Mushketorlar qonuni bo‘yicha: "Katta yigirmatalik" nega to‘plandi?

RF Moliya universiteti siyosatshunoslik departamenti dotsenti Gevorg Mirzayan Sputnik uchun koronavirusga qarshi kurash choralariga bag‘ishlangan G20 virtual sammiti natijalariga sharh berdi
Sputnik

26 mart kuni o‘tkazilgan "Katta yigirmatalik" (G20) sammiti noyobdir. "Onlayn" o‘tkazilgani uchunginamas, balki "yigirmatalik" biz bundan keyin qanday dunyoda yashashimiz: har kim o‘zi uchun bo‘lgan yakkalangan dunyodami, yoki hamma bir kishi va bir kishi hamma uchun bo‘lgan globallashgan - shuni hal qilish kerakligi uchun ham muhim edi.

"Katta yigirmatalik" sammiti: eng muhim takliflar

Dunyoni suv bossa o‘rdakka ne g‘ammi?

Avvalgi dunyo koronavirus tomonidan ko‘mildi. Bu yerda gap, hatto ushbu kasallik insoniyat uchun jiddiy tahdidga aylanganida ham emas- yo‘q, bu zombi-apokalipsisi darajasiga hatto yaqin kelolmaydi. Avvalgi dunyo koronavirusning kichkina tahdidi globallashuvni tiz cho‘ktira olgani, shuningdek, "umumiy taqdir" haqidagi jamiki mantralarni chippakka chiqargani tufayli o‘lgan edi. Muammoga qarshi birgalikda kurashish, inson salomatligi va iqtisodiyotga ta’sirni minimallashtirish usullarini izlash o‘rniga, deyarli barcha mamlakatlar "mening kulbam bir chetda" yo‘sinida befarqlik pozitsiyasini tanladilar. Ular o‘z chegaralarini yopib oldilar, hatto, integratsiya bloklari doirasidagi ittifoqchilik munosabatlarida bo‘lib turgan qo‘shnilardan ham.

Bu o‘ta bema’nilik darajasiga yetdi: Yevropa davlatlari orasida eng ko‘p jabrlangan Italiyaga qanchadir vaqt Germaniya yoki Fransiya (YeI yetakchilari) emas, balki Rossiya va Xitoy, hatto evropa ishlaridan yiroq bo‘lgan Kuba yordam berib keldi.

Saudiya Arabistoni "Katta yigirmatalik" favqulodda sammitini onlayn rejimda chaqiradi

Koronavirus inqirozi ba’zi davlatlardagi madaniyatni shu qadar tez yo‘qqa chiqardiki, ular sheriklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shantaj qilishga o‘tdilar. Xususan, sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Chernogoriya, to Moskva o‘z hisobidan barcha chernogoriyaliklarni vatanlariga qaytarguniga qadar rossiyalik mehmonlarni o‘z chegarasidan chiqarishdan bosh tortdi.

Aftidan, dunyoning yirik davlatlari yetakchilari bo‘y ko‘rsatgan umumtarqoqolik darajasini baholab bo‘lishdi, shuningdek, har kim o‘zi uchun bo‘lgan dunyoda yashash naqadar qiyin bo‘lishini tushunib yetishdi. Shuning uchun, rivojlangan va rivojlanayotgan dunyoning barcha yetakchilari bo‘lgan "Katta Yigirmalik" vaxifasi - bu tuzilma o‘ziga xos "Yer sayyorasi direktorlar kengashi"dir - xatolar ustida ishlash va nihoyat, muammolarni birgalikda hal qilishni boshlash edi.

Rossiya koronavirus epidemiyasini uch oyda yengadi - Putin

Albatta, Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbarligida emas (endilikda u dunyo yetaksichi unvonidan mahrum bo‘lgan, ayniqsa, koronavirusga qarshi kurashda, ustiga ustak – AQSh virusni yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi va u yerda epidemiya cho‘qqisiga hali ancha bor), balki aynan G20 davlatlarining kollektiv yetakchiligi orqali.

Sammitning nominal mezboni, Saudiya qiroli Salmon juda to‘g‘ri bir gapni aytdi: "Biz kuchlarni birlashtirish va uyushgan holda harakat qilish uchun yig‘ildik". Biroq, faqat koronavirus ustidan g‘alaba qozonish uchun emas (yana bir to‘g‘ri fikr - Eronning Rossiyadagi elchisi Kazem Jalaliy "epidemiyani bitta mamlakatda yengib bo‘lmas ekan, boshqa hech qaysi davlat o‘zini xavfsiz his qila olmaydi", deya o‘rinli gapni aytgan edi). Dunyo mamlakatlari oldida yanada jiddiyroq vazifa turibdi - jahon iqtisodiyoti uchun ushbu kasallik epidemiya (va uning atrofida bo‘layotgan jazavani) oqibatlarini yengib o‘tish.

