Sirdaryoda IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan “o‘ta tajribali” fohisha qo‘lga olindi

© AFP 2023 / OLGA MALTSEVAJenshina legkogo povedeniya v gostinitse
Jenshina legkogo povedeniya v gostinitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
26 yoshli fuqaro o‘z uyida 70 ming so‘m evaziga boshqa bir fuqaro bilan jinsiy aloqada bo‘lgan vaqtda ushlangan. IIB xodimi tegishli ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirgan. Shunda fuqaro ishni sudga yubormaslik va ijobiy hal qilib berish uchun pora taklif qilgan.

TOShKENT, 26 yanv – Sputnik. Sirdaryoda muqaddam bir necha marta fohishalik bilan shug‘ullangani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan fuqaro IIB xodimiga pora berishga urindi.

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra,  Sirdaryo viloyati IIB xodimi rahbariyat nomiga bildirgi orqali murojaat qilgan. Unda 19-yanvar kuni fuqaro D.B.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro Yu.K. o‘z yashash xonadonida 70 000 so‘m pul evaziga fuqaro D.B. bilan jinsiy aloqada bo‘lgan vaqtda ushlaganligi va pullar daliliy ashyo sifatida olinib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani bayon etilgan.

Devushki legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston
Termizda ikki fohisha ayol chet ellikni tunab ketdi

Ta’kidlanishicha, fuqaro Yu.K. xodimga ma’muriy materialni ko‘rib chiqmaslik, sudga yubormaslik hamda ijobiy hal qilib berish evaziga pora taklif qilgan. Shuning uchun IIB xodimi fuqaro Yu.K.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

22 yanvar kuni qator idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 26 yoshli gulistonlik fuqaro Yu.K. bildirgi yozgan xodimning xizmat xonasida 400 000 so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Aniqlik kiritilishicha, qo‘lga olingan ayol muqaddam sudlanib, amnistiyaga asosan javobgarlikdan ozod etilgan. Bundan tashqari, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining fohishalik bilan shug‘ullanish moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lgan. U bu huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etgan bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. To‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Sirdaryo viloyati prokuraturasiga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0