Stoyanov O‘zbekistondagi “turistik inqilob” va uni lol qoldirgan Samarqand haqida

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishAktor Yuriy Stoyanov
Aktor Yuriy Stoyanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya xalq artisti, aktor va rejissor Yuriy Stoyanov mamlakatdagi turistik inqilob, kelajakda O‘zbekiston turizmi elchisi sifatida mamlakat turistik brendini qanday targ‘ib qilishga bel bog‘lagani haqida Sputnik agentligiga so‘zlab berdi.

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. “Ipak yo‘lida turizm” XXV-Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etgan aktor Yuriy Stoyanov o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga oid mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, Sputnik O‘zbekistonga bergan ekslyuziv intervyuda Stoyanov mamlakat so‘nggi yillarda naqadar o‘zgarganligi haqida fikrlarini bayon etdi.

O‘zbekistondagi ko‘pmillatli turizm

Toshkentda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazma turizm elchilarining birinchi to‘laqonli uchrashuvi bo‘ldi.

“Dunyoga eshiklarini ochayotgan, inqilobiy tarzda o‘zida turizmni rivojlashtirishga tayyor mamlakatlar uchun bunga o‘xshash vositalar juda qo‘l keladi”, - deya qayd etdi Rossiyada o‘zbek turistik brendi elchisi Yuriy Stoyanov.

Aktor tadbir qulay, chiroyli va asosiysi – mazali bo‘lganini ta’kidladi. Qolaversa, u buyuk britaniyalik va isroillik turizm elchilari bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi. Stoyanovning so‘zlariga ko‘ra, turistik bred elchilarining yondashuvlari turlicha. U unga yuklatilgan vazifani marketing nuqtayi nazaridan bajarib kelayotgan britaniyalik hamkasbini misol tariqasida keltirdi.

“U  tayyor takliflar, o‘ta jiddiy prezentatsiya bilan keldi. Unda mutaxassis va marketolog sifatida O‘zbekiston uning hamurtlari va umuman yevropaliklarni ko‘proq jalb qilishi uchun nima qilish kerakligini batafsil keltirgan...”,  - deya hikoya qiladi Stoyanov.

Uning so‘zlarniga ko‘ra, Rossiyada boshqa yo‘llar bilan O‘zbekiston turizmini targ‘ib qilish kerak, axir ikki mamlakat o‘rtasida azaldan yaqin aloqalar o‘rnatilgan.

“Men marketolog emasman. Men o‘z vositalarim bilan - bu intervyu, tomoshabinlarga murojaat, bu Rossiyada taniqli artist sifatidagi imkoniyatlarim – ushbu yo‘nalishni mashhur qilishim mumkin. Uni ommalashtirishning nima keragi bor? O‘zbekistonning hech qanday ommalashtirishga muhtojligi yo‘q. Lekin mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘zlash berish lozim, albatta”,  - deya ta’kidladi Stoyanov.

Stoyanov ko‘plab Buxoro yahudiylari yashab kelayotgan va mamlakat hayotida ko‘zga ko‘ringan rolni o‘ynayotgan Isroil vakili bilan suhbatlashdi. Buning hisobiga u yerda O‘zbekiston turistik brendini targ‘ib qilishning o‘z usullari qo‘llanilmoqda.

Stoyanovning yaqindagina tayinlangan fransiyalik elchi Jerar Depardye bilan uchrashib, suhbat qurishga imkoni bo‘lmadi. Stoyanov uni o‘zining shousiga taklif qilish yoki u bilan bir loyida ishtirok etishga jon deb rozi bo‘lishini bildirdi.

Har qadamda o‘zgarishlar

Aktor mamlakat yaxshi tomonga o‘zgarganini tan oldi. Bu o‘zgarishlarni chindan ham “inqilobiy” deb atash mumkin.

“O‘zbekiston ochiq mamlakat aylanmoqda, va bu mening eng asosiy kashfiyotim bo‘lsa kerak. Men uchun bu birinchi navbatda aeroportga uchib kelganimdanoq namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatga kelishda hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni diqqatni oshiradigan, ba’zan azobli bo‘lganini eslayman. Hozir bu 10 daqiqadan ortiq vaqtni olmadi – tez, qulay, mamlakat mehmonlari uchun shunday bo‘lishi ham kerak”,  - deydi u.

