Qobul yaqinida joylashgan afg‘on qochoqlari lageri 7-yildan buyon mavjud. Bu yerda 50 oila istiqomat qiladi. Lagerdagi odamlarning ovqat ratsioni xavas qilgulikmas, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmaydi va ular issiq kiyim-boshga muhtoj.
Qahraton qish mavsumida Sputnik Afg‘oniston bu insonlarning murakkab taqdiri haqida videorolik suratga olgan edi. Shundan so‘ng Rossiyada yashovchi afg‘onistonlik tadbirkor Muhammad Nodir Shoh o‘z vatandoshlariga yordam berishga qaror qildi. Endilikda u yiliga ikki marta lagerdagilarga kiyim-kechak, poyabzal va oziq-ovqat yuboradi.