TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Idlibda turk harbiylari Suriya harbiy-havo kuchlarining ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi. Bu haqda SANA agantligi xabar qildi.
OAV xabariga koʻra, uchuvchilar katapulta vositasida irgʻib chiqib, parashyut bilan oʻzlarini qutqarishga muvaffaq boʻlishgan va ularning ahvoli yaxshi. Boshqa tafsilotlar hozircha keltirilmagan.
Suriya armiyasi bugun Idlib provintsiyasi ustidagi havo maydoni yopilishini eʼlon qildi. Bayonotda bu mintaqada payqalgan har qanday samolyotlar dushmanniki deb qabul qilinib, urib tushirilishi ochiqlangan edi. Keyinchalik SANA agentligi Suriya armiyasi tomonidan Sarakeb shahri ustida turk uchuvchisiz uchish qurilmasi urib tushirilganini maʼlum qilgan edi.