AQSh koronavirus pandemiyasi epimarkaziga aylanishi mumkin - JSST

© REUTERS / Mohamad TorokmanMeropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa
Meropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu ko‘rsatkichning 40%i Amerika hissasiga to‘g‘ri keladi. Dushanba kungi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda yangi turdagi koronavirusga chalinganlar soni 42 mingdan oshgan, 559 kishi vafot etgan.

TOShKENT, 24 mar - Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) spikeri Margaret Xarris AQSh koronavirus pandemiyasining yangi o‘chog‘iga aylanishini taxmin qildi. Bu haqda RT xabar qilmoqda.

Tkanevie maski shirokogo naznacheniya - Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassis ishlatilgan niqoblarni nima qilish kerakligini tushuntirdi

"Biz AQShda virusga chalinish holatlari juda tezlashganini kuzatmoqdamiz, shu bois, bu ehtimoldan holi emas", - dedi Xaris Jenevada bo‘lib o‘tgan brifing davomida.

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha yangi turdagi koronavirusga chalinganlar soni 330 mingdan ortgan. Shu bilan birga, oxirgi sutka davomida qayd qilingan holatlarning 85%i Yevropa va AQShga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu ko‘rsatkichning 40%i Amerika hissasiga to‘g‘ri keladi. Dushanba kungi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda yangi turdagi koronavirusga chalinganlar soni 42 mingdan oshgan, 559 kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0