Natijada Turkiya armiyasining 34 askari halok bo‘ldi, 30 dan ortiq odam jarohatlandi. Rossiya tomoni Suriya kuchlari tomonidan o‘q otilishini to‘xtatish, halok bo‘lgan va yaradorlarni xavfsiz evakuatsiya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha choralarni ko‘rdi. Vazirlikda Rossiya aviatsiyasi bu hududda qo‘llanilmagani ta’kidlandi.
Turkiya prezidenti Toyib Erdog‘an Yevropa ittifoqini yaqinda uning chegarasiga millionlab qochqinlar kelishi haqida ogohlantirdi.
Turkiya prezidenti administratsiyasi ma’lum qilishicha, Turkiya yetakchisi 5-mart kuni Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakatlar rahbarlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Suriyaga oid Sochi kelishuvlari qanday amalga oshirilayotganini muhokama qilishini aytdi.
Idlib viloyatida tasvirga olingan suratlarni Sputnik jamlanmasida tomosha qilishingiz mumkin.