Alisher Sultonov AESning yangi bloklari, Markaziy Osiyo birdamligi va gidroenergetika haqida

Energetika vazirlari forumi (MOMIH) yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbari Alisher Sultonov respublikaga yana ikkita blok nega kerakligi, mintaqa mamlakatlari uglevodorod zaxiralarini qay tarzda taqsimlashni rejalashtirayotgani haqida gapirdi
Sputnik

— O‘zbekistonda neft-gaz sohasidagi islohotlar qanday amalga oshirilmoqda? Bu o‘zgarishlar tufayli manfaatlar to‘qnashuvi ro‘y bermayaptimi?

O‘zbekistonda 2ta yangi gaz koni topildi

— Shu vaqtgacha mavjud tizim bizni chuqur inqiroz yoqasiga olib keldi. Respublikaning butun boshli yoqilg‘i-energetika kompleksini isloh qilish loyihasi bir necha yil davomida OTB, YeTTB singari xalqaro tashkilotlar ekspertlari, shuningdek, Boston Consulting Group (BCG) maslahatchilarini jalb qilgan holda ishlab chiqilgan. Aynan shu kompaniya islohotlarni amalga oshirish ustida ishlagan.

Gap bu yerda, kimdir kelib, "mana bunday ishlash kerak", deb bizga o‘rgatib, biz bu ko‘rsatmalarni bajarganimiz haqida bormayapti, aksincha, biz ekspertlar bilan birgalikda yangi energetika strategiyasini ishlab chiqish jarayonida qatnashdik. Umumiy hisobda bu ishga bir yarim yil vaqt sarfladik. Islohotlar neft-gaz sohasini ham, elektr-energiyasi sohalarini ham qamrab oldi, ammo bu hech qanday manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltirgani yo‘q.

Misol uchun, O‘zbekistonda kim ishlashidan qat’i nazar, deylik, u xoh "Lukoyl", xoh "Gazprom" yoki "SNPS" bo‘lsin, qolaversa joriy yilda "Zarubejneft”", "Tatneft", British Petroleum, SOCAR, Mubadala Petroleumlar ham kelmoqda - "Transgaz" O‘zbekistondagi yagona operator bo‘lib qolaveradi. 

“Lukoyl” O‘zbekistonda uchta MTT quradi

Uch yil avval esa biz bu haqda hatto xayol qila olmas edik.

Yangi tizim mamlakat neft-gaz sektorining barcha ishtirokchilari uchun eng adolatli sharoitlarni yaratdi, "O‘zbekneftgaz" esa, biz, Energetika vazirligi uchun monopolistdan mavjud ko‘psonli yoqilg‘i-energetika kompleksidagi kompaniyalarning biriga aylandi.

O‘z navbatida "Transgaz", magistlar gaz o‘tkazgichlar davlat monopoliyasi sifatida respublikaga keladigan, gaz tarmog‘iga ulanish huquqini qo‘lga kiritgan barcha kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Bunday model zamonaviy bozor sharoitiga mos, shu uchun ham sohaning yirik o‘yinchilari bugun O‘zbekistonga hech ikkilanmay kelmoqda.

— O‘zbekiston iqtisodiyot ochiqligiga qarab kurs olgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni faol jalb qilmoqda, shu jumladan strategik sektorga ham. Besh yillik istiqbolda mamlakat neft-gaz majmuasi holatini qanday tasavvur etasiz?

O‘zbekneftegaz tizimida qanday muammolar bor - rais o‘rinbosari javobi

— Sohada juda katta islohotlar amalga oshirildi. Biz nimani xohlagan edik? O‘z oldimizga qo‘ygan asosiy vazifa - shu vaqtgacha mavjud bo‘lgan tizimni qismlarga bo‘lishni. Bu monstr beso‘naqay edi, ya’ni o‘z yog‘ida o‘zi qovrilib yotgandi. Barcha ichki oldi-berdilar alohida sxamalar bo‘yicha amalga oshardi: pul emas, faqat tovar aylanardi. Prezident shu soha negizida shaffof, mobil, o‘z oldigan qo‘yilgan vazifalarni tezkor bajaradigan bir nechta kompaniyalarni tashkil etish topshirig‘ini berdi. Ya’ni biz, qazib olishni qayta ishlashdan va transportirovkadan ajratdik, shuningdek, investorlarni jalb etish bo‘yicha alohida tuzilmalarni tashkil etdik.

