Rossiya TIV Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvni boshqa sanaga qoldirilganligini tasdiqladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMID RF
MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanba kuni TIV rahbari Sergey Lavrov Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskvada sentabr boshida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Afg‘oniston bo‘yicha muzokara o‘tkazishni boshqa sanaga qoldirilganligini tasdiqladi. Yangi sana diplomatik kanallar orqali kelishiladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov  - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Afg‘oniston prezidenti bilan muhim masalalarni muhokama qildi

Dushanba kuni TIV rahbari Sergey Lavrov Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan telefon orqali muloqot qildi.

“Muloqot chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shu jumaladan Afg‘oniston bo‘yicha  ikki davlat raisligi ostida Moskva formatidagi uchrashuvni o‘tkazish muhokama qilindi. Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Moskva uchrashuvini o‘tkazish fikrini qo‘llab-quvvatlab, ushbu masala bo‘yicha afg‘on tomonining yagona pozitsiyasini ishlab chiqish, shu jumladan Afg‘oniston kuch xizmatlari rahbariyatida bo‘layotgan o‘zgarishlar sababli ushbu uchrashuvni boshqa sanasiga o‘tkazishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Tomonlar “uchrashuvning yangi sanalari bo‘yicha ishlar diplomatik kanallar orqali hamkorlikda olib borilishiga kelishildi”, deya qo‘shimcha qildi TIV.  

Afg‘oniston Moskvada sentabr boshida o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etmaydi

O‘tgan haftada rasmiy Qobul Afg‘oniston bo‘yicha Moskvada 4-sentabrda o‘tkazishi rejalashtirilgan uchrashuvda ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi. Chunki ushbu konferensiyaga “Tolibon” delegatsiyasi kelishi mumkin. Shu bilan birga, Moskva va Qobul Afg‘oniston masalasi bo‘yicha qator keskin bayonotlar bilan ham almashishdi.

O‘tgan haftada Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muxammad Xanif Atmar iste’foga chiqdi. OAVlar ma’lumotlariga qaraganda, Atmar prezident Ashraf G‘anining kursi bilan rozi bo‘lmagan. Atmar bu lavozimda bo‘lganda bir necha marta Moskvada bo‘lgan va u yerda Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev va TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazgan. Uning o‘rnini AQShdagi Afg‘oniston elchisi egallashi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0