TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Namanganda, barcha fohishaxonalar, kompyuter o‘yinxonalari va spirtli ichimliklar sotish do‘konlari yo‘laklariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda, deb xabar qildi viloyat hokimiyati matbuot xizmati, o‘zining telegram kanalida.
“Namangan shahrida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Mikrorayon hududidagi barcha fohishalik bilan shug‘ullanib ro‘yxatga tushgan xonadonlarni kirish yo‘laklariga, ko‘ngilochar maskanlarga, kompyuter o‘yinxonalariga, spirtlik ichimliklar sotish do‘konlariga hamda hududlar markazlariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ushbu kuzatuv kameralari Ichki ishlar bo‘limlariga ulangan bo‘lib, IIB bazasi xotirasida bir oy saqlanadi hamda tunu-kun nazoratga olinadi.
Namangan viloyati hokimiyati fuqarolarni birgalikda Namangan shahrida jinoyatchilikni oldini olish uchun kurashga taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida bir necha kishi 2 nafar o‘smirni behush holga tushib qolguniga qadar shafqatsiz kaltaklagani videosi tarqalgan edi.