TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Rossiyaning YeXHTdagi doimiy vakolatxonasi Sputnik Estoniya agentligi atrofidagi vaziyat yomonlashgani sabab tashkilotning OAV erkinligi bo‘yicha vakilidan javob kutmoqda.
“Jurnalistlar Estoniya hukumati tomonidan bildirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ozodlikdan mahrum qilish tahdidi sabab ishdan bo‘shashga majbur bo‘lishdi. Estoniyaning chidab bo‘lmaydigan pozitsiyasi uning YeXHT doirasidagi majburiyatlariga ziddir. YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakilidan munosabat kutapmiz”, - deyiladi doimiy vakolatxonaning Twitter᾽da e’lon qilingan bayonotida.
Sputnik Estoniya xodimlari Tallin tomonidan jinoiy ta’qib bo‘yicha bo‘layotgan tahdidlar tufayli 2020-yilning 1-yanvaridan tahririyat bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatishga majbur bo‘lishdi. 1-yanvardan agentlik sayti favqulodda rejimda ishlashga o‘tdi.