Dunyo bo‘ylab karantin tufayli uyda o‘tirishga majbur bo‘lgan millionlab odamlarda pul va sabr-toqat tugamoqda. Ta’minot zanjirlarining uzilishi natijasida kelib chiqqan oziq-ovqat tanqisligi hatto boy mamlakatlarda ham tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Yevropa va AQShda ijtimoiy nizolar allaqachon avjiga chiqmoqda. Keyinchalik nimalarni kutsa bo‘ladi, bu haqda RIA Novosti materialida.

"Och o‘yinlar"

"COVID-19 pandemiyasi millionlab odamlarning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Samarasiz siyosiy qarorlar oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqarmoqda va bu keng ko‘lamli gumanitar falokatga olib keladi", - dedi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Suy Dongyu.

BMT koronavirus tufayli barcha sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

Uning ta’kidlashicha, koronavirusning avj olishi barcha taalluqli karantin choralari bilan birgalikda katta logistika muammolarini keltirib chiqardi. "Dunyoda barchani to‘ydirishga oziq-ovqat yetarli, - deydi FAO rahbari. - Ammo biron joyga oziq-ovqat yetib bormasligi xavfi katta".

FAO ta’minot uzilishlarini minimallashtirish uchun "global, kelishilgan va izchil" harakatlarga chaqirmoqda. Eng muhimi: Suy Songyu oziq-ovqat eksportini cheklab bo‘lmaydi deb hisoblaydi.

"Bunday cheklashlar jahon bozorida jiddiy tanazzulga olib keladi, narxlar ko‘tarilib ketadi va ko‘pchilik uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetishmay qoladi", - deya xulosa qildi u. Bunday vaziyatda keng miqyosdagi ijtimoiy nizolar hatto boy mamlakatlarda ham yuzaga kelishi mumkin.

FAOning tashvishi asosli. Dunyodagi guruch yirik eksportchilarining uchtasidan biri bo‘lgan Vyetnam ushbu donning eksportini to‘xtatib qo‘ydi. Qozog‘iston bug‘doy uni, grechka va sabzavotlarni, shu jumladan piyoz, sabzi va kartoshkani eksport qilishni taqiqladi. Rossiya grechka va guruchni chet elga sotmay qo‘ydi, Belarus esa grechka, piyoz va sarimsoqni.

G‘arb ekspertlari bug‘doyning eng yirik eksportchisi - Rossiya don yetkazib berishni to‘xtatsa nima bo‘lishini muhokama qilishdan qo‘rqishmoqda. Chikagodagi savdo birjasidagi bug‘doy ikki hafta ichida 11 foizga o‘sgani ajablanarli emas.

"Biz chak-chegaraga yetdik"

Chegaralar yopilishi munosabati bilan agrosanoat majmuasidagi quyi lavozimlarda odatda mehnat muhojirlariga tegishli bo‘lgan ishchi kuchlari halokatli tarzda yetishmayapti. Fermalarda hosil yig‘ib olgani odam yo‘q, qushhonalarda va go‘shtni qayta ishlash zavodlarida deyarli hech kim qolmadi, hatto oziq-ovqatlarni tashish ham katta muammo.

“Alamni unutmaymiz”. Yevropa karantindan keyin hisob-kitobni amalga oshirishga tayyorlanmoqda

Qishloq xo‘jaligida inqirozga yo‘l qo‘ymaslik uchun, Yevroittifoq epidemiya xavfiga qaramay, "favqulodda muhim ishchilar", shu jumladan mavsumiy terimchilarni va yuk mashinalari haydovchilariga kirishga ruxsat berdi.

Biroq, bu aholiga pul bilan yordam bermaydi. Shu kunlarda, G‘arbning yetakchi ommaviy axborot vositalari ijtimoiy tarmoqlardagi videoni tarqatishdi, unda Italiyaning Palermo shahrida yashovchi bir kishi uning oilasi uch hafta karantinda yotganidan keyin bir senti ham kolmaganini, va qizida "shaharning boshqa bolalari singari" - oxirgi non bo‘lagi qolganini gapirgani qo‘rsatilgan.

"Odamlar 15-20 kundan beri qulflangan va ular chegaraga yetdi, - deb ogohlantirdi u. - Siz bundan afsuslanasiz, biz qo‘zg‘olon ko‘taramiz".

Palermo meri Leoluca Orlando jurnalistlarga, Italiyaning janubidagi tartibsizliklar xavfi juda katta, chunki fuqarolarning noroziligidan "tizimni beqarorlashtirishga" harakat qilayotgan jinoiy tuzilmalar foydalanishga urinmoqda.

Yevropa vahima - eng xavfli dushman ekanligini unutdi

"Vaqt o‘tgani sayin, shuncha kam resurs qolmoqda. Odamlarning shundoq ham kam mablag‘lari tugamoqda. Tez orada ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar paydo bo‘ladi", - dedi Orlando.

Italiyaning Janubiy mintaqalar bo‘yicha vaziri Juzeppe Provensano ham ijtimoiy keskinliklar va mamlakatning kambag‘al hududlarida fuqarolar tartibsizliklari ehtimoli oshganini ta’kidladi. "Aholining katta qismining sog‘lig‘i, daromadlari va kelajagi haqida xavotiri tezda g‘azab va nafratga aylanishidan qo‘rqaman", - dedi u La Repubblica gazetasidagi intervyusida.

Nashrning xabar berishicha, Palermo va Neapolda politsiya supermarketlarni bir necha bor talon-taroj qilish holatlaridan keyin o‘z himoyasiga olishiga to‘g‘ri keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda hatto biron bir do‘konga xujumda  qatnashish takliflari ham mavjud.

