Vatan xoinining o‘g‘li. KXDRdan kim va nima sababdan boshpana so‘raydi

KXDR Markaziy televideniyesi Janubiy Koreyadan o‘tgan qochoq haqidagi sujetni hafta davomida qayta-qayta translyatsiya qildi. Kadr ortidagi ovoz qo‘shni davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan Chxve In Guk Pxenyanga ko‘chib o‘tishga qaror qilgani va Shimoliy Koreya fuqaroligini so‘ragani haqida katta mamnuniyat bilan e’lon qilar edi
Sputnik

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik, Galiya Ibragimova. Donald Tramp va Kim Chen Inning favqulodda uchrashuvidan so‘ng KXDR hukumati yana bir axborot g‘alabasiga erishdi. Janubiy koreyalik sobiq vazirning o‘g‘li Shimoldan boshpana so‘radi. Pxenyan uni qabul qildi va navbatdagi bor chuchxe g‘oyalari janubiy qo‘shni hayot tarzidan ustunligi haqida barchaga ma’lum qildi. Chet elliklar nega Shimoliy Koreyaga ko‘chib o‘tishlari haqida RIA Novosti materialida o‘qing.

Bir tomonga chipta

KXDR Markaziy televideniyesi hafta davomida Janubiy Koreyadan o‘tgan qochoq haqidagi sujetni translyatsiya qildi. Kadr ortidagi ovoz qo‘shni davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan Chxve In Guk Pxenyanga ko‘chib o‘tishga qaror qilgani va Shimoliy Koreya fuqaroligini so‘ragani haqida mamnuniyat bilan xabar qilar edi. Aeroportda qochoqni qo‘llarida gul ko‘tarib oliy martabali amaldorlar kutib olishdi, ular Gukning qo‘lini siqib ko‘rishar ekan, uning "mardonavor harakati"dan hayratdaligini tinmay takrorlashardi. Qahramonga aylangan qochoq bunday lutfga javoban lutf bilan javob qaytarar va yangi vatani ravnaqi uchun sadoqat va to‘g‘rilik bilan xizmat qilishga va’da berardi.

"Mening maqsadim - yashash va KXDR siyosatiga amal qilish. Ota-onam nasihatlarini ro‘yobga chiqarish uchun menga yo‘l ochib bergan bu mamlakatdan minnatdorman. Endi Pxenyan - mening vatanim, men bu yerda doimiy yashayman va ishlayman, garchi bu qarorni kechikib qabul qilgan bo‘lsam-da", - deb aytgan Chxve In Guk.

AQSh va KXDR jurnalistlari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Qochqin o‘z ota-onasini bejizga esga olgani yo‘q. Ular allaqachon tarki dunyo qilgan bo‘lsalar-da, Pxenyan aeroportida bo‘lib o‘tgan tantanali qabulda juda muhim rol o‘ynaganlar. Gap shundaki, qochoq Chxve In Guk — xotini bilan KXDRga emigratsiya qilgan Janubiy Koreya sobiq TIV rahbari Chxve Tok Sinning o‘g‘lidir.

Oltmishinchi yillar boshida ushbu lavozimni egallagan janubiy koreyalik vazir tarixi shov-shuvlarga sabab bo‘lishining boisi shundaki, "chuchxe mamlakati"ga u Seuldan emas, balki Vashingtondan ko‘chib o‘tgan. Chxve Tok Sin hamda uning sobiq rahbari va mamlakat prezidenti Pak Chon Xi o‘rtasida kelishmovchilik yuz bergach, uning boshpana haqidagi iltimosiga birinchi bo‘lib AQSh hukumati javob qaytargan. Janubiy Koreyaning avtoritar rahbari qo‘l ostidagi sobiq xodimini hatto korrupsiyada ayblagan, ammo Chxve Tok Sin mamlakatni o‘z vaqtida tark etishga ulgurgan edi.

Lekin sobiq amaldorning amerikancha orzusi ko‘pga cho‘zilmadi. Siyosiy qochqin maqomini olgach, amaldor Janubiy Koreyadagi tartibni tanqid qilishga va Shimoliy Koreyani esa ulug‘lashga kirishdi.

KXDRga muhabbatini u o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida otasi chuchxe mafkurasiga asos solgan inson - Kim Ir Senga ustozlik qilgani bilan izohlar edi. Jahon xaritasida Shimoliy Koreya davlatining paydo bo‘lishiga daxldorlik hissi uni ko‘chib o‘tishga undagan ko‘rinadi. Va’da -va’da. 1986-yilda Chxve Tok Sin va uning rafiqasi KXDR fuqarolariga aylandilar.

OAV: 8 yoshga to‘lgan Kim Chen Inga ta’zim qilgan generallar hozir ham uning yonida

Janubiy Koreyada ularning to‘rt nafar voyaga yetgan farzandlari qolgan edi. Iyul oyi boshida KXDRga ko‘chib o‘tgan Chxve In Guk — sobiq vazirning to‘ng‘ich farzandi, uning hikoya qilishicha, Seuldagi hayoti oson kechmagan. Uni "vatan xoinining o‘g‘li" deb chaqirishgan. Bu tamg‘a uning hayotini zaharlagan, o‘qish va ishlashiga halal bergan.

