“Lukoyl” O‘zbekistonda uchta MTT quradi

© Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya RUzMDO i LUKOYL podpisali soglashenie o stroitelstve DOO v Uzbekistane
MDO i LUKOYL podpisali soglashenie o stroitelstve DOO v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatda Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida bir qator yangi maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi va "LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani" o‘rtasida juma kuni Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida uchta yangi maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish bo‘yicha bitim imzoladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga MTV matbuot xizmati.

Nukus shahrida reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan birinchi maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi.  - Sputnik O‘zbekiston
“Imkon” markazining tantanali ochilishi: loyiha kuratori Shahnoza Mirziyoyeva

Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari Buxoroda 250, Qarshida 150 va Toshkent viloyatida 150 o‘rinlarga mo‘ljallangan bo‘ladi.

Qarshi shahri va Toshkent viloyatidagi loyihalar uchun Nukusdagi "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega IMTT prototip bo‘lib xizmat qiladi. Yangi MTTda zamonaviy davolash-fizkultura va fizioterapiya zallari,  uqalash xonalari, sensor xonalari, mayda motorikani rivojlantirish, ijtimoiy-maishiy adaptatsiya, musiqa va art-terapiya xonalari, shuningdek vrachlarning kabinetlari joylashadi.

Buxorodagi MTT umumiy turdagi tashkilot, boshqa ikkitalar MTT esa — reabilitatsiya markazlariga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan tashkilotlar bo‘ladi. Bu reabilitatsiya markazlari tarbiyalanuvchilardan tashqari har yili sog‘lomlashtirish muolajalariga muhtoj bo‘lgan 5-7 ming bolani qabul qiladi.

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish tashabbusi  "LUKOYL" OAJ prezidenti Vagit Alekperov tomonidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov bilan joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda taklif etilgan.

"LUKOYL" O‘zbekistonda ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan faol xayriya faoliyatini olib boradi. Kompaniya tomonidan mamlakatda xayriya maqsadlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning umumiy summasi 13 mln. dollardan ortiqni tashkil etadi. Yangi uchta maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi loyihasiga kompaniya 12 mln. AQSh dollari yo‘naltirishni rejalashtirilgan. Buxoro shahridagi MTT "Lukoyl" tomonidan maxsus ishlab chiqilgan loyiha bo‘yicha quriladi.

Yangiliklar lentasi
0