Misol uchun, "O‘zbekneftegaz" tuzilmasidan ixtisoslashmagan bo‘limlarni chiqarishga majbur bo‘ldik, shuningdek, servis xizmatlarini autsorsingga o‘tkazdik. Ilgari "O‘zbekneftegaz" tarkibida respublika ahamiyatiga molik oltita qurilish trestlari mavjud edi. Biz ularga uch yildan so‘ng sizlarni stabil buyurtmalar bilan ta’minlaymiz, dedik. Uch yildan so‘ng tender asosida ishlashga o‘tamiz. Bu adolatli bozor mexanizmi. Chunki sen yo raqobatbardosh bo‘lishing kerak, yoki biznesingni tashla. Burg‘ulash kompaniyalari bilan ham xuddi shunday qildik. Ular hozir juda norozi, lekin, biz aminmizki, uch-to‘rt yildan so‘ng ular bizdan minnatdor bo‘ladi. Biz ular oldiga raqobat bozorining qat’iy shartlarini qo‘yib, harajatlarni optimallashtirish, modernizatsiya va sifat darajasini ko‘tarishga turtki bo‘lyapmiz. 

"Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" innovatsion markaz tashkil etish niyatida

Tabiiyki, yangi qoidalarga o‘tish oson kechgani yo‘q, chunki bu sxemada juda uzoq ishlaganmiz va ko‘nikib qolgan, yangicha ishlashga hushimiz yo‘q edi. Shu bois, ishni avvalo o‘zimizni o‘zgartirishdan boshlashimiz talab etilgandi. Faqat shundan keyingina u yoki bu sohani isloh qilish mumkin.

— MOMIH (SARES) forumida Toshkentda Markaziy Osiyoda gaz taqsimlovchi yagona muvofiqlashtiruvchi markazni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdingiz. Bu taklifingizni ishtirokchilar qanday qabul qildi?

— So‘nggi uch yil ichida O‘zbekiston juda o‘zgardi, bu esa qo‘shni respublikalar, umuman mintaqada o‘zgarishlar yuz berishiga olib keldi. Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari, biz alohida-alohida emas, balki birga bo‘lsakkina yaxshi bo‘lishini tushundilar. Hozir kim muhimroq ekanligi haqida o‘ylaydigan vaqt emas - hamma muhim.

Alisher Sultonov O‘zbekiston Parij bitimini qay tarzda bajarishini aytdi

Buni bugun nafaqat barcha darajada, balki iqtisodiyot, energetika sektorlarida ham tushunib yetdilar. Xavfsizlik, mamlakatning normal hayoti, aholini energiya resurslari bilan stabil ta’minlash va sanoat korxonalarining faoliyati  aynan energetika sektori faoliyatiga chambarchas bog‘liq.

Bizning tashabbusimizni hamkasblarimiz ijobiy qabul qilishdi. Hozirdan ushbu masalani qozog‘istonlik hamkasblar bilan muhokama qilishni boshladik. Xususan, birgalikda tashqi bozorlarga chiqishni rejalashtirayapmiz, masalan, afg‘on bozoriga.

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda gazni taqsimlovchi markaz tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlamoqda va bu loyihaga mablag‘ ajratishga ham tayyor.

— O‘zbekiston energetikaning yangi tarmog‘i - atom energetikasini tashkil etmoqda. Nega respublika oradan shuncha yil o‘tib bu yo‘nalishni rivojlantirishga qaror qildi? Yuqori texnologik ishlab-chiqarish tufayli ish joylarining qisqarib ketishi xatari yo‘qmi?

