Rossiya urush faxriylari va mehnat migrantlariga pensiya to‘lashi mumkin

Rossiya yaqin vaqt ichida Ulug‘ Vatan urushi faxriylari va mehnat migrantlariga pensiya to‘lashi tizimini yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyun – Sputnik. Rossiyada kuchga kirgan pensiya islohoti sobiq Ittifoq fuqarolariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador, deb hisoblaydi siyosiy ekspert Innokentiy Adasov.

Yaqin tariximizga bir nazar tashlaylik. Sovet Ittifoqi tarqalib ketganidan keyin, mustaqil respublikalar har biri o‘z fuqarolarini o‘zi ta’minlashi haqida kelishib olishdi. Ukraina Chekka Shimol hududida ishlagan fuqarolari uchun pensiya ustamalari talab qilishiga qaramasdan, bugungi kunga qadar ushbu tashabbus Duma tomonidan tasdiqlanmadi.

O‘zbekistonda migrant ayollarning bolalari himoyaga olinadi

MDH davlatlari 1992-yilda mehnat stajini o‘zaro hisobga olish bo‘yicha muhim hujjatni imzolashgan edi. Ayni damda Rossiya Boltiqbo‘yi mamlakatlarida yashayotgan  sobiq harbiylarga pensiya to‘lab kelmoqda. Bugungi mavzu uchun bu muhim misoldir.

Urush faxriylari uchun Rossiya pensiyalari

Rossiyada Ulug‘ vatan urushi fayrilari va SSSR qahramonlari uchun pensiyalar joriy etish masalasi bir necha bor ko‘tarilgan bo‘lishiga qaramasdan, shu damgacha aniq qarorga aylanmadi.

Urush faxriylari soni, tabiiyki yildan yilga kamayib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada bugungi kunda ularning soni 100 mingdan kam. Boshqa respublikalarda ham 100-120 mingga yaqin veteranlar va bir necha ming SSSR qahramonlari qolgan.

O‘zbekistonlik urush faxriylari "Aeroflot" samolyotlarida bepul parvoz qilishlari mumkin

Ularga bugun Rossiyada o‘rtacha miqdorda bo‘lgan, 25-28 ming rubl nafaqa to‘lash uchun har yili 500 mln $ ga yaqin mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu katta summa, lekin Rossiya budjeti uni ko‘tara oladi.

Dunyoda shunday ish oldin ham bo‘lganmi? Ha, bo‘lgan.

Masalan, Germaniya hukumati vermaxt uchun xizmat qilgan xorijiy fuqarolariga hozirgacha nafaqa to‘lab kelmoqda. (agar ular harbiy jinoyatlar uchun sudlanmagan bo‘lsa)

AQSh Vyetnam urushi vaqtida AQSh armiyasida uchun ishlagan vyetnamliklarga harbiy pensiyalar to‘lab kelmoqda.

Xo‘sh, Rossiyaga buning nima keragi bor?

Birinchi navbatda, albatta, bu tarixiy odillik va minnatdorlik ramzi bo‘ladi.  

Shu bilan birga, Moskva yana bir bor Buyuk G‘alabaga butun sovet xalqining kuchi bilan erishilganini va Rossiya Federatsiyasi, SSSRning me’rosxo‘ri sifatida, buni tan olishini ko‘rsatgan bo‘lar edi.

Mehnat migrantlari 2017-yilda Moskva budjetiga 15,7 milliard rubl daromad keltirishdi

Ushbu tashabbus, sobiq Ittifoq respublikalarida ijobiy qabul qilinmoqda va ularning ayrimlari bilan munosabatlarni yaxshilashga xizmat qiladi.

Ayni damda ushbu taklif Rossiya Davlat Dumasida “Veteranlar to‘g‘risidagi” qonunga qo‘shimcha sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Agar Duma uni tasdiqlasa, keyin hukumat va prezident tomonidan imzolanishi kerak bo‘ladi. Bunga qancha vaqt ketishi noma’lum, asosiysi – jarayon boshlangan.

Albatta, ushbu tashabbusning qonunga aylanishi jamoatchilik fikri va fuqaro jamiyatining faolligiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Mehnat migrantlari uchun pensiyalar

Barcha mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, Rossiya mehnat migrantlari uchun imkoniyatlarga boy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.

Tojikiston Rossiyadagi mehnat migrantlari uchun nafaqa olinishiga harakat qilmoqda

Bir necha yil davomida migratsiya sohasining nazoratsizligi Rossiya mehnat bozori va noqonuniy ishlayotgan mehnat migrantlari uchun katta muammolar yaratib keldi.

Lekin 2012-yilda Rossiya ushbu sohada tartib o‘rnatishga kirishdi. Hukumat sobiq SSSR mamlakatlaridan kelgan migrantlar uchun mehnat stajini hisoblashni boshladi. Buning uchun ish beruvchi migrantni qonuniy ravishda ishga yollab, barcha soliqlarni to‘lab borishi kerak bo‘ldi.

Ayni damda Rossiya pensiya tizimida joriy etilayotgan o‘zgarishlar tufayli ushbu mablag‘lar bilan nima bo‘lishi qiziqtirmoqda. Bu borada MDH davlatlari orasida mehnat migrantlariga kelajakda pensiyalarni kafotlatlovchi shartnoma imzolanishi mumkin.

Rossiyadagi o‘zbek mehnat migrantlari o‘z kasaba uyushmalariga ega bo‘lishlari mumkin

Ukraina MDHdan chiqish haqida deklaratsiya yo‘llagani tufayli ushbu mamlakat bilan alohida shartnoma imzolashga to‘g‘ri kelishi mumkin. Rossiyada ishlayotgan Ukrainalik migrantlar sonini hisobga olganda, minglab ukrainalik oilalar uchun bunday hujjat ortiqcha bo‘lmaydi.

Pensiya ta’minoti sohasida eng ahamiyatli hujjat esa, YeOIIga a’zo mamlakatlar tomonidan Ittifoqning o‘zga mamlakatida mehnat qilayotgan fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash haqidagi hujjat bo‘lishi mumkin. Ushbu shartnoma 2015-yil oxirida YeOII prezidiumi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, 2018 – 2019-yillarda u kuchga kirishi mumkin.

Ushbu shartnomaning asosiy prinsipi – YeOII fuqarosi pensiyasi, uning nafaqa fondiga Ittifoqning barcha mamlakatlarda jamlangan nafaqa to‘lovlari asosida shakllanadi. 

Masalan, Qirg‘iziston fuqarosi o‘z mamlakatida 8-yil ishlagan va nafaqa to‘lovlarini to‘lagan. Undan so‘ng rossiyaga ko‘chib o‘tgan va yana 9-yil davomida Rossiyada qonuniy ishlagan. Uning uchun barcha to‘lovlarni ish beruvchi to‘lagan. Nafaqa yoshiga yetgach ushbu fuqaro Rossiya va Qirg‘iziston ulushlaridan iborat nafaqa oladigan bo‘ladi.

Ushbu tamoyil ayni damda Rossiya va Belorussiya fuqarolari uchun amal qilib kelmoqda. Shartnoma YeOII doirasida tasdiqlangan holda, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari ham nafaqa yoshiga yetgach ijtimoiy kafotlatlarga ega bo‘lishiga ishonch paydo bo‘ladi.