Fohishalarni Rossiyada shifokor va harbiylarga tenglashtirish taklif etilmoqda

Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar fohishalar uchun belgilangan jazo chorasi bekor qilinishini talab etayotganlari yo‘q. Ular bu choralarga tupurishgan, boshqa muhim sabab mavjud
Sputnik

Viktor Maraxovskiy

Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi yangi kodeks muhokamasidan (navbatdagi bor) 6.11. ya’ni "Fohishalik bilan shug‘ullanish" moddasini bekor qilinishi talabini ilgari surish uchun foydalanishdi.

O‘zbekistonda fohishabozlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rish taklif etildi

Ta’kidlab o‘tmoqchimizki, bu Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksning eng og‘ir moddasi emas. O‘z tanasini sotishda qo‘lga tushgan ayollarga (qolaversa, erkaklarga ham, chunki fohishabozlik turfa bo‘ladi) ushbu modda bo‘yicha 1,5 mingdan ikki ming rublgacha jarima solinadi.

Ya’ni, taklif etilayotgan narxlar hamda fohishalarning taxminiy daromadlarini qo‘shib taqqoslaganda - ushbu chorani ramziy hisoblash mumkin.

Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar talabi fohishalar uchun belgilangan jazo chorasi bekor qilinishiga borib taqalgani yo‘q. Ular bu choralarga tupurishgan, boshqa muhim sabab mavjud.

Ular uchun "kasbning jamoatchilik tomonidan stigmatizatsiya qilinmasligi" muhim. Ya’ni soddaroq qilib aytganda, fohishalik bilan shug‘ullanish rasmiy huquqbuzarlik ro‘yxatidan chiqarilib, so‘ngra jamoatchilik tomonidan isnod sifatida qabul qilinishiga barham berilishi lozim.

Ularning dalillari shunga ishora qilmoqda. "Ushbu modda seks-xodimalarni qonuniy ish topishga bo‘lgan imkoniyatini deyarli yo‘qqa chiqarmoqda", "seks-xodimalarga kreditlarni ma’qullashmagan holatlar bo‘lgan", "ba’zi hollarda ularning farzandlarini oliy o‘quv yurtlariga yoki xizmatga qabul qilishmaydi".

...Va aynan shu holat haqiqatda qiziqarli. Buning sabablari quyidagicha...

Toshkent aeroportida tezkor tadbir: Dubayga fohishalikka olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

...Sezganingizdek, bizning davr qaysidir ma’noda inqilobiy sanaladi. Shu ma’nodaki, kuchli media tomonidan  panaga olinadigan minglab tashabbus guruhlari jamoatchilik normalari, mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan, ma’qullanadigan va ma’nan mumkin bo‘lmagan normalar haqidagi tasavvurlarni (hammasini bo‘lmasada, aksariyatini) yo‘qqa chiqarishni va ularni yangilashni uzviy talab qilib kelishmoqda.

— Narkotik qabul qiluvchilar stigmatizatsiyadan qanday aziyat chekishlarini bilasizmi("stigma", isnod tamg‘asi ma’nosida. - tahr.)? Ulardan ko‘pchilik  nafratlanishini, to‘laqonli ijtimoiy hayot kechirishni xohlamasliklarini-chi? Keling, yoshlar hayotini sindirishni bas qilaylik. Keling, nihoyat, narkotiklarni dekriminalizatsiya qilaylik.

— Seks-xodimalar va pornoaktrisalar stigmatizatsiyadan qanchalik jabr chekishini bilasizmi? Ularning farzandlarini o‘quv muassasalarida ta’qib qiladilar! Keling, seks-kasblarni ijtimoiy nafrat singari jafodan xalos qilaylik, fohishabozlikni qonuniylashtiraylik.

Bizning va Amerika Xudosi: singdirilgan qadriyatlar masalasi haqida

— (keraklisini yozasiz) stigmatizatsiyadan qanchalik jafo chekishini bilasizmi? Ta’qib tufayli o‘z joniga qasd qilish foizi qanchaliginichi? Keling, buni ijtimoiy normalar kishanidan xalos qilaylik. Keling, buni normaga aylantiramiz.

...Va hokazo.

Yuqoridagi qonuniylashtirish bo‘yicha jazava aslida bitta ssenariy asosida qurilgan.

