TOShKENT, 25 mar — Sputnik. BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh G20 davlat yetakchilariga maktub yo‘lladi.
Maktubda bosh kotib koronavirus tarqalishi fonida oziq-ovqat, tibbiy yordam va birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlarni yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan barcha sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi.
Bundan tashqari, BMT bosh kotibi epidemiyaga qarshi kurash uchun zarur bo‘ladigan tovarlar, tibbiy asbob-uskunalar, dori-darmonlarni yetkazib berilishi ta’sir qiluvchi transchegaraviy savdo cheklovlarini olib tashlash zarurligini ta’kidladi.
“Bu izolyatsiya emas, birdamlik vaqti. <...> COVID-19 oldin bo‘lmagan, gumanitar inqiroz davrida “harbiy vaqt” rejasi - javobini talab qiladi. G20 rahbariyati koronavirusning turli tahdidlarini bartaraf etish uchun javob choralar to‘plamini qabul qilish imkoniyatiga ega. Bu dunyo xalqlari, ayniqsa juda zaiflari bilan birdamlikni namoyish etgan bo‘lardi”, - deb yozilgan BMT bosh kotibi xatida.
Bundan tashqari, Guterresh koronavirus ta’siriga qarshi kurash bo‘yicha BSST shafelida mexanizm yaratish zarur deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu global javobni kuchaytiradi va virus to‘xtatish uchun ko‘proq imkoniyatlarni beradi.
26 mart kuni G20 davlat yetakchilari onlayn-sammiti o‘tkaziladi. COVID-19 pandemiyasi sammit mavzusi bo‘ladi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etadi.
BSST 11-mart kuni COVID-19 yangi turdagi koronavirusi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 370 mingdan ortiq kishi bu virusga chalindi, 16 mingdan ortiq kishi vafot qildi.