Yashil meros: Samarqand chinorlarini kim ekkan?

SSSR tarqalib ketganidan so‘ng rus nomlar Samarqand xaritasidan yo‘q bo‘lib ketdi, lekin hozir vaziyat o‘zgarmoqda – shaharda Mixail Ivanovich Nevesskiy nomiga xotira taxtachasi paydo bo‘lishi mumkin. Aynan shu inson Samarqanddagi yashil bulvarni yaratgan va bog‘larni barpo etgan
Sputnik

"Rus Samarqandi" atamasi XIX asrning ikkinchi yarmida, Turkistonning ushbu viloyati Rossiyaga qo‘shilgach, paydo bo‘lgan. Dastlab general Kaufman boshchiligidagi rus qo‘shinlari eski qal’a hududida joylashishgan edi. Keyinchalik esa qal’a hududi qayta qurilib, u yerda "Samarqandning rus qismi" qurish rejasi ishlab chiqiladi. Atrofdagi mahalliy aholiga tegishli yerlar, bog‘lar sotib olinib, yangi qurilish boshlanadi.

Samarqanddagi Universitet bulvariga onlayn kameralar o‘rnatildi

XIX asr oxiri XX asr boshida qurilgan ko‘plab uylar haligacha Samarqandni bezab turibdi. Markaziy bulvar esa, bir necha bor nomini o‘zgartirib, hozir "Universitet bulvari" bo‘lgan. Bu yer shaharning markazida joylashgan bo‘lib mahalliy aholi uchun shinam sayhlgoh bo‘lib xizmat qiladi.

Albatta, Registon maydoni va uning atrofidagi masjid va maqbaralar, Amir Temur davri yodgorliklari -  Sharqning haqiqiy durdonasi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi ham. Lekin aynan shu yerdan, shaharning musulmonlar yashagan qismidan “rus” bulvari boshlanadi.

Rus amaldori haqida bir so‘z

Samarqand  Davlat universitettining rus filologiyasi fakulteti dotsenti Ruben Nazaryan butun umri davomida Samarqandning Revolyutsiyagacha bo‘lgan tarixini, uning aytishi bo‘yicha kolonial, rus davrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. U ushbu mavzuda kitoblar yozgan, Rossiya va xorijiy telekompaniyalar bilan hamkorlik qilgan.

Erkin Turdimov: "Universitet bulvari" bizning yuzimiz, lekin odamlar u yerga bormay qo‘ygan

Universitetga, uning ish joyiga borsak – u yo‘q ekan, bemorligi tufayli bolnichniyda ekanligi ma’lum bshldi. Unga qo‘ng‘iroq qilganimizda: "Menda juda qiziq yangiliklar bor, ular haqida hali hech kim xabar qilmagan”, deb qoldi. Biroz vaqt o‘tib uning shahar chekkasidagi xonadoniga yetib bordik. U bizni qahva bilan siylab, shaharda yuz berayotgan yangiliklar va yangi prezident bilan kelgan o‘zgarishlar haqida hikoya qilib berdi. 

"Rus Samarqandi haqida men hammadan ko‘p yozganman – butun umrim davomida arxivlar, kitoblar, zamondoshlar kundaliklari orqali Samarqandning rus davrini  o‘rganganman. So‘nggi yillarda yangi prezident kelganidan so‘ng ushbu mavzuda to‘laqonli ishlash uchun imkoniyat paydo bo‘ldi. Oldin SSSR davrida ham, undan so‘ng ham bu mavzuda cheklovlar bor edi", - deydi Nazaryan. 

Tarixiy ma’lumotlardagi noaniqliklarni to‘g‘rilashni, revolyutsiyagacha faoliyat yuritgan rus arboblari nomlarini abadiylashtirish masalasida maslahat so‘rab unga bir necha marotaba murojaat qilishgan. Hozir ushbu jarayonda biroz oldinga siljish kuzatilmoqda.

Abdulla Aripov Samarqandning "rus" qismida bo‘ldi va qurilishni to‘xtatishni buyurdi

"Bir necha oy oldin dars o‘tayotgan edim, kutilmaganda hokimiyatdan qo‘ng‘iroq qilib qolishdi. Sababini tushuntirmasdan  “Siz darhol bu yerga kela olasizmi?", deyishdi. Borsam. u yerda 30ga yaqin odam nimanidir muhokama qilishayotgan ekan. Ular shahar markazida bulvar va undan boshlangan ko‘chalarni qurish rejasini tuzgan va bu yerda ko‘plab yashil daraxtlar o‘tqazgan mutaxassis – Mixail Ivanovich Nevesskiyga u yashagan uyda yodgorlik taxtachasi qo‘yishmoqchi ekan. Bu binoda hozir YuNESKOning Markaziy Osiyo izlanishlari instituti joylashgan”, - deb hikoyasini boshladi Ruben Nazaryan.

O‘shanda unga Nevesskiy haqida batafsil ma’lumot to‘plash kerakligi haqida xabar qilishadi. Bunga javoban u buning Toshkent, balkim Rossiyaga borishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini xabar qilgan. Tashrifning moliyaviy va tashkiliy tomonlari hal bo‘lgandan so‘ng Nazaranga Moskva, Sankt-Peterburg va Sochiga borishga to‘g‘ri kelgan.

Izlari yo‘qolgan bo‘lsada, ba’zi ma’lumotlar bor  

Iyul oyida Ruben Nazaran uzoq komandirovkaga otlanadi. Dastlab Toshkentga yo‘l oladi. Rossiya amaldorining taqdiri ancha murakkab bo‘lib chiqadi.

Yashil meros: Samarqand chinorlarini kim ekkan?

