“Biz Moskvaga toqat qilmaymiz”. Turkiya yana janjallashmoqda - endi Eron bilan

Moskva bilan munosabatlarning murakkabligi fonida Anqara nima sababdan Suriya bilan bog‘liq kelishuvning yana bir muhim ishtirokchisi bo‘lgan Tehron bilan munosabatlarni keskinlashtirmoqda - batafsil maqoladi.
Sputnik

TOShKENT, 3 mar - Sputnik, Galiya Ibragimova. Turkiya qurolli kuchlari Idlibda Eron nazoratidagi guruhlarga raketa hujumlarini amalga oshirdi. Agar turklar Suriyaning shimoliy-g‘arbiy mintaqalarini tartibsiz o‘qqa tutishni to‘xtatmasa, eronliklar qasos bilan olish tahdid qilishmoqda. Moskva bilan munosabatlarning murakkabligi fonida Anqara nima sababdan Suriya bilan bog‘liq kelishuvning yana bir muhim ishtirokchisi bo‘lgan Tehron bilan munosabatlarni keskinlashtirmoqda - RIA Novosti materialida.

OAV: Turkiya harbiylari ikkita Suriya samolyotini urib tushirdi

Idlib uzra yopiq osmon

Suriyaning shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan Idlib viloyatida vaziyat yomonlashishda davom etmoqda. Ushbu hududlarni nazorat qilish uchun olib borilgan kurashda Turkiya Suriya oppozitsiyasini ochiq qo‘llab-quvvatlab hukumat zirhli transport vositalari va havo mudofaa tizimlariga zarba bermoqda.

Bashar Asad armiyasi viloyat ustidan osmonni yopganidan keyin ham, turk dronlari alohida nishonga zarba berishni to‘xtatmadi. Shunday qilib, so‘nggi kunlarda o‘q-dorilar tashiyotgan yuk avtomobili, zirhli mashina va motosikl havodan yo‘q qilindi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Turkiya havo mudofaasi Idlib ustida Suriyaning ikkita Su-24 qiruvchi samolyotini urib tushirgan, ammo uchuvchilar samolyotlarni tark etishga ulgurgan.

Turk harbiylari Rossiya harbiy samolyotlarini o‘qqa tutdi

Rossiya Turkiyani quruqlikdagi operatsiyalarni qisqartirishga va “Hayat Tahrir ash-Sha”* jangarilarini ushbu hududdan haydab chiqarishga chaqirmoqda. Havo hujumlariga kelsak, provinsiya osmoni yopiqligi sharoitida Moskva Turkiya aviatsiyasining xavfsizligini kafolatlashdan bosh tortdi. Urushayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazining xabar berishicha, Suriyaning shimoliy-g‘arbiy qismida parvoz qilinmaydigan hudud to‘g‘risidagi qaror vaziyatni keskinlashgani sababli qabul qilindi.

“Tehron Damashq emas”

Turkiyani Idlibda va qo‘shni hududlarda o‘qqa tutishlarni to‘xtatishga chaqiruvlar Eron tomonidan ham qilingan. O‘z navbatida, Suriyadagi Asad armiyasiga harbiy yordam ko‘rsatadigan Eronning maslahat markazi turk harbiylariga hujum qilmaslikka va’da bergan.

“Turk armiyasining bo‘linmalari mamlakatning shimoliy-g‘arbidagi Eronga qarashli ko‘ngillilar hududida joylashgan. Tehron o‘zini tutib turibdi va hujumni amalga oshirmayapti. Ammo Anqara nazoratidagi harbiylar bizning pozitsiyalarimiz va bazalarimizga o‘q uzishni davom etmoqda”,- deya bayonot berdi maslahat markazi.

Erdog‘an Yevropa ittifoqini millionlab qochqinlar haqida ogohlantirdi

Eron harbiy kuchlari turklarni Idlibda “qat’iy oqilona va Suriya va Turk xalqlari manfaatlariga muvofiq” harakat qilishga chaqirdi. Agar Anqara ushbu signallarga e’tibor bermasa, Islom respublikasi Suriyadagi bazalarini bombardimonlar uchun qasos olishga tayyor.

“Tehron Damashq emas, biz Moskva buni talab qilsa ham, toqat qilmaymiz va tinglamaymiz”, - deyiladi Eron maslahat markazi bayonotida.