Ota-onasi hayotligi chog‘ida Chxve In Guk bir necha marotaba ularnikiga mehmonga kelgan. Buning uchun u avval Janubiy Koreya, so‘ngra Shimoliy Koreya hukumatidan rozilik so‘rar edi. Ushbu burokratik ovoragarchiliklar "chuchxe vatanida" uning ota-onasi salkam milliy qahramon hisoblanishi evaziga unitilar va hatto xuddi shunday ehtiromni u o‘ziga nisbatan ham his etardi. Ota-onasi vafotidan keyin Chxve In Gukning Shimoliy Koreyaga borishga sabablari qolmadi. Shunda u Pxenyanga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishga qaror qildi.

Vatan xoinining o‘g‘li. KXDRdan kim va nima sababdan boshpana so‘raydi

KXDRga chet el fuqarolaridan tashviqot maqsadlarida foydalangan Pxenyan ushbu qarorga javob berishni ortga surib o‘tirmadi. Tez orada Chxve In Guk Shimoliy Koreyada doimiy yashash ruxsatini oldi. Mamlakatdagi barcha OAVlar esa Janubiy Koreya fuqarosining qochib o‘tishi — chuchxe g‘oyasi dunyoviy ustunligining yana bir isbotidir degan ma’noda raport tarqatdilar.

OAV: Kim Chen In AQSh bo‘yicha maxsus vakilni qatl ettirdi

Yetmish uch yoshli qochqin KXDRda siyosat bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda. U Janubiy va Shimoliy Koreyalarning yaqinlashishiga ko‘maklashmoqchi. Ammo Seulni bunday yordamchi xursand qilmagan ko‘rinadi: u yerda Chxve In Guk chet elga ruxsatsiz chiqib ketgani haqida ommaga e’lon qilindi. Agar u qaytishni xohlasa, uni hibs, chegarani noqonuniy kesib o‘tish to‘g‘risida ayblovlar va qamoq jazosi kutmoqda. Ammo qochqinni hali bu holat qo‘rqitgani yo‘q. U aniq ishonadiki, bir tomonga olingan chipta, uning barcha umidlarini oqlaydi.

Dezertirdan kinoaktorlik sari

Shimolda faqatgina Janubiy Koreya fuqarolari o‘z baxtini izlashmaydi. Qochoqlar orasida AQSh fuqarolari ham ko‘p bo‘lgan. KXDRda yashash tarzi ularni hamisha xursand qilmagan bo‘lsa-da, ular karyerasi kutilmaganda osmonga ko‘tarilgan. Misol uchun ular Pxenyanda kinematograf yulduzlariga aylanishlari mumkin edi.

KXDRga qochgan amerikaliklar asosan harbiy xizmatchilar bo‘lganlar. 1953-yilda Koreya yarimorolidagi 38-parallelda, ya’ni Shimol va Janub o‘rtasida o‘tgan chegarada amerika harbiylari dislokatsiya qilingan edi. Elliginchi yillar oxiri - oltmishinchi yillar boshida Vyetnamdagi urush avjiga chiqqan bir paytda ayrim askarlar jang kechayotgan hududga yuborilishdan xavfsirab qo‘shni davlatga qochib o‘tgan.

Kim Chen In va Putin bir-biriga nima sovg‘a qildi - video

Xususan, to‘rt nafar amerikalik o‘zaro til biriktirmagan holda KXDRga ko‘chib o‘tgan. Birinchi qochoq 1962-yilda qochib o‘tgan harbiy xizmatchi Jeyms Jozef Dresnok bo‘lgan. Ammo u Pxenyanda darhol asir olingan. Xuddi shu yili "qizil" Koreyaga yana bir amerikalik askar — Jerri Ueyn Perrish qochib o‘tadi. Oradan uch yil o‘tgach, asir olingan amerikaliklar safiga yana bir vatandosh — Charlz Robert Jenkins kelib qo‘shiladi. Oltmishinchi yillar o‘rtasida AQSh armiyasidagi qochqin askarlar soni to‘rt nafarga yetadi. Larri Allen Ebshir ham "chuchxe mamlakati"ga xuddi o‘sha sabablar — Vyetnamga yuborilishning oldini olish maqsadida qochib o‘tgan edi.

"Shimoliy koreyalik to‘nkalar bizdan nafratlanar edi. Ular bizni odam hisoblamasdi va hayotimizni jahannamga aylantirardi", - deb eslaydi Jenkins asirlikda o‘tgan yillarini.

Vatan xoinining o‘g‘li. KXDRdan kim va nima sababdan boshpana so‘raydi

Amerikalik qochqinlarni avval urishardi, ularga ruhiy bosim o‘tkazishardi. Qiynoqlarga va o‘sha to‘rtlik xotiralariga qaramay, harbiylarning ovqatlanish tartibi a’lo darajada edi. Pxenyan G‘arbga semiz asirlar qochqinlikdan hech ham afsuslanishmayotganini ko‘rsatishni istardi. KXDR propagandasi esa amerikaliklarning qamoqdagi hayoti ularning vatani AQShdagi hayotdan ko‘ra yaxshiligiga ishontirardi.

Ortingizdan shaxsan Kim Chen In "kuzatadi"

Yetmishinchi yillar boshida KXDRdagi amerika askarlari hayoti keskin o‘zgardi. Mamlakatda kinematograf rivojlana boshladi va qochoqlarga aktor bo‘lish taklif etildi. Kim Ir Sen bu borada shaxsan qiziqish bilan ishtirok etardi. Bosh rolda yevropaliklar yuzlarini ko‘rish shimoliy koreya millati asoschisi fikriga ko‘ra, propaganda ta’sirini kuchaytirardi. O‘sha yillarning deyarli barcha film va seriallarida bosh rollarni amerikaliklar ijro etishgan.

"Birinchi filmdanoq, men ko‘chaga chiqishim bilan kimdir hayratdan: "Kelton Pak-Sa (film qahramoni nomi)!", deb baqirardi va hatto oddiy koreyaliklar mendan dastxat so‘rashardi", — deya hikoya qiladi Jenkins unga yopirilgan mashhurlik haqida xotiralari bilan bo‘lishar ekan.

To‘qsoninchi yillar boshida amerikaliklar mamlakatni tark etish huquqini qo‘lga kiritdilar. Ammo AQShga ularning hech biri qaytmadi. Kimdir Shimoliy Koreyada qoldi va hatto fuqarolikni qo‘lga kiritdi, kimdir Yaponiyaga ketdi. Lekin ularning to‘rt nafari ham Pxenyanni ular majburan vatan qilganini tan oldilar.

Qamoq va kapitalizm o‘rtasida

KXDRga keladigan barcha chet elliklar ham u yerda ko‘p qolishni rejalashtirmaydi. Ko‘plar u yerga tahsil olgani yoki sayohat qilib boradilar va oxir-oqibat panjara ortiga tushadilar. Ko‘pincha hukumat tomonidan o‘ylab topilgan bahonalar bilan. Shu tariqa, Shimoliy Koreya qamoqxonasida 29 yoshli avstraliyalik talaba Alek Sigli bir oycha hayot kechirgan.

Kim Chen In "o‘tmishni kovlamasdan" Janub bilan aloqalarni yaxshilashni buyurdi

Chuchxe mamlakatiga u o‘tgan yili turist sifatida kelgan ammo keyin Pxenyandagi Kim Ir Sen nomidagi universitetda tahsil olishga qaror qilgan. U Shimoliy Koreya hayoti haqida yozgan va mashhur blogerga aylangan.

KXDR hukumati iyun oyida uni xorij OAVlariga maxfiy axborotni uzatishda ayblab, hibsga olgan. Talabaning ozod etilishi haqidagi muzokaralarga G‘arbning ko‘plab mamlakatlari qo‘shilgan va Pxenyan ortga chekingan. Iyul oyi boshida talaba qo‘yib yuborilgan.

Amerikalik talaba Otto Uormbirga bu borada omad kamroq kulib boqqan. KXDR qamog‘ida u deyarli bir yarim yilni o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. U Sigli singari Pxenyanga turist sifatida kelgan. 23 yashar AQSh fuqarosi KXDRni tark etishi kerak bo‘lgan kun, hibsga olingan va tashviqot plakatni o‘g‘irlaganlikda ayblangan. Ameri hukumati Shimoliy Koreya hukumati bilan uzoq muddatli muzokaralarni olib borgan. Otto ozod etilib vatanga qaytgach, kutilmaganda, komaga tushgan va tez orada vafot etgan. Shimoliy Koreya hukumatining amerikalik yaxshi sharoitlarda saqlangani haqidagi o‘zini oqlashlariga hech kim ishonmagan. Pxenyan qamoqda vaqti jiddiy kasal bo‘lgan talabaga vaqtida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmaganlikda ayblandi.

Bugungi kunda asosan soliqlardan yoki vatanda sodir etilgan boshqa jinoyatlardan qochib yurgan fuqarolar KXDRga boshpana so‘rab murojaat qiladilar. Shimol hammani ham qabul qilmaydi. Besh yil oldin janubiy koreyalik qochoq Pxenyan hukumatini kapitalizmdan ko‘ra kommunizmni ko‘proq ma’qul ko‘rishiga inontirmoqchi bo‘lgan. Ammo u darhol fosh qilingan: qochoqning Seulda kredit bo‘yicha ulkan qarzi borligi aniqlanib, erkakka nisbatan sud ishi ochilgan. KXDRda bir necha hafta bo‘lgan qochoq vatanga qaytishga majbur bo‘ladi. Shimol va Janubdagi ikkita qamoqdan, u, negadir janubdagi qamoqni tanlaydi.