Shuningdek, artist O‘zbekiston yaqinda yolg‘iz sayohat qilish uchun eng xavfsiz mamlakatlar reytingida beshinchi o‘rinni egallaganini eslatib o‘tdi.

“Bu sen tunda ko‘chaga chiqib, masalan, Toshkent, Samarqand yoki Buxoro bo‘ylab sayr qilishing mumkinligini anglatadi. Barchasi ajoyib bo‘ladi”, - deya fikrlari bilan o‘rtoqlashdi u.

Turizmni rivojlantirish uchun kundalik hayotdagi zarur narsalar ham muhim, misol, valyuta ayirboshlash.

Rossiyalik aktor ilgari pulni almashtirish muammo bo‘lganini tan oladi, hozir esa so‘m olish yoki xaridni karta yordamida to‘lashning bir necha qulay usullari mavjud.

Yuriy Stoyanov - Sputnik O‘zbekiston
Men barchadan O‘zbekistonni sevishni talab qilaman – Yuriy Stoyanov

“Bozorlarda “qora almashtirish”, “qora kurs” g‘oyib bo‘ldi. Istalgan joyda bankomatlarda, mehmonxonalarda, banklarda xotirjam almashtirish mumkin. Umuman muammo yo‘q”, - dedi u.

Stoyanovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston mamlakatda Internetni inqilobiy tarzda ham o‘zgartirishi zarur, zero har bir sayohatchi uchun zarur ma’lumotni har qanday paytda olishi va aloqada bo‘lish muhim sanaladi.

Yuriy Stoyanov yaqinda turmush o‘rtog‘i va do‘stlari bilan tashrif buyurgan Samarqand haqidagi taassurotlari bilan ham o‘rtoqlashdi. Shahar uni nafaqat qadimiy masjidlari va dunyoga mashhur tarixiy yodgorliklari, balki o‘zining shinamligi, mahallalarning ozodaligi hamda aholisining samimiyligi bilan hayratga soldi.

Turizm elchisi barcha me’moriy durdonalari o‘zlaring ko‘p asrlik yoshiga qaramasdan yaxshi holatda saqlanib turganiga e’tibor qaratdi.

Aktor bahor oyida Buxoroga tashrif buyurishni rejalashtirib qo‘ygan.

P/k, posvashennaya proyektu Kino na ssene - Sputnik O‘zbekiston
Yuriy Stoyanov videosi: o‘zbeklar – dono, buyuk va juda kamtarin xalqdir

O‘zbekcha qo‘shiq va samimiy yondashuv

Rossiyalik turistlarni aktor qanday qilib jalb qilishga bel bog‘lagani to‘g‘risidagi savolga Yuriy Stoyanov kamtarlik bilan buning uchun o‘z mahorati, mashhurligi hamda ijodiy ishlari ishga solishi qayd etdi. Odamlar ajoyib va har jihatdan yaqin bo‘lgan O‘zbekiston kabi mamlakat to‘g‘risida ma’lumot berishni maqsad qilib qo‘ygan.

Qolaversa, yaqin kunlarda Stoyanov respublikaga, o‘zining aytishiga qaraganda, “O‘zbekcha qo‘shiq” qo‘shig‘iga klip suratga olish uchun kelishni mo‘ljallamoqda.

“Bu zamonaviy va etnik musiqiy ohang uyg‘unlashgan juda ta’sirli va chiroyli musiqa asari. Men bu qo‘shiqqa klip suratga olmoqchiman, shunday ekan mamlakatga yana kelaman”, – deya so‘zlariga yakun yasadi aktor.

Uning faoliyatida qo‘shma ijodiy loyihalar bo‘lgan. Bir yil ilgari Stoyanov taniqli o‘zbek rejissori Rustam Sa’diyevning “Merosxo‘r” filmida suratga tushib, hamkasblarnini professionallik va mahorat uchun maqtagan edi.

Yangiliklar lentasi
0