O‘zbekneftegaz tizimida qanday muammolar bor - rais o‘rinbosari javobi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdil Temirov
Odil Temirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekneftegaz” AJ raisi o‘rinbosariga bu tizimda yillar davomida qanday muammolar to‘planib qolganligi haqida axborot berish so‘raldi.

TOShKENT, 3 okt - Sputnik.  Bugun, 3-oktabr kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi “Energetika resurslari: islohotlar davrida tejamkorlik muammolari va iste’mol madaniyatidagi muammolarning tahlili” mavzusida sessiya o‘tkazildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Vstrecha Alishera Sultanova i Seyfa Gasemi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh O‘zbekiston neft-gaz sohasiga investitsiya kiritishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Sessiyada “O‘zbekneftegaz”, "O‘zbekenergo”, “O‘ztransgaz”, Majburiy ijro burosi, “Respublika Nuroniy” jamg‘armasi, Mahalla hayriya jamoat fondi mutasaddi vakillari, ekspertlar va jurnalistlar qatnashdi.   

XPK boshlovchisi “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Odil Temirovga ushbu tizimda yillar davomida qanday muammolar to‘planib qolganligi va bugun bu borada vaziyat haqida axborot berish so‘radi.

“O‘zbekneftegaz” AJ va uning tizimidagi korxonalar oldiga iqtisodiyot sohalariga va respublika iste’molchilariga barqaror tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, yoqilg‘i moylash mahsulotlari, polimer mahsulotlar bilan barqaror ta’minlab borish va ularni eksportga yo‘naltirish vazifalari qo‘yilgan.

“Albatta bu vazifani bajarish uchun 100 mingdan ortiq katta jamoamiz bor va birgalikda ter to‘kib  oldimizga qo‘yilgan maqsadlarni bajarib kelyapmiz. Sohamiz oldida juda ko‘plab muammolar va qiyinchiliklar mavjud.

Muammo va qiyinchiliklarni sohalar kesimlarida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, geologiya va qidiruvga yo‘nalishi bo‘yicha jihozlarimizning eskirganligi, ochiq oydin aytish kerak, sohada ishlatilayotgan qurilmalar va jihozlar anchadan berish eskirganligi va o‘sha parklarni yangilanib borilmasligi. Hozirgi kunda bu yo‘nalishda ishlar olib borilyapti”, - dedi Odil Temirov.  

Priyemnaya komissiya filiala RGU imeni Gubkina v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetiga 250 nafar talaba qabul qilinadi

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017-2021 yillar geologiya qidiruv ishlari bo‘yicha va qazib chiqarish ishlari bo‘yicha juda katta vazifalar qo‘yilgan bajarish uchun yangi qurilmalarni sotib olish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda bu bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, import shartnomalari ko‘rib chiqilmoqda.

“Sho‘rtan”, “Muborak” konlarimiz 35-yillar davomida ekspluatatsiya qilinib kelinmoqda. Avvalambor ushbu konlar cheksiz emas. Yillar o‘tishi davomida konlar zahirasi kamayib, zavodlarga 65-70 atmosferada yetkazib berish kerak. Buning uchun kompressor stansiyalarni qurishga majbur bo‘lyapmiz.

Ularning soni ko‘payib borishi bilan ishlab chiqarish harajatlari ortib borishiga olib kelyapti. Hozirgi kunda stansiyalarimizda 66 ta kompressor mashinalari ishlasa, ularga har birida energiya, yoqilg‘i safi bo‘ladi”, - dedi rais o‘rinbosari.  

Temirov so‘zlariga ko‘ra, oldin gaz qazib chiqarishda yanada chuqurroq - oldin 1 ming, 1,5 ming metr chuqurlikda qazib olingan bo‘lsa, hozirgi kunda 3-4 ming metr chuqurlikkacha qazib olishga majbur bo‘lmoqda. Bu o‘z o‘zidan ishlab chiqarish harajatlari oshishiga olib keladi.  

Ishlab chiqarish zavodlari “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” 40-yildan oshiq eksluatatsiya qilinmoqda. O‘z o‘zidan ma’lumki, bu jihozlarning ham texnik tomondan yangilab borilishi kerak. Shu qarorida o‘tgan yili 19-21 bloklar o‘rniga qurilib, modernizatsiya qilindi.

Dobicha nefti - Sputnik O‘zbekiston
2017 yilda O‘zbekistonda neft ishlab chiqarish 6,3 foizga kamaydi

“Neft mahsulotlarini qazib olish va ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha hozirda hom-ashyoning 40 – 50 foizi import qilinyapti. Jahon bozorida hozirgi kecha kunda bir barrel neft narxi 80 dollardan oshdi. Yil boshida qilingan rejalarimizga ko‘ra, bu yilga neftning narxi 60 dollar atrofida rejalashtirilgan. Bu o‘zining moliyaviy qiyinchiliklarini ko‘rishimiz mumkin”, - dedi  “O‘zbekneftegaz” rahbar o‘rinbosari.

Temirovning fikriga ko‘ra, gaz tizimi yo‘nalishi bo‘yicha esa magistral gaz quvurlar 20-30 yildan ortiq davrda ishlatilayotganligi, kompressor stansiyalar texnik jihatdan eskirgaligi modernizatsiya qilish dasturlari ko‘p miqdorda moliyaviy harajatlar qilinishiga to‘g‘ri keladi.

“Investitsion va moliyaviy faoliyatimiz bo‘yicha tizim korxonalarimizda yuqorida aytilgan aktlar natijasida qiyin moliyaviy holatda ekanligi oldingi intervyuda aytib o‘tilgandi. Ularni hozirgi kunda sog‘lomlashtirish va minimal rentabellik darajasiga olib chiqish uchun energiya resurslari tarif siyosatini qayta ko‘rib chiqish juda dolzarb ekanligini ko‘rib turibmiz”, - deb qo‘shimcha qildi Odil Temirov.

Yangiliklar lentasi
0