Estoniyaliklar fikri: Sputnik faoliyati to‘xtatilishi - bu senzura

Estoniyaning ETV+ jamoatchilik-huquqiy telekanalida Sputnik Estoniyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi muhokamani tomosha qilganlar shunday xulosaga kelishdi.
Sputnik

1 yanvardan boshlab jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi tufayli hodimlar Sputnik Estoniya va "Rossiya segodnya" XAA bilan ishlashni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Nashriyot rahbari Yelena Cherisheva, Sputnik sobiq xodimi Aleksandr Lukyanov, Yevropa parlamenti deputati burosining maslahatchisi Yana Toom va RusDelfi sobiq muharriri Margarita Kornisheva bo‘lib o‘tgan vaziyatni rus tilidagi ETV+ kanalidagi muhokama qilish uchun taklif qilindi. Qarama-qarshi taraf sifatida Tarixiy Xotira Instituti xodimi, advokat Sergey Metlev, strategik aloqalar bo‘yicha ekspert Ilmar Raag, Xavfsizlik va Mudofaa bo‘yicha ma’lumot markazi rahbari Grigoriy Senkiv taklif qilindi.

Rossiya YeXHTning Sputnik Estoniya bilan bog‘liq vaziyatga munosabatini kutmoqda

Avval ta’qiqlab keyin muhokama qilinadi

"Jurnalistlarga nisbatan siyosiy va iqtisodiy sanksiyalar - bu senzura. Estoniyada senzura taqiqlangan. Sputnik Estoniya – Rossiyaning "Rossiya segodnya" axborot agentligi tarkibiga kiruvchi ommaviy axborot vositasi”- Yelena Cherisheva o‘z pozitsiyasini darhol belgilab qo‘ydi.

Uning ta’kidlashicha, Politsiya departamenti va chegara xizmatidan kelgan xatda "Rossiya segodnya" XAA Dmitriy Kiselov nazoratida, chunki u xujjatlarga "imzo chekadi".

"Men biron bir moliyaviy hujjatda Dmitriy Kiselovning imzosini ko‘rmadim. Men imzolarini yiliga ikki marta tabrik otkritkalarida - Yangi yil va Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaganda ko‘raman", - dedi Cherisheva.

Margarita Kornishevaning aytishicha, u Yevropa Ittifoqi hujjatlarida nazorat ostidaligi ta’rifini topdi. Ammo u Dmitriy Kiselov ushbu mezonlarning xech biriga tushmasligiga amin.

Sputnik Estoniya jurnalistlari redaksiya bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatadilar

"Ikki hil cheklov mavjud – kirish yoki chiqishni ta’qiqlash va unga foyda keltiradigan manbalar va obyektlarni taqiqlash. Agar biz jurnalistlarni Estoniyadagi resurslar deb bilishsa, unda bu holat jurnalistlarning kasbiy faoliyatiga qo‘yilgan cheklov emasmi degan savol tug‘iladi", - dedi Margarita. Kornisheva.

Men o‘qimaganman, lekin bilaman

Tarixiy Xotira Instituti xodimi Sergey Metlev agentlik xodimlarini jurnalist deb hisoblamasligini aytdi. Strategik aloqalarni muvofiqlashtirgan va dezinformatsiyani tarqalishining oldini olgan Ilmar Raag, portalni yopishga rozi emasligini qo‘shimcha qildi.

"Baribir ularni Estoniyada juda kam odam o‘qirdi va mening fikrimcha, ular qanday ishlashgan bo‘lsa, shunday ishlashni davom ettirishi mumkin edi", dedi u.

Keyinchalik u o‘qituvchi sifatida u Sputnik Estoniyaning ba’zi tasodifiy maqolalarini tahlil qilganini va materiallarda obyektiv baho yo‘qligini ta’kidladi, chunki jurnalistlar faqat bir tomonning sharhlarini olishar edi.

Yelena Cherisheva ham qolishmaydi, Sputnik xodimlari birinchi kundan boshlab boshqa OAVdagi hamkasblar bilan taqqoslab bo‘lmaydigan sharoitlarga qo‘yilganini eslaydi - hukumat idoralari, siyosatchilar agentlikka izoh berishdan yoki intervyu berishdan bosh tortishar edi.

"Kuy yo‘q, ammo biz raqs tushmoqdamiz": estoniyalik siyosatshunos Sputnik haqida fikr bildirdi

Aleksandr Lukyanov o‘z misolida portalda 8 oy davomida nashr etilgan 100-120 maqoladan qaysi birida jurnalistik ish emas, balki propaganda borligini ko‘rsatishlarini so‘radi? Qatnashuvchilardan hech kim aniq bir javob aytolmadi.