Nevesskiy Ukrainaning qishloqlaridan birida tug‘ilgan. Uning otasi o‘zini dvoran qilib ko‘rsatishga urinsada, aslida kichik lavozimda ishlagan amaldor bo‘lgan. Nevesskiy 12-13 yoshda bo‘lganida Kiyev yaqinida bog‘dorchilik va yer xo‘jaligi maktabi ochiladi. U yerga oddiy oilalardan bolalarni qabul qilib, bepul ta’lim berishar edi. Bo‘lajak landshaft dizayneri Nevesskiy u yerda 6-7 yil o‘qib bog‘dor diplomini oladi.

Samarqandning rus arxitekturasi joylashgan qismidagi qurilish ishlari to‘xtatildi

“Keyin nima bo‘lganini tushunish juda qiyin – qandaydir g‘alati ravishda Nevesskiy 19 yoshida Peterburgda imperator bog‘iga bog‘bon bo‘lib ishga kiradi. Bir yil o‘tib esa, u Turkinston general-gubernatori fon Kaufmanga xat yozib o‘zi haqida hikoya qilib beradi va uning sog‘lig‘iga Peterburgning sovuq havosi to‘g‘ri kelmasligini va uni o‘z yoniga chaqirishini so‘raydi va Kaufman bunga rozi bo‘ladi”, - dedi izlanuvchi-o‘qituvchi. 

Shunday qilib Nevesskiy dastlab Toshkentga, 3-yildan keyin Samarqandga keladi. Bu yerda u 30-yildan ortiq ishlaydi. Samarqandda bugun soya solib turgan ulkan chinorlarni aynan Nevesskiy o‘tqazgan. Undan tashqari u Omon-Qo‘ton qilshlog‘ida ham o‘rmon xo‘jaligi tashkil qilgan.

Shaharning musulmon qismidan rus qismigacha bo‘lgan bo‘sh joyda daraxtlar ekish uchun Mixail Ivanovich butun dunyodan daraxt ko‘chatlarini olib kelib, ularni dastlab ko‘chatxonada parvarish qilgan. Daraxtlar iqlimga moslashganidan so‘ng shahar ko‘chalariga o‘tqazgan.

“Men aniqlashimcha, Nevesskiy Samarqandga 1870-yilda kelgan. O‘z loyihasi bo‘yicha Bulvarda uy qurgan. Keyinchalik u davlat xizmatida "Statskiy sovetnik" darajasigacha ko‘tarilgan. Bu general bilan bir xil degani. Lekin uning o‘zi juda kamtar inson sifatida qolgan. Keyinchalik u joylarda ba’zi kamchiliklarni ko‘rib, amaldorlarining qalbaki hisobotlari haqida Toshkent va Peterburgga xabar qilgan. Bu esa uning karyerasiga nuqta qo‘yilishiga sabab bo‘lgan. Unga Samarqandda xotirjam qolishga imkon berishmagan”, - deydi Nazaryan.

Yashil meros: Samarqand chinorlarini kim ekkan?

Oqibatda 1908-yilda u Sochiga ko‘chib ketadi. U yerda hukumat unga yer ajratib beradi.

Xotira taxtasi bahorda paydo bo‘ladimi?

O‘zbekistonlik izlanuvchi-domla Sochiga ham boradi, lekin u yerda ham Nevesskiyning izlarni topa olmaydi. Mahalliy qabristonda uning qabrini yoki nasroniy yeparxiyasidan ham 50-yillik hujjatlarni axtarib Nevesskiy o‘limi haqida ma’lumot topa olmaydi.

Nazaran Nevesskiy hayotini faqat 1916-yilga qadar kuzatib borishga muvaffaq bo‘ladi va uning yagona o‘g‘li bo‘lganini va nabirasi fon doktori bo‘lganini aniqlaydi.

Stoyanov O‘zbekistondagi “turistik inqilob” va uni lol qoldirgan Samarqand haqida

“Nevesskiy Sochidan Moskva yoki Sankt-Peterburgga ketgan, lekin u yerda ham u haqida hech narsa topishning iloji bo‘lmadi. Muammo shundaki, u Samarqandda davlat xizmatini tark etgan. Shundan so‘ng Rossiya poytaxtida uning hayoti hech kimni qiziqtirmagan”, - deydi Nazaran.

Qidiruv vaqtincha to‘xtatilgan, lekin umid yo‘qolgan emas...  

Samarqanddagi Nevesskiy uyida xotira taxtachasi o‘rnatish masalasiga kelsak, u YuNESKOning Markaziy Osiyo izlanishlar instituti jurnalida Nevesskiy haqida maqola chop etilganidan so‘ng o‘rnatiladi. Bu kelasi yil bahorda ro‘y berishi kerak.

“Hukumat Samarqand uchun juda ko‘p ish qilgan rus amaldori xotirasini abadiylashtirsa juda yaxshi bo‘lardi. Bizning shaharda ruscha nom bilan ataluvchi yagona ko‘cha bor – Pushkin ko‘chasi. Uni shoirning 100-yilligi munosabati bilan atashgan va shundan so‘ng  nomini hech kim o‘zgartirmagan. Shuningdek, viloyat kutubxonasi 1937-yildan buyon rus mumtoz shoiri nomida. Agar Mixail  Ivanovich Nevesskiy nomi hech bo‘lmasa xotira taxtachasi yordamida abadiylashtirilsa – bu katta ish bo‘lardi", — deydi Nazaryan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar turli davrlarda Samarqand rivojlanishiga katta hissa qo‘shishgan va buni unutish nohaqlik bo‘lgan bo‘lardi.