Lixachov: xalqaro atom loyihalar O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga qo‘shimcha impuls beradi

— Birinchidan, atom energetikasining rivojlanishi ish o‘rinlarining qisqarishiga olib keladi, deb hisoblamayman. Aksincha, AES qurilishi va ekspluatatsiyasi har qanday davlatni yanada intellektual, yanada o‘qimishli muhandislarni tarbiyalashga motivatsiya qilishiga ishonchim komil. Bundan tashqari, bu nafaqat energetika, balki tibbiyot, qurilish va yangi texnologiyalar rivoji ham demakdir. Hozirda yuz nafar bo‘lg‘usi mutaxassislar Moskvada MIFIda tahsil olishmoqda. Yana shunchasi sentabrda MIFIning Toshkentda yangi ochilgan filialiga o‘qishga kirdi.

Atom energetikasi – O‘zbekiston uchun yangi soha, biroq yadro fizikasi respublikada o‘zining tarixiy an’anasiga ega. Mamlakat 25-yildirki MAGATE a’zosi hisoblanadi, O‘zbekistondagi Yadro fizikasi instituti esa yarim asrdan ziyod vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

AESni qurish qarori birdaniga qabul qilinmagan, ekspertlar guruhi bu nozik masala ustida bir yarim yildan ortiq vaqt davomida ishladi. Atom stansiyalari bugun ekologik jihatdan xavfsiz, uglerodsiz deb tan olingan, buning ustiga O‘zbekiston - uran qazib olish bo‘yicha yetakchi davlatlardan bittasi. Yoqilg‘i uchun xom-ashyo, ilmiy salohiyat va inson kapitaliga ega mamlakatimiz 10-15 yil muqaddam bu kabi loyihani hayotga tatbiq etishi mumkin edi. Bundan tashqari, arxiv hujjatlarini ko‘targanimizda, respublikada AESni qurish rejasi 1970-yillarda ham bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik.

Gitler nima uchun atom bombasini yarata olmadi

Rosatom bilan birgalikda AESning ilk ikkita blokini qurish bo‘yicha loyihani ishga tushirgan edik, ammo MAGATEning so‘nggi anjumanida tashkilot rahbariyatiga O‘zbekiston bu maydonda qo‘shimcha yana ikkita blok qurish qarorini qabul qilganligi haqida ma’lum qildim. Bu kabi strategik obyektlarning xavfsizligi va energetik samaradorligidan tashqari, qurilish rentabelligi ham muhim. Agar loyihalashtirish bosqichida yana ikkita blokni qo‘shsak, ularni qurish bizga arzonga tushadi, sababi barcha zarur infratuzilma yaratilgan bo‘ladi.

 

 

— Mintaqadagi suv resurslari bilan bog‘liq murakkab vaziyatlar va birinchi AES qurilishini inobatga olgan holda, gidroenergetika kelajagini qanday ko‘rasiz?

— Bu energetika sohasining muhim qismi, shu bois, gidroenergetika hech qachon o‘lmasligiga ishonchim komil. To‘g‘ri, Sayan-Shushen  GESi kabi yirik stansiyalar bizda endi bo‘lmaydi, lekin kichik va o‘rta gidroelektrstansiyalarga ehtiyoj bor. Misol uchun, hozirda bitta poselka uchun stansiyalar tarmog‘ini yaratish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Bu resurs, bu Alloh tomonidan in’om etilgan toza energetika, va biz undan foydalanmog‘imiz lozim.

O‘zbekistonda va umuman, Markaziy Osiyo mintaqasida GESlarga nafaqat energetik loyihalar, balki meliorativ obyektlar sifatida ham qaraladi: suvlar zaxiralari yaratiladi, ortiqchasi esa elektr toki olish uchun ishlatiladi. Bu sohada Rossiya, Xitoy, AQSh va boshqa davlatlardagi jahonning eng yetakchi mutaxassislari bilan aloqada bo‘lib, eng old uskuna va texnologiyalarni tarmoqqa joriy etib kelayapmiz.