1. Auditoriyaga ko‘rsatiladigan fakt: mana shu ijtimoiy/ahloqiy normadan chetlashgan qurbon farovon hayot kechiruvchi ko‘pchilik tomonidan ta’qib qilinadi. Shu baxtiqaro qurbonga rahmingiz kelmaydimi?

2. Shuning uchun ijtimoiy/axloqiy/biologik normalardan og‘ishni og‘ish emas, norma varianti sifatida qabul qilsak. Faqat shundagina siz bechora qurbonlarga yordam bera olasiz. Bu holatni qonunda mustahkamlab qo‘yish uchun ovoz bering. Diskriminatsiyani taqiqlash uchun ovoz bering. Rahmat.

...Keyin esa yuridik oqibatlar vujudga keladi. Va fuqarolar:

Sirdaryoda IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan “o‘ta tajribali” fohisha qo‘lga olindi

3. Bundan buyog‘iga fohishalar — professor yoki FVV xodimi singari faxriy kasb ekanligini, shu uchun siz qizingizni yonidan shubhali, uni yomon yo‘l bilan pul topishga undayotgan dugonasini quvsangiz, diskriminatsiya uchun javobgarlikka tortilishingiz mumkin.

O‘g‘lingizga hovlida "zo‘ridan tortib ko‘rishni" taklif etayotgan kashanda — siz singari jamiyatning binoyidek a’zosi, unga nisbatan zo‘ravonlik va tahdid ishlatishga harakat qilmang.

Ha, to‘g‘ri, bu antiutopiyaga chizilgan karikaturaga o‘xshaydi va ommabop resurslarni kuzatib boradigan o‘quvchi ensa qotirib: "Bu nima alahsirash, hech qachon bunday bo‘lishi mumkin emas", - deyishi tabiiy.

Ammo biz XXI asrda yashayapmiz va o‘quv muassasasini o‘zlarini yetarlicha hurmat qilmayotgani uchun sudga da’vo qilayotgan pornoaktrisalar voqeasi ko‘z o‘ngimizda ro‘y bermoqda. Salga lovullab ketadigan o‘smirlar orasida "o‘zini hamma qatori" sezmaydigan shaxslar epidemiyasi ham mavjud. Qolaversa, ayrim jinsiy belgilarini oldirib tashlab, keyinchalik bu o‘smirlikka xos telbalik ekanligini anglab, chuqur pushaymon qilganlar ham bor.

Ahamiyatli tomoni nimada? Normalar jamiyatning alohida a’zosi uchun ideal qulaylik yaratish uchun o‘ylab topilgan emas.

Namanganda fohishalar yashaydigan uylar yo‘laklariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda

Yo‘q, aksincha. Normalar jamiyat faoliyati uchun jamiyat a’zolari qulayligini cheklash uchun o‘ylab topilgan.

Eng sodda holatda bu "agar sen yosh sog‘lom yigit bo‘lsang, tramvayda keksa onaxonga joy ber", degan normada o‘z aksini topadi.

Keksalarga joy bermaydigan yoshlar "esi past qo‘ylar" yoki boshqacha kamsitiladi.

Bu ularni qurbonga aylantiradimi? Yo‘q. Chunki o‘zining shaxsiy mikroskopik qulayligi uchun jamoatchilik normasini buzadigan aqlsiz qo‘ylar ham bor. Istiqbolda esa - o‘z xatti-harakati bilan o‘zini va boshqalarni 2050-yilda kelajak keksalikda odamlar nafratiga duchor qiladi.

Xuddi shu tariqa fohishalar "norma varianti" bo‘la olmaydi. Giyohvandlar ham bo‘lolmaydi. Va ko‘plab boshqalari ham. Chunki ularning ijtimoiy roli ahamiyati - ijtimoiy normalarga dosh bera olmaydiganlarni utilizatsiya qilishdan iborat.

Va agar normallik iyerarxiyasini nomusiga tegilsa va normalarga amal qilish uchun ter to‘kadiganlar bilan unga amal qilmaydiganlar tenglashtirilsa, normallik shunchaki yo‘qoladi.

Obrazli aytganda, tramvaydagi har bir joy uchun "kim zo‘rroq" tamoyili asosida jang boshlanadi.

Fokus bunday holda tramvaylar uzoq harakatlana olmasligida.