Harbiylarning qattiq gaplaridan farqli o‘laroq, prezident Hasan Ruhoniy shu paytgacha diplomatiya usulida ish tutapti. Rejep Tayyib Erdog‘an bilan telefon orqali suhbatda u Idlib bo‘yicha uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi. Eron rahbarining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarning asosiy ishtirokchilari Tehron, Damashq va Anqara bo‘lishi mumkin. Moskvani ushbu formatga taklif qilishning hojati yo‘q, dedi Ruhoniy. Shunga qaramay, u Rossiyaning Suriyadagi vaziyatni tartibga solishdagi muhim roli borasida bahslashmadi.

Eronning Suriyadagi manfaati

2011 yilda Suriyadagi fuqarolar urushining dastlabki kunlaridan Eron Bashar Asad tomoniga o‘tdi. Eron harbiy kuchlari Damashqqa Suriya shaharlarida muxolifatni tarqatish, so‘ng “Islom davlati”ga* qarshi kurashish uchun kelgan. Ular orasida Islomiy inqilobiy soqchilar korpusining nufuzli bo‘linmalari. Shuningdek, Tehron Livanning “Hizbulloh”* harbiylashgan guruhiga ham moliyaviy yordam ko‘rsatdi, u Suriya mojarosi boshlanganidan beri Suriyaning janubiy-sharqida pozitsiyalarni egallab u yerdagi Asadning muxoliflarini to‘xtatib turgan.

Eron hukumati, shuningdek, Suriya hukumatini qurol bilan ta’minlashni, razvedka ma’lumotlari va mablag‘lar bilan ta’minlashni boshladi. Mojaro davomida Eron Suriyaga energiya tashuvchilar yetkazib bergan. Suriya hududida ishlagan yagona uyali aloqa operatori Eronniki edi. Tehron yangi foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha shartnomalarning katta qismini oldi. Bularning barchasini ikki mamlakatning strategik ittifoqi bilan tushuntirsa bo‘ladi.

Erdog‘an Putinga Turkiyani Suriya bilan "yakkama-yakka" qoldirishni taklif etdi

Agar Suriya mojarosida Moskvaning roli hukumat kuchlarining harbiy ko‘maklash bilan cheklangan bo‘lsa, Tehron boshqa barcha sohalarda Bashar Asad rejimining hayotini ta’minlagan. Natijada Eron hukumati Suriya hukumatining asosiy homiyi va himoyachisiga aylandi.

2017 yildan beri Eron Rossiya va Turkiya bilan birgalikda Suriyani hal qilish bo‘yicha muzokaralarning “Ostona formatida” ishtirok etmoqda. Ushbu aloqalar tufayli Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirishga erishilganiga qaramay, Tehronning ularda ishtirok etishi kuzatuvchilarning tanqidiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Isroil va AQShda. Ular Damashqda IISKning mavjudligini yahudiy davlatining xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid deb atashdi.

Tel-Aviv va Vashington o‘z xavotirlarini bir necha bor Moskva bilan bo‘lishdi va Eron qo‘shinlarining Suriya-Isroil chegarasidan chiqarilishini talab qilishdi. Binyamin Netanyahuning farmoyishiga binoan, mudofaa bahonasi bilan Tehronning Suriyadagi obyektlarga raketa zarbalari berildi.

Ammo Eron ham bo‘sh kelmadi. Rossiya ham, Turkiya ham uzoq vaqt davomida Oyatullohlar rejimini o‘z pozitsiyalarini yumshatish va qo‘shinlarini boshqa joyga ko‘chirishga ko‘ndira olmadilar. Ikki yil oldin Suriyadagi Eronparast kuchlar Isroil bilan chegaradan olib chiqilgan edi. Bunda ham Moskva xizmati bor. Ammo bu hududlarda Isroilni hamon g‘azablantirayotgan “Hizbulloh”* jangarilari qoldi.

“Asadning zaifligi - Eronning zaifligi”

Suriya mojarosi mobaynida Turkiya va Eron o‘rtasidagi munosabatlar barqaror bo‘lib kelgan. Asad rejimining Tehronda qo‘llab-quvvatlangani ham ularni buzmadi, Anqarada esa unga qarshi edilar.

