Rossiya va Tojikiston Afg‘oniston shimoliga zarba bermagan

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishNanesenie rossiyskoy boyevoy aviatsiyey udarov po pozitsiyam IG v Sirii
Nanesenie rossiyskoy boyevoy aviatsiyey udarov po pozitsiyam IG v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Tojikiston harbiy samolyotlari Afg‘oniston shimoliga zarba bermagan, deb xabar qilmoqda ikki mamlakat muassasalari.

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Rossiya va Tojikiston harbiy samolyotlari Afg‘oniston shimoliga zarba bermagan, deb xabar qilmoqda ikki mamlakatning taaluqli muassasalari.

Na tadjiksko-afganskoy granitse v rayone Pandjskogo pogranotrada - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston Afg‘oniston chegarasidagi nazorat-o‘tkazuv punktini yopdi

Biroz oldin ayrim xorijiy OAVlarda bir guruh jangarilar Xamadoni aholi punkti yaqinida, chegara ichiga kirishga muvaffaq bo‘lgani va ikki nafar o‘rmonchini o‘ldirgani va bir kishini yarador qilgani hamda bunga javoban Rossiya va Tojkiston Afg‘oniston shimoliga aviatsiya zarbasi bergani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Tojikiston Afg‘oniston shimoliga zarba bermagan, o‘zga mamlakat hududiga beriladigan har qanday zarba KXShT shtabi majlisi chaqirilganidan, har taraflama maslahat qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi.

O‘z navbatida Rossiya Mudofaa vazirligi ham ushbu xabarlarni rad etdi.

"Britaniyaning "Reuters" agentligi tomonidan Rossiya samolyotlari Tolibon jangarilariga zarba bergani haqida tarqatilgan xabarlar – haqiqatga zid. Rossiya Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida hech qanday harbiy vazifalarni amalga oshirmagan”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 14-avgust kuni Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh hududida bir necha chegara nazorat punktlari jangarilar tomonidan egallab olingani va Tojikiston tomonidan ular vaqtincha yopib qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0