O‘zbekistonda fohishabozlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rish taklif etildi

© AFP 2023 / ANOEK DE GROOTProstitutka, ojidayushaya kliyentov.
Prostitutka, ojidayushaya kliyentov.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Petitsiya muallifi fikriga ko‘ra, fohishalarga yoki ushbu sharoitni yaratib berayotgan shaxslarga jazo berilishi yetarli emas.

TOShKENT, 4 apr – Sputnik. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida jamiyatda fohishabozlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rish haqida petitsiya joylashtirildi.

Devushki legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 21 yashar ayolni Dubayga fohishalikka yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi

Petitsiya muallifi fikriga ko‘ra, fohishalarga yoki ushbu sharoitni yaratib berayotgan shaxslarga jazo berilishi yetarli emas.

“Jamiyatda fohishalikni va shunga tenglashtiriluvchi buzuqlik holatlarini kamaytirish uchun faqatgina fohishalarga yoki ushbu sharoitni yaratib berayotgan shaxslarga jazo berilishi yetarli emas, balki shunda bevosita ishtirok etgan erkak yoki erkaklar uchun ham ma’muriy, jinoiy jazo choralari qo‘llanilsin, tegishli choralar ko‘rilsin”, - deyiladi murojaatda.

Petitsiyada yozilishicha, qonunlarga tegishli o‘zgartishlar kiritilib, dalil bilan ushlangan mazkur holat ishtirokchisi uchun birinchi marta sodir etilsa, jarima belgilash, ikkinchi marta sodir etilsa, 15 sutka ma’muriy qamoq, uchinchi martada 1-yilgacha ahloq tuzatish ishlariga jalb qilish choralarini belgilash taklif qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun imzolangandi.

Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi, bu ish bilan shug‘ullanish eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha jarima solinishiga olib keladi (ilgari eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha).

Ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi (ilgari eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha jarima).

O‘n olti yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘z vaqtida pasport olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi belgilandi (buning uchun 18 yoshga qadar pasport olish kerak).

Yangiliklar lentasi
0