Moskvadan Toshkentga: nima uchun Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralar manzili o‘zgartirildi

Afg‘oniston markaziy hukumati va “Tolibon” harakati vakillari o‘rtasida ushbu davlatda vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan konferensiya sanasi noma’lum muddatga qoldirildi.
Sputnik

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqotidan so‘ng ushbu qaror qabul qilindi. Afg‘on muzokaralarini o‘tkazish uchun barqaror maydon Toshkent bo‘lishi mumkin. Bu imkoniyatni Qobuldagi muzokalarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov muhokama qildi.  

Ajdar Kurtov: AQSh Toshkentning Afg‘oniston bo‘yicha tashabbuslariga to‘sqinlik qiladi

Sentabr boshida Rossiyada Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Bu format afg‘on mojarosini tartibga solish maqsadida ikki yil oldin bo‘yicha Rossiya tomon tashabbusi bilan tashkil etilgan maxsus maydondir.

Ishtirokchilar sifatida 12 ta davlat taklif etilgan: Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy, Hindiston, Pokiston, shuningdek AQSh.

Ashraf G‘anining diplomatik harakatlari

Uchrashuv tarixiy bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi. Birinchi navbatda muzokaralar stolida ilk bor afg‘on markaziy hukumati vakillari va muxolifatchilar - “Tolibon” harakati vakillari uchrashishi kerak bo‘lgan. Moskva ushbu konferensiyani o‘tkazishga qaror qildi. Biroq Qobuldan kutilmagan qo‘ng‘iroq rejalarni o‘zgartirdi: Ashraf G‘ani  va Sergey Lavrov uchrashuvni boshqa sanalarga ko‘chirishga kelishib olishdi.  

Muammolar bir kun avval boshlangandi. Dastavval, Vashington, keyinchalik Qobul yig‘ilishda ishtirok etishdan bosh tortdi. Afg‘oniston parlamentining yuqori palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Muxammad Allam Izidiyor so‘zlariga ko‘ra, Qobulning Moskva uchrashuvida ishtirok etmasligi afg‘on hukumatining AQShga bog‘liq ekanligini yana bir bor isbotladi.

Rossiya TIV Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvni boshqa sanaga qoldirilganligini tasdiqladi

G‘aniga yaqin bo‘lgan afg‘on OAVlari bu format to‘liq bekor qilinganligi va Qabul va shaxsan G‘anining diplomatik g‘alabasi sifatida yoritishmoqda.  

“Ashraf G‘ani Sergey Lavrovga nima va’da qilganligi noma’lum. Biroq Afg‘oniston va uning bosh ittifoqchisi – AQSh Moskva formatiga qiziqish bo‘lmaganligini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, ular ushbu jarayonni buzishdan manfaatdor edilar. Shunday ham bo‘ldi. Konferensiyani o‘tkazish sanalari ko‘chirilgan bo‘lsa ham, “Tolibon” bilan bu ko‘chirish kelishilmagan. Kelajakda toliblar Moskva formatiga qiziqish bildirishi ehtimoldan yiroq”, - deb fikrini bildirdi Afg‘onistonni o‘rganish markazi direktori Omar Nessar. Ekspert fikriga ko‘ra, toliblarsiz Moskva protsessi o‘zining o‘ziga xosligini yo‘qotadi.

Moskva formatini Toshkent formatiga o‘zgartirilishi mumkin

Nessar fikriga ko‘ra, afg‘on muzokaralarini o‘tkazish uchun barqaror maydon Toshkent bo‘lishi mumkin. Bu maydon AQSh va toliblar uchun qulay.

“Agar Toshkent platformasi to‘liq ishga tushsa, Moskva formatini o‘tkazishda mantiq bo‘lmaydi”, - deb hisoblaydi ekspert.

Kamilov Afg‘oniston prezidenti bilan muhim masalalarni muhokama qildi

Ma’no tadqiqot tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev Moskva konferensiyani o‘tkazmaslik sababi Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish tashabbusini Rossiya o‘ziga tortishga urinish bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi.

“Birinchi daraja o‘yinchilar uchtaligi – Vashington, Moskva va Pekin Afg‘oniston taqdirini har biri o‘zining instrumentlari orqali haq qiladilar. Ushbu uchtalikdan biri faol ishlay boshlaganda, boshqalarning qarshiligiga sabab bo‘ladi, chunki ularning manfaatlari har doim ham e’tiborga olinmaydi. Afg‘onistonning o‘zida ham Moskva formatini aniq qo‘llab-quvvatlash yo‘q. Rossiya  tojiklarga ishonch bildirib, pushtunlarni emas, Shimoliy Alyansni qo‘llab quvvatladi. “Tolibon” harakatiga nisbatan Moskva pozitsiyasi bo‘yicha toliblarda ham o‘zining ishonchsizligi mavjud”, - deb ta’kidladi ekspert.