Buning o‘rniga, Metlev shunday deydi: "professionallar va politsiya yuristlar pozitsiyasi shundayki, bu mamlakatda faoliyatingizni bu shaklda davom ettirishga haqqingiz yo‘q. Sizga yoqmasa - sudga boring. Estoniya sudlari mutlaqo mustaqil. Agar siz u yerda yutsangiz, biz hammamiz sizga chapak chalamiz. Yutolmasangiz, faoliyatingiz bundan keyin ham yopiq bo‘ladi".

Yelena Cherisheva shunchaki yelkasini qisib qo‘ydi: "Faoliyatimizni yopganimiz yo‘q, vaqtincha to‘xtatdik, xolos".

Ilmar Raag ham telefonini qo‘liga oladi va hayron bo‘lib portal ishlayotganini aytdi. Cherisheva va Kornisheva yana bir bor portal yopilmaganligini tushuntirishga majbur bo‘lishdi, ammo Sputnik Estoniyada yangi yildan beri hech kim ishlamayapti va portalning o‘zi favqulodda rejimda ishlamoqda.

Afg‘on biznesmeni Sputnik videosini ko‘rgach, qochoqlarga yordam berdi

“Agar siz 93-modda birinchi ilovasini diqqat bilan o‘qib chiqsangiz, biz hech qanday xizmatni bajarishimizga xaqqimiz yo‘q, hatto tekinga. Hatto uyda shaxsiy komputerdan ", - dedi Yelena Cherisheva.

Vajlar tugaganida

Xavfsizlik va mudofaa bo‘yicha ma’lumot markazi rahbari Grigoriy Senkiv "Sputnik Estoniya rahbariyati shunchaki o‘zining iqtisodiy va moliyaviy muammolarini hal qila olmadi va ular so‘z erkinligi qisilishi bilan qopladi", dedi.

Haqiqatan ham atayin chiqarilgan muammolar bo‘lgan. Banklar Sputnik Estoniya xodimlarining hisoblarini yopishgan. Bosim ostida tahririyat binosini egasi ijaraga berishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

"Estoniyada portal salmoqqa ega emas, ammo Sputnikning provokatsiyalar yordamida yirik ommaviy axborot vositalariga chiqishlari ancha salmoqqa ega. Shu yerda Sputnikning oldindan rejalashtirilgan va fosh qilingan bir aksiyasi yodga tushdi, bir yigit armiyada jarohat olib yaralangan va keyinchalik Estoniya armiyasida ruslarga nisbatan shunday kamsitishlar bo‘lishini to‘qishga harakat qilgan. Qaranglar, nima sodir bo‘lmoqda - ular bir-birini otishaptimi yoki ularni otishmoqda. Bu holat atrofida shuncha targ‘ibot shovqin-so‘roni"- dedi Metlev.

Vilnyus aeroportida Sputnik Litva bosh muharriri hibsga olindi

Boshlovchi Andrey Titov so‘layotganni to‘xtatdi va uning gaplari noto‘g‘riligini va bu mavzu uning studiyasida allaqachon muhokama qilinganini eslatib o‘tdi. Darvoqe, Titov yana bir ajoyib faktni esladi. O‘tgan yili Estoniya haqida tarqatiladigan noto‘g‘ri tashviqot va soxta ma’lumotlarni fosh qilish bilan shug‘ullanadigan Propastop blogi faollari parlamentdan Sputnik Estoniya va Baltnews portallarini yopishlarini talab qilib imzo to‘plashni boshladilar.

"Atigi mingta imzo to‘plash kerak edi. Avval ular bitta muddatni qo‘yishdi, keyin uni bir oyga cho‘zishdi, so‘ng yil oxiriga qadar uzaytirdilar. Oxir-oqibat ular 573 ta imzoni tshpladilar, hatto mingta odam ham to‘play olishmadi. Bu hech kimni qiziqtirmaydi", dedi Titov.

Muhokama so‘ngida jonli efir paytida o‘tkazilgan ikkita so‘rov natijalari e’lon qilindi. Sputnik Estoniyaning faoliyati to‘xtatilishini qo‘ng‘iroq qilganlarning 90%i va Facebook  ijtimoiy tarmog‘ida javob berganlarning 57%i senzura deb topgan.