Erdog‘an Yevropa ittifoqini millionlab qochqinlar haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishTursiya otkrila granisi s YeS dlya siriyskix bejensev
Tursiya otkrila granisi s YeS dlya siriyskix bejensev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyib Erdog‘an Yevropa ittifoqini yaqinda uning chegarasiga millionlab qochqinlar kelishi haqida ogohlantirdi.

TOShKENT, 2 mar – Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdog‘an Yevropa ittifoqini yaqinda uning chegarasiga millionlab qochqinlar kelishi haqida ogohlantirdi.

Tureskie soldati vipustili raketu po pozitsiyam siriyskogo pravitelstva v provinsii Idlib - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Turkiya harbiylari ikkita Suriya samolyotini urib tushirdi

“Ular qo‘ng‘iroq qilishapti va chegaralarni yopinglar deb aytishapti. Men kech, deb aytdim. G‘arb qochqinlar uchun javobgarlik yukini bo‘lishishi kerak. Bugun biz Bolgariya bosh vaziri bilan uchrashamiz, ertaga Merkel bilan gaplashaman”, - dedi Erdog‘an.

U to‘rt-besh davlat rahbarlari ishtirokida Suriya bo‘yicha sammitlar o‘tkazilishini istisno qilmadi.

O‘z navbatida, BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy Komissari Filippo Grandi RIA Novosti agentligiga aytishicha, so‘nggi kunlarda Idlibni tark etayotgan odamlar soni ko‘paygan.

Idlibdagi vaziyat keskinlashganidan keyin Turkiya hukumati qochqinlar oqimini cheklashga qodir emasliklarini va Yevropa Ittifoqi bilan chegaralarni ochganliklarini aytishdi.

Kecha Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu, shanba kuni Gretsiya va Bolgariya Edirne chegarasi orqali 47 mingdan ortiq migrant mamlakatni tark etganini, yakshanba kuni esa ularning soni 76 mingdan oshganini aytdi.

Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘an Putinga Turkiyani Suriya bilan "yakkama-yakka" qoldirishni taklif etdi

2016 yil mart oyida Yevropa Ittifoqi va Turkiya migratsiya inqiroziga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma rejani kelishib oldilar. Rejaga Anqaraga qochqinlarni qabul qilish uchun moliyaviy yordam, Turkiyadan Gretsiyaga kelgan barcha noqonuniy migrantlarni Turkiyaga qaytarish va Yevropa Ittifoqi tomonidan Turkiyadan qonuniy suriyalik migrantlarni qabul qilish kiradi.

Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat 27-fevral kuni "Xayat Tahrir ash-Shom" terrorchilari Suriya kuchlarining pozitsiyalariga keng ko‘lamli hujum uyushtirganidan keyin keskinlashdi. SAR armiyasi o‘t ochdi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, u yerda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan turk harbiylari ham o‘qqa tutilgan.

 Natijada Turkiya armiyasining 34 askari halok bo‘ldi, 30 dan ortiq odam jarohatlandi. Rossiya tomoni Suriya kuchlari tomonidan o‘q otilishini to‘xtatish, halok bo‘lgan va yaradorlarni xavfsiz evakuatsiya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha choralarni ko‘rdi. Vazirlikda Rossiya aviatsiyasi bu hududda qo‘llanilmagani ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0