Uzoq vaqt davomida Islom Respublikasi rasmiylari Idlibda Damashqning harbiy operatsiya o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamagan, buni Innovatsion rivojlanish institutining Islom tadqiqotlari markazi boshlig‘i Kirill Semonov Tehronning Erdog‘anga qarshi chiqmaslik istagi bilan bog‘laydi. “Idlib shahriga hujumni Suriya armiyasi o‘tgan yilning may oyida boshlagan. Shu operatsiyaning birinchi bosqichi sentabrgacha davom etdi. Biroq Eron unda qatnashmadi. U Turkiyaga zarar yetkazmaslikka harakat qilib, faqat dekabrda qo‘shildi”, - deya tushuntiradi siyosatshunos RIA Novostiga.

“Bir necha kun oldin turklar Suriyadagi Eronparast kuchlarni bombardimon qildilar. Gap "Hizbulloh"*qarorgohi va IICK bo‘linmasi haqida ketmoqda. Taxminan 30 kishi halok bo‘ldi. Shu bilan birga, Tehron o‘z ishonchli vakillarining Suriyadagi koordinatalarini turklarga taqdim qilganini da’vo qilmoqda. Ammo bu Anqarani to‘xtatmadi. Eronliklarning qasos olish tahdidi bo‘sh joydan paydo bo‘lmadi”, - dedi Semonov.

Qatar universitetining Fors ko‘rfazini o‘rganish markazining dotsenti, IMEMO RAN katta ilmiy xodimi Nikolay Kojanovning ta’kidlashicha, Eron va Turkiya taktik hamkorligiga qaramay, hech qachon strategik hamkor bo‘lmagan. “Eronparast kuchlar Idlibga kirishganda aniq bo‘ldi: Tehron Asad rejimining zaiflashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsaga tayyor. Mantiq bu yerda oddiy: Suriya prezidentining har qanday zaifligi Eronning zaifligi sifatida qabul qilinadi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ruhoniyning Turkiyaga nisbatan keskin munosabati shundan kelib chiqadi”, - deydi mutaxassis RIA Novostiga.

Turkiya koronavirus tufayli Eron bilan chegaralarini yopdi

Kojanovning so‘zlariga ko‘ra, Idlib bo‘yicha qaror avvalambor Rossiya-Turkiya kelishuvlariga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu masalada ekspert Tehronga Moskvaning yordamchisi vazifasini topshiradi.

“Eron har doim Suriyada o‘z maqsadlarini ko‘zlab kelgan. Asosiysi, Asad rejimini qonuniylashtirishga erishishdir. Rossiyaning diplomatik yordamisiz bunga erishib bo‘lmaydi. va Suriyani tartibga solishning siyosiy yo‘lini Tehron Moskvaga badal sifatida taqdim etmoqda. Ammo bu eronliklar Rossiya hukumatini har narsada qo‘llab-quvvatlashga tayyor degani emas. "Suriya yo‘nalishi bo‘yicha Rossiya va Eron parallel ravishda harakatlanmoqda. Hamkorlik darajasini strategik deb atash mumkin emas”, - deb hisoblaydi eronshunos.

Anqaradagi Siyosiy tadqiqotlar markazining mutaxassisi Orxan Gafarlining fikricha, Eron Turkiya bilan yaxshi munosabatlarni rivojlantirishdan ko‘proq manfaatdor. "Anqara G‘arbning sanksiyalari ostida Tehron bilan savdo aloqalarini saqlab turadiganlardan biridir. Parlament saylovlaridan keyin yuzaga kelgan jiddiy ichki siyosiy vaziyat va yomonlashgan iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda, Eron ko‘p bo‘lmagan sheriklar va birinchi navbatda Turkiya bilan munosabatlarni yomonlashishidan manfaatdor emas. Tomonlar Suriya masalasi bo‘yicha keskin qarama-qarshilikni oldini olishda davom etadilar", - deb hisoblaydi ekspert.

Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat – hujum oqibatlari

Suhbatlashilgan barcha tahlilchilar Idlibning taqdiri, shuningdek, Turkiya, Rossiya va Eron o‘rtasidagi munosabatlar Putin va Erdog‘an o‘rtasidagi muzokaralar natijalariga bog‘liq bo‘ladi degan to‘xtamga keldilar. “Hamma Idlibdagi vaziyatni hal qilinishidan manfaatdordir. Nafaqat Suriyaning kelajagi, balki ushbu uchburchak ichidagi ikki tomonlama munosabatlarning taqdiri ham xavf ostida”, - deydi Gafarli.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilotlar