Shavkat Mirziyoyev asosiy investorni qanday tanlamoqda – ekspert fikri

Xalqaro xavfsizlik sohasidagi maxsus mediametrik tadqiqotlar markazi eksperti Igor Nikolaychuk Sputnik uchun.
Sputnik

O‘zbekiston prezidenti uchun yanvar oyining o‘rtasi samarali bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif buyurdi, undan ilgariroq esa - Hindistonda “Jo‘shqin  Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammiti ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Bu tashriflarni rahbarining odatdagi faolligi deb hisoblash mumkin edi. Jurnalistikada bunday rasmiy uchrashuvlar uchun maxsus  atama bor: “parket” degan. Germaniyaning tashqi propaganda organlari ham Mirziyoyevning Berlinga tashrifi maqsadi va natijalari va uning GFR birinchi shaxslari bilan uchrashuvini “iltifot almashish” deb ta’riflashdi.

Bunday tushunish boshqa payt ibora haqiqat bo‘lishi mumkin edi, lekin hozir emas. O‘zbekiston prezidenti muvaffaqiyatli “debut” davridan so‘ng “kutayotgan tomoshabinlar”ga o‘zining “g‘alaba strategiyasini” namoyish qilmoqda.

Hindistonga uran yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolandi

Karimovning prezidentligining so‘nggi yillaridan boshlab O‘zbekistonga, davlat sifatida, butun dunyoda qiziqish ortib bormoqda.  Ushbu qiziqish darajasi 2011-yilda shartli  “1”ga teng deb qabul qilsak, 2019-yilning yanvarida ushbu ko‘rsatgich “3” ni tashkil qildi. Ushbu trend barqaror ravishda o‘sib bormoqda. Diplomatlar bunday holatlarga tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yish uchun qulay vaziyat deb qarashadi. Biroq bu yerda o‘ziga xoslik mavjud.

Masalan,  Germaniyada O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish faqat 2016-yilning oktabridan boshlab o‘sa boshlagan. Hindistonda, esa mamlakatga bo‘lgan qiziqish Karimov davrida bir qancha balandroq edi. AQShda O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish trendi “noaniq” bo‘lsada, lekin GFRga “tashrif arafasida - birdaniga yuqoriladi.

Mirziyoyevning so‘nggi ikki tashrifi davomida eng kuchli axborot faolligi Rossiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Fransiyada kuzatildi. Aytgancha, Fransiya va Germaniyada asosiy mavzu sayohat va viza bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, GFRda O‘zbekistonga bo‘lgan umumiy qiziqishdan tashqari “palov” va boshqa gastronomik mavzularga qiziqish juda tez o‘sib bormoqda. Germaniyada yashaydigan millionlab turklar va kurdlar palov pishirishni bilmaydiganga o‘xshaydi, shekilli.

Endi yirikroq  shaxslarga o‘tsak. Alisher Usmonov, Forbes jurnaliga ko‘ra “2018 yilning odami” deb tan olingan. Jurnalga bergan interyusida Usmonov O‘zbekistonni ona yurti deb e’lon qildi va Mirziyoyevning prezidentlik faoliyatini natijalarini quyidagicha  izohladi:

- Shavkat Mirziyoyev islohotchi, lekin Gorbachov emas, chunki uning aniq rejalari bor;

- U haqiqiy vatanparvar va O‘zbekiston davlatining yemirilishiga yo‘l qo‘ymaydi;

- U iqtisodda taraqqiyotni xohlaydigan sharqdagi rahbariing yangi turidan bo‘lsa ajab emas;

- Yangi prezident siyosatda keskin o‘zgarishlar amalga oshirdi va O‘zbekistonning muvaffaqiyatlari yaqqol ko‘rinib turibdi – ularni butun dunyo tan oldi: siyosiy mahkumlar ozod qilindi, mamlakat ancha ochiqroq bo‘ldi, sayyohlar oqimi juda o‘sdi.

Mirziyoyev va Merkel uchrashuvi: O‘zbekiston va Germaniya 8 milliard yevrolik kelishuvga erishdi

Germaniya kansleri Angela Merkel ham Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lgan rasmiy uchrashuvdagi nutqida xuddi shular haqida gapirib o‘tdi.

Rossiyalik oligarx tizimdagi o‘zgarishlarni juda aniq izohlab berdi – tez orada O‘zbekistonda mulkni qaytadan taqsimlash boshlansa ajab emas. Rossiyada bu davrni eslaganda – odamlarning rangi o‘zgaradi, lekin O‘zbekistonda bu jarayon batartib o‘tishi kerak.

Aytish joizki, Karimov davrida ham mamlakatda privatizatsiya o‘tkazilgan edi. Lekin u Sovet davridagi Gosplanga asoslangan holda, rasmiyatchilik bilan o‘tkazilgan bo‘lib kvazikapitalistik tizim edi. O‘zbekiston iqtisodi uzoq vaqt davomida soxta ko‘rsatkichlar dunyosida yashab keldi.

Endi esa, aholi farovonligini oshiradigan vaqt keldi. Buning uchun iqtisodni raqobatbardosh qilish kerak. Davlat ishtirokini ham saqlab qolsa bo‘ladi, lekin iqtisodni harakatlantiradigan asosiy kuch – sarmoyalar bo‘ladi va birinchi o‘rinda xorijiy sarmoyalar.  

Bu bir vaqtlar qariyb mustaqil bo‘lgan Ajariyani eslatadi: qashshoq, korrupsiyaga botgan Batumiga “islom” orqali bardam turk kapitali keladi, yomg‘irdan keyin o‘sib chiqqan qo‘ziqorindek, osmono‘par binolar, dengizga qarata qurilgan mehmonxona va ofislar qad rostlaydi, millionlab badavlat ozarbayjonlik sayyohlar sohillar va mehmonxonalardagi lyuks xonalarni to‘ldirishadi, mahalliy aholi ommaviy ravishda kabob pishirib, “Izabella” vinosini sotishadi, mehmonxona xodimi bo‘lib ishlab, davlat orttirishadi. Hamma davlatga soliq to‘laydi.

Aytish joizki, Rossiya Mirziyoyevning rejalariga qiziqish bilan qaraydi, xolos undan ortig‘i emas. O‘zbekiston – mustaqil davlat, uning ichki siyosati, jumladan iqtisodining Moskvaga daxli yo‘q. Buning ortidan diqqat bilan globalistlar kuzatishsin. O‘zbekiston rahbarining oldida  esa asosiy va yirik mablag‘ kirituvchi, strategik investorni tanlash kabi muhim masala turibdi. Shunday investor bo‘lsinki, davlat mustahkamlansin, gullab-yashnasin.

Yaqinda Standard Chartered banki ekspertlari e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, yaqin kelajakda dunyoda asosan Osiyo, va qisman, Islomiy davlatlar iqtisodi kuchayadi. 2030-yilga kelib Indoneziya, Turkiya, Misr ilg‘or iqtisodiy davlatlarga aylanadi. Xitoy, shubhasiz dunyo iqtisodiy yetakchiligini saqlab qoladi, lekin ikkinchi o‘ringa ishonch bilan Hindiston o‘tib oladi. Uning iqtisodi, ayniqsa, jadallik bilan o‘sadi. AQSh uchinchi o‘ringa tushib ketadi, lekin Yevropa ittifoqining (Buyuk Britaniyasiz) birlashgan iqtisodi hisobga olmagan holda. Yevropada Germaniya ustun bo‘lib, asosiy rolni o‘ynaydi. Shunday ekan, AQSh to‘rtinchi o‘ringa tushib ketadi. Bu prognozlarga ishonmaslik mumkin, biroq so‘nggi tashriflar manzillardan ko‘rinib turibdi-ki, Mirziyoyev buni yaxshi fahmlaydi. 2030-yilgacha atiga 11-yil qoldi, va Shavkat Miromonovich bu yilni prezident maqomida kutib olishi ham ehtimoldan xoli emas.

Yevropa ittifoqi: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda iqtisodiy yetakchiga aylanishi mumkin

Ammo O‘zbekiston uchun ushbu vaziyatda Yevropa ittifoqi (Germaniya), Hindiston va Xitoyning mamlakatga ta’siri taqsimlanishi tufayli nizolar xavfi paydo bo‘ladi. YeI va Xitoy shaxmat o‘yinini o‘ynaydi, Hindiston esa AQSh quvvati butunlay bitmaguncha ularning chizig‘ini o‘tkazadi. Bularning hammasi, ma’lum darajada, diplomatik amalotida namoyon bo‘lmoqda.

Ushbu o‘yinda Vashington yana bir imkoniyatdan foydalanadi: u O‘zbekistonni Xitoyga gijgijlashni boshlaydi. Bular ertak emas, ilk qadam allaqachon qo‘yilgan. Amerikada hozir Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan ilmiy g‘oyaning eng keng tarqalgan yo‘nalishi bu – hududda sinofobiya (Xitoydan qo‘rqish)  muammolarini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. Aslida esa bunday  “o‘rganish”dan maqsad – shunday g‘oyalarni “o‘tqazish” deb tushuniladi.

Soha professorlari o‘zlarining bunday “o‘rganish”larga bag‘ishlangan ilmiy ishlarida  qirg‘izlarning  “Qora sochli xitoylik kelgan joyga, malla soqolli rus o‘z otasi bo‘ladi” degan maqolini keltirishni yaxshi ko‘rishadi.

Rossiya esa O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini yaxshilashi mumkin. Bu uning qo‘lidan keladi. Agar qo‘lidan kelmasa, unda Alisher Usmonov o‘zining biznesdagi sherigi va do‘sti, zamonamizning yirik tadbirkorlaridan biri Jek Ma (Ma Yun) orqali do‘stlashishga yordam berishi mumkin.

Axir, Jek hozir biznesdan bir oz chetga chiqib, Xitoy Kommunistik partiyasiga a’zo bo‘ldi va davlatni siyosiy mustahkamlash bilan faol shug‘ullanmoqda.