Toshkent aeroportida tezkor tadbir: Dubayga fohishalikka olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

© GUVD TashkentaGrajdanina Yujnoy Korei zaderjali v aeroportu Tashkenta.
Grajdanina Yujnoy Korei zaderjali v aeroportu Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, "ish beruvchi" bilan ketayotgan ayolga avvaliga sakkiz ming AQSh dollarni ishlab berish sharti qo‘yilgan bo‘lgan. Ayol shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun olib ketilayotgan bo‘lgan.

TOShKENT, 5 mar - Sputnik. 2019 yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda tezkor tadbir o‘tkazildi.

"Sevishganlar kuni" qizigan chog‘da Toshkentda fohishalarga ov uyushtirildi

Unda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga bir nafar ayolni fohishalikka olib ketayotgan fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma’lum bo‘lishicha, "ish beruvchi" bilan ketayotgan ayolga avvaliga sakkiz ming AQSh dollarni ishlab berish sharti qo‘yilgan bo‘lgan. Ayol shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun olib ketilayotgan bo‘lgan.

Qo‘lga olingan fuqaro Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi, ya’ni odam savdosi jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan.

IIBB erkaklarni fohishalar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi >>>

Yangiliklar lentasi
0