Vaqt masalasi

Amerikalik mutaxassislarning AQShda vaziyat yaqin orada "Italiya ssenariysi" bo‘yicha davom etishiga shubhalari yo‘q. Bunga kamida uchta omil hissa qo‘shadi. Birinchisi moliyaviy. Ikki hafta ichida ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish uchun yangi arizalar soni o‘n millionga yaqinlashdi. Aprel oyida bu raqam, barchaning fikriga ko‘ra, yana 3-4 baravarga o‘sadi.

Koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

Shu bilan birga, GOBankingRates analitik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, dekabr oyida amerikaliklarning 69 foizi o‘zlarining omonat hisobvaraqlarida ming dollardan kam mablag‘ qolgan, shu jumladan respondentlarning 45 foizi o‘zlarining umuman omonati yo‘qligini va oylikdan oylikkacha yashashlarini tan olishgan. Epidemiya boshlanganida ular oziq-ovqat va zarur tovarlarni g‘amlab ololmaganlari aniq, endi esa ko‘pchilik o‘z ish haqqilarini yo‘qotib, hamma narsadan ayrildilar.

DailyMail gazetasining yozishicha, Los-Anjelesning o‘zida, uysizlar uchun Skid Row bepul ovqatlanish oshxonasiga tashrif buyuruvchilar soni uch baravar ko‘paydi. "Xayriya tashkilotlariga yordam murojaatlari haddan tashqari ko‘p, ularning moliyaviy resurslari esa tugab bormoqda", - deb yozadi nashr.

Tez orada millionlab amerikaliklar o‘zlarini va oilalarini boqishi uchun yangi usullarni izlashga majbur bo‘lishadi. Va har doim ham bu usullar qonuniy bo‘lmaydi.

Ikkinchi omil - bu mahsulotlarning taqchilligi. Mart oyidagi talabdan keyin Amerika oziq-ovqat do‘konlari hanuz tiklanolmadi. Va gap shunchaki aqldan ozgan odamlar yuzlab rulonlarda hojatxona qog‘ozini sotib olishda emas.

AQSh koronavirus pandemiyasi epimarkaziga aylanishi mumkin - JSST

Odatda, amerikaliklarning 36%i uydan tashqarida ovqatlanadilar - kafelarda, oshxonalarda, restoranlarda. Biroq, karantin tufayli umumiy ovqatlanish nuqtalari yopildi, endi hamma uyda pishirmoqda va shunga mos ravishda oziq-ovqatlarni supermarketlarda sotib olishmoqda. Amerika savdo tizimi bunday holatga mo‘ljallanmagan.

Va nihoyat, epidemiya ko‘plab davlat xizmatlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlarining ishini izdan chiqardi. Nyu-York, Detroyt, Los-Anjeles va boshqa shaharlarda yuzlab politsiya xodimlari COVID-19 bilan kasallangan. Yangi infeksiyalanish holatlarini oldini olish uchun mahalliy hokimiyat politsiya guruhlarini chaqiruvlarga yetib borish sabablari ro‘yxatini cheklamoqda.

Xususan, Sinsinnatida endi politsiya itning tishlashi, avtomobil raqamlarini o‘g‘irlanishi, telefon orqali tajovuz qilish yoki mulkka zarar yetkazish holatlarida yetib kelmaydi. Shuningdek "agar huquqbuzarni zudlik bilan hibsga olish imkoniyati bo‘lmasa", uydagi zo‘ravonlik yoki o‘g‘irlik to‘g‘risidagi xabarlar ham e’tiborga olinmaydi. Butun mamlakat bo‘ylab do‘konlar va restoranlarda chaqirilmagan mehmonlardan qo‘rqib, derazalarni yogoch bilan qoqib tashlanishi bejiz emas.

Oddiy amerikaliklarga kelsak, ular o‘zlarini himoya qilishga tayyorlanmoqdalar. O‘tgan oyda Guglda eng keng tarqalgan qidiruvlar "patronlarni qayerdan sotib olish mumkin" va "onlayn ravishda patronlarni qanday sotib olish mumkin" bo‘lgan.

Giperinflyatsiya – AQSh uchun muqarrar ssenariyga aylanmoqda

FQB ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida AQShda qurol sotish 33 foizga o‘sgan. Amerikaliklar o‘tgan yilgiga nisbatan 91,1% ko‘proq to‘pponcha sotib olgan, miltiq va vintovkalar savdosi - 73,6%ga o‘sdi. Eng ko‘p sotiladigan kitob Ket Ellisning "COVID-19 pandemiyasi paytida tirik qolish bo‘yicha qo‘llanma", uning kattagina qismi "uyingizga ehtimoliy hujumlarga qanday tayyorgarlik ko‘rish va mulkingizni himoya qilish" haqida.

"Ommaviy karantin fuqarolik tartibsizliklari va zo‘ravon jinoyatlarga olib kelishi - bu vaqt masalasi holos, - deydi amerikalik jurnalist va yozuvchi Deyzi Lyuter. - Sizda oziq- ovqat bo‘lishi mumkin deb o‘ylaydigan odamlar sizning eshigingiz oldida paydo bo‘ladi. Boshida ular shunchaki so‘rashadi, keyin ular talab qila boshlaydi. Va nafaqat sizdan, balki mahalliy biznesdan ham, keyin o‘g‘irlik va zo‘ravonliklar boshlanadi, keyin odamlar o‘z uylari va korxonalarini qo‘lida qurol bilan himoya qilishadi. Va oxiri-oqibat - fuqarolik urushi, harbiy holat va bizning mamlakatimizda hech qachon bo‘lmagan holat - totalitarizm".