Jizzaxda AES qurilishi uchun materiallarni mahalliy korxonalar ishlab chiqaradi

© Sputnik / Baxrom XatamovMaket budushey atomnoy elektrostansii (AES)
Maket budushey atomnoy elektrostansii (AES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2026
Obuna bo‘lish
Alohida soliq va bojxona rejimiga ega maxsus sanoat zonasida stansiya qurilishi uchun zarur 70 turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Jizzax viloyatidagi atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi uchun zarur materiallar mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Parkent tumanida qurilish materiallari sanoati rivojlantirish masalalari yuzasidan investorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, AES qurilishida 2 milliard 200 million dollarlik qurilish materiallari ishlatilishi ko‘zda tutilgan.

Shu bois Egizbuloq mahallasidagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimiga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Bu yerda stansiya qurilishi uchun zarur 70 turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, import o‘rnini bosuvchi va megaloyihalarda qo‘llaniladigan mahsulotlar bo‘yicha talabni tahlil qilib, 20 milliard dollarlik loyihalarning tarmoq jadvalini tasdiqlash topshirildi.
Uzbekistan i Rossiya obsudili litsenzirovanie i kontrol AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2026
O‘zbekistonda ilk AES reaktori 2029-yildayoq ishga tushirilishi mumkin
O‘zbekistonda AES qurish

Forish tumanida barpo etilayotgan AES loyihasi ikkita katta va ikkita kichik quvvatli reaktorni o‘z ichiga oladi.

Ikkita VVER-1000 reaktorining har biri 1000 MVt;

Ikkita RITM-200N reaktorining har biri 55 MVt quvvatga ega bo‘ladi.

Umumiy quvvati 2110 MVtni, loyiha qiymati esa 9,5 mlrd dollarni tashkil etadi.

2026 yil 4-iyunda O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari birinchi energoblok qurilishiga rasman start bergan edi.

Rejaga ko‘ra, birinchi kichik quvvatli reaktor 2029-yilda, birinchi katta quvvatli energoblok esa 2033-yilda ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Qurilishni to‘liq 2035-yilgacha yakunlash mo‘ljallangan

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0