Tojikiston Rossiyadagi mehnat migrantlari uchun nafaqa olinishiga harakat qilmoqda

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishTrudovie migranti, arxivnoe foto
Trudovie migranti, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nafaqa olishga faqatgina Rossiyada qonuniy asosda, barcha soliqlarni to‘layotgan va ijtimoiy sug‘urtaga ega bo‘lgan migrantlar umid qilishi mumkin

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Tojikiston mehnat, migratsiya va bandlik vazirligi 2018-yilga kelib Rossiya hududida mehnat qilayotgan fuqarolari uchun nafaqa ta’minoti haqida kelishuvga erishmoqchi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Rabochie na stroitelnoy ploshadke, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi o‘zbek migrantlari bir oyda o‘rtacha necha pul topishi ma’lum bo‘ldi

"Shu yil yakuniga qadar bu masalaga nuqta qo‘ymoqchimiz va yakuniy bitim loyihasini tayyorlamoqchimiz. Bu hujjat imzolanishi Tojikiston mehnat migrantlariga Rossiyada nafaqa olish imkoniyatini beradi", — dedi Tojikiston mehnat vazirligi vakili.

Tojikiston mehnat vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, nafaqaga olishga faqatgina Rossiyada qonuniy asosda, barcha soliqlarni to‘layotgan va ijtimoiy sug‘urtaga ega bo‘lgan migrantlar umid qilishi mumkin.

Shuningdek, ushbu bitim tasdiqlanishi Rossiya iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir qiladi. Jumladan, mamlakatning ijtimoiy fondlarga to‘lovlar tushumi ortadi. Shu bilan birga, tojikistonlik migrantlarda qonuniy ishlashga yanada qiziqish uyg‘otadi.

Vacheslav Postavnin - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: patentlarning qimmatligi migrantlarni yorug‘likka chiqarmayapti
"Yildan yilga Rossiyaning demografik holati yomonlashmoqda. Bu mamlakatning yetarlicha ishchi kuchi bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qonuniy asosda ishlaydigan migrantlar bu muammoni hal qilishga yordam beradilar", — deb ta’kidlandi vazirlikda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 800 ming tojikistonlik mehnat migrantlari ishlamoqda. Tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, Rossiyada ishlayotgan mehnat migrantlari orasida eng kam pulga ishlovchilar tojikistonliklar ekan. Qonuniy asosda ishga joylashgan tojikistonliklar oyiga o‘rtacha 28 ming rubl topishadi.

Yangiliklar lentasi
0