Mutaxassislar hozircha zararlarni hisoblashdan cho‘chimoqda, ammo ular yuzlab milliard, hatto trillionlab dollarni tashkil etishini tushunish qiyin emas. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, "yangi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq joriy muammolar, 2008-2009 yillardagi moliyaviy inqirozga qaraganda ancha ko‘lamliroq silkinishlarga olib keladi".

Koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

Ushbu silkinishlar ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarga tegib o‘tadi - G‘arbning o‘z iqtisodini qutqarish yo‘lidagi ba’zi egoistik choralari ularni tamom bir yoqlik qilishi mumkin. "Oramizda hech birimiz proteksionizm siyosatini yoki bir yoqlama siyosatni olib borishga haqli emas", - deydi ishonch bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an.

So‘zlar ortig‘idan ko‘p

Majlisning o‘zi yopiq holatda o‘tkazildi, uning yakuni bo‘yicha juda g‘alati deklaratsiya qabul qilindi. Unda G20 davlatlarining epidemiyaga qarshi kurashish, birgalikda vaksina ishlab chiqish, JSSTni qo‘llab-quvvatlash, barchani va har kimni global iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga da’vat etish istagi bayon etilgan.

OAV: Tramp Ar-Riyodning Rossiyani neft bozorlaridan siqib chiqarish rejasini ma’qulladi

Ammo u yerda yetishmayotgani - bu dunyo iqtisodiyotini qutqarish va uni harakatga keltirish bo‘yicha qandaydir real, inqilobiy choralar mavjud emasligidir. Vladimir Putin iborasi bilan aytganda, jahon iqtisodiyotini "siyosiy po‘choq"dan tozalash bo‘yicha choralar kamlik qilmoqda.

Masalan, Moskva va Tehron G‘arbga hozirgi murakkab davrda siyosiy qarashlarga asoslangan iqtisodiy sanksiyalardan voz kechishni taklif etgandi. Yoki virusdan aziyat chekayotgan mamlakatlar (xuddi shu Eron) dori-darmon va asbob-uskunalarni hotirjam sotib olishlari uchun hech bo‘lmaganda ularni zaiflashtirishni.

"Inqiroz davrida dori-darmon, oziq-ovqat, asbob-uskunalar va texnologiyalarni o‘zaro yetkazib berish uchun savdo urushlari va sanksiyalardan holi bo‘lgan yashil koridorlarni yaratish muhim. Aslida, biz birinchi navbatdagi zarur tovarlarga nisbatan, shuningdek, ular xaridi uchun moliyaviy tranzaksiyalarni cheklashga qo‘shma birdam moratoriy joriy etishimiz kerak, - deydi Putin. - Alalxusus, bu odamlar hayot-mamoti masalasi, bu sof gumanitar masaladir".

Neft Rossiya gazini pastga tortib ketolmaydi. Sababi quyidagicha

Biroq, Rossiya prezidentining taklifi qabul qilinmadi - buning o‘rniga AQSh sanksiyalarni faqat kuchaytirdi. AQSh maxsus vakili Brayan Xuk so‘zlariga ko‘ra esa: "Eron rejimiga maksimal bosim siyosati davom ettiriladi". Bu bilan, ular yangi voqeliklarni tushunmasligini va dunyoni inqirozdan keyingi kelajakka olib kirishni istamasligini yana bir bor namoyish etdi.

Neft narxini barqarorlashtirish yana bir muhim umumiy javob bo‘lishi mumkin edi. Ammo, tomonlar hozircha ushbu barqarorlashtirish usullari borasida kelisha olmadilar. Bir qator davlatlar va ekspertlar bu jarayon kalitlari Vladimir Putin qo‘lida ekanligiga ishonishadi - Moskva OPEK+ ga qaytishi va neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda cheklashni o‘z zimmasiga olishi kerak. Boshqa ekspertlar esa, ushbu oldingi shartlar bo‘yicha qaytish befoydaligini aytmoqda.

OPEK+ davlatlari tomonidan ishlab chiqarishni qisqartirish, Amerika slanes neft kompaniyalari uchun maqbul bo‘lgan neft narxigacha oshishiga olib keladi, ular o‘z navbatida OPEK+ ga a’zo davlatlar ulushining pasayishi hisobiga jahon bozorida o‘z ulushini oshiradi. Bu, o‘z navbatida, taklif oshishiga, narxlar pasayishiga, OPEK+ davlatlari tomonidan ishlab chiqarishning yanada qisqartirilishiga olib keladi.

Shu bois, aslida, muammoni hal qilish kalitlari (narxlar dempingini to‘xtatishi lozim bo‘lgan) Saudiya Arabistoni  va (kompaniyalari o‘zini madaniy tutishi kerak bo‘lgan) AQSh qo‘lida. Na Vashington, na Ar-Riyod bu kalitlardan hozircha foydalanishga tayyor emas - shu bois, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, "yigirmatalik" davomida neft narxlari borasidagi masala muhokama qilinmagan. Bu esa G20 mamlakatlari hozircha "siyosiy po‘choq"dan holi dunyoda yashashga tayyor emasligini yana bir bor namoyish etdi.