Dunyoda

Turk harbiylari Rossiya harbiy samolyotlarini oʻqqa tutdi

© AP PhotoTanki turetskoy armii v provintsii Idlib
Tanki turetskoy armii v provintsii Idlib - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Turkiya harbiylari Idlibda Rossiya kosmik-havo kuchlari samolyotlarini oʻqqa tutdi. Rossiya va Suriya samolyotlari zarbalardan himoyalanish uchun issiqlik tuzoqlaridan foydalanmoqda.

TOSHKENT, 27 fev – Sputnik. Turk qoʻshinlari Suriya hukumat armiyasi va Rossiya samolyotlarining Idlib viloyatidagi pozitsiyalarini bombardimon qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti "Rossiya 24" telekanali reportajiga asosan xabar qildi.

Voyennoslujaщiye SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Suriya neftini ochiqcha talon-taroj qilmoqda - harbiy ekspert

Telekanalning maʼlumotiga koʻra, Anqara harakatlari ikkita turk harbiysi halok boʻlgan aviazarbaga javoban boʻldi. Daily Sabah gazetasi yozishicha, yana ikkita harbiy xizmatchi yaralandi. Hujumni kim tomonidan amalga oshirilganiga aytilmagan.

“Suriya armiyasini tom maʼnoda – oʻzining va Rossiya aviatsiyasi qutqarmoqda. Suriya havo kuchlari va Rossiya havo kuchlari samolyotlari jangarilarni qayta-qayta toʻxtatmoqda”, - deydi VGTRK byurosining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi rahbari Yevgeniy Poddubniy.

Uning soʻzlariga koʻra, turk kuchlari va jangarilari faol ravishda PZRK qoʻllamoqda. Rossiya va Suriya samolyotlari zarbalardan himoyalanish uchun issiqlik tuzoqlaridan foydalanmoqda.

Jangovar harakatlar epitsentri Nayrab, Saan va Jubas qishloqlarida joylashgan.

Avvalroq Suriyaning SANA davlat agentligi jangarilar turk armiyasi koʻmagida Idlib viloyatidagi Sarakib shahri hududida hujumni boshlagani xabar qilgan edi. Terrorchilar oʻnlab xudkushlarni va minalashtirilgan mashinalarni jalb qilishgan. Suriya hukumati qoʻshinlari artilleriya yordamida oʻqqa tutmoqda.

Bundan tashqari, RIA Novosti xabar qilishicha, Idlibda amalga oshirilgan havo hujumi natijasida 33 nafar turk askari halok boʻldi va 36 kishi yaralandi.

Anqara Suriya hukumat kuchlari pozitsiyalariga quruqlik va havo hujumlari boshlanganini eʼlon qildi.

"27 fevral kuni Suriya qoʻshinlari Behun aholi punkti yaqinidagi Idlib zonasida joylashgan terrorchilarga qarata aviazarba berdi, u yerda turk harbiylariga boʻlishi kerak emas edi", - deb taʼkidlashdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

 

Yangiliklar lentasi
0