Ergashev fikriga ko‘ra, muzokaralarni Toshkent platformasiga ko‘chirilishida O‘zbekistonning faol mintaqaviy siyosatini amalga oshirishga intilishi va AQShning Afg‘onistondan charchaganligiga to‘g‘ri keldi.

Vashingtonda prezidentlar Donald Tramp va Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi chog‘ida Afg‘oniston masalasi muhokama qilingan. Amerika Afg‘oniston bo‘yicha muammoli masalalarning bir qismini O‘zbekistonga topshirgandi.  

Rossiya va Tojikiston Afg‘oniston shimoliga zarba bermagan

Nima uchun AQSh moderator vakolatlarini O‘zbekistonga topshirdi

90-chi yillar oxiridan boshlab Toshkent Afg‘oniston bo‘yicha o‘zining strategiyasiga ega va u hech qachon o‘zgarmagan.  Ularning asosiy tamoyillari: harbiy yo‘l bilan emas, siyosiy muloqot, mintaqa tashqarisidagi davlatlar Qobulga aralashuvini kamaytirish, iqtisodiyotga alohida e’tibor qaratish.  Shu bois, O‘zbekiston ichki afg‘on masalasini tartibga solish bo‘yicha moderator bo‘lishga jiddiy imkoniyatga ega. Bundan ortig‘iga Toshkent da’vo ham qilmayapti. Asosiy kelishuvlar uchta davlatlar - AQSh, Rossiya, Xitoy tomonidan qonuniylashtiriladi.

Afg‘onistonda charchab qolish fonida AQShda ushbu davlatda o‘zining harbiylar sonini qisqartish bo‘yicha rejalari bor. Bu muammo eski va bu jarayon oson bo‘lmasligi tushunarli. Afg‘oniston xavfsizligi mamlakatda siyosiy vaziyatga bog‘liq, u juda barqarorsiz. Ayniqsa, milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muxammad Xanif Atmarning iste’fosidan keyin.

Uning o‘rniga 2015-yildan Vashingtonda elchi lavozimida bo‘lgan 35 yoshli davlat xizmatchisi Xamdulla Moxib tayinlandi. E’tiborlisi shundaki, Moxim Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lib, AQSh fuqarosi bilan turmush qurgan. Omar Nessar so‘zlariga ko‘ra, prezident Ashraf G‘anida kardlar tanqisligi bor. U faqat o‘zi ishongan odamlarni tayinlayapti. Bular kundan kunga kamayish bormoqda. Avvalgi Xamid Karzay boshqaruvi bilan solishtirilganda Afg‘onistonda vaziyat yomonlashgan. Mamlakat shimolidagi 7 dan 9 tagacha uyezdlar qurollangan muxolifatchilar tomonidan nazorat qilinadi. Har bir tomon o‘zining kuchini ko‘rsatmoqda.  

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi

“Tolibon”da yagona markaz bo‘lmaganligi tufayli vaziyat tobora chigallashib bormoqda. Mamlakatga Suriyada harbiy tajriba ortirgan xorijiy yonlanmachilar oqib kelmoqda. Ularning aniq soni haqidagi ma’lumotlar turli xil. Afg‘on markaziy hukumati 9-10 ming xorijiy jangarilar haqida gapirmoqda. Rossiya esa 3-4 ming raqamlarni aytmoqda. Ammo, ularning soni qancha bo‘lishidan qat’iy nazar, ular Afg‘onistonga ham, Markaziy Osiyo qo‘shni davlatlariga ham xavf solmoqda.  

Hech qachon Markaziy Osiyoga tahdid qilmagan “Tolibon”dan farqli ularoq “Islom davlati” uyushmasi bo‘linmalarining bir qismi Afg‘oniston shimoliy tumanlardagi vaziyatni nazoratga olgandan so‘ng, qo‘shni davlatlarda jiddiy qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishi mumkin.     

“Afg‘onistonda vaziyat yomonlashishi va harbiy harakatlar Markaziy Osiyo davlatlariga o‘tish xavfi mavjud. Bu asosda mamlakatni "ID"dan tozalashga yordam berish maqsadida toliblar va markaziy afg‘on hukumati o‘rtasida yagona front hosil qilish borasida kelishishga harakatlar qilinmoqda. Bu taktik vazifani amalga oshirish uchun bunday ittifoq hosil bo‘ladimi – bu barcha muzokaralarning dolzarb savolidir”, - deb yakunladi Ergashev.