Samarqandning rus arxitekturasi joylashgan qismidagi qurilish ishlari to‘xtatildi

© SputnikDoma dorevolyutsionnoy epoxi v Samarkande
Doma dorevolyutsionnoy epoxi v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy aholi tomonidan bildirilgan noroziliklardan keyin Samarqandning rus arxitekturasi joylashgan qismidagi qurilish ishlari to‘xtatildi.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Samarqand shahar hokimiyati shaharning rus arxitekturasi namunalari joylashgan qismida ko‘p qavatli binolar qurish loyihasidan voz kechdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Vaziyatni o‘rganib chiqqan mutaxassislar, shaharning 19-asr oxiri 20-asr boshlarida qurilgan qismida ko‘p qavatli binolar qurish, ushbu tarixiy obyektlarning zarar ko‘rishiga va shaharning tarixiy qiyofasi o‘zgarishiga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Fragment fasada istoricheskogo zdaniya pochti v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand hokimligi shaharda tarixiy obyektlar buzilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Samarqand viloyati hokimiyati Sputnik muxbiriga xabar berishiga ko‘ra, 18-iyun kuni ertalabdan Pushkin ko‘chasida barcha qurilish ishlari to‘xtatilgan, ixtisoslashgan muassasalarga vaziyatni o‘rganib, ushbu hududning tarixiy siymosini saqlab qoluvchi qurilish rejasi ishlab chiqish topshirilgan.

Xususan, mansabdor shaxslar aytishiga qaraganda, ushbu hududda balandligi uch qavatdan yuqori bo‘lgan (podval bilan hisoblaganda)  binolar qurish ta’qiqlanadi. Shuningdek, yangi quriladigan binolar hududning 1,5 asr davomida shakllangan umumiy me’moriy qiyofasiga mos bo‘lishi kerak.

Chor Rossiyasi davrida qurilgan qolgan binolarning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi saqlab qolingan holda,  qayta ta’mirlanadi. Ayni damda turistlar kam keladigan, shaharning ushbu qismi turistlar uchun qiziq bo‘lgan maskanga aylantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy OAVlarda Samarqandda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan binolar buzilayotgani va ularning o‘rtasida ko‘p qavatli katta uy qurilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0