O‘zbekistonda ilk AES reaktori 2029-yildayoq ishga tushirilishi mumkin
O‘zbekistonda ilk AES reaktori 2029-yildayoq ishga tushirilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "Rosatom" qurayotgan AESning birinchi reaktori 2029-yildayoq texnik ishga tushirilishi mumkin. "O‘zatom" rahbari Azim Axmedxadjayev qurilish muddatlari va atom energetikasi mutaxassislarini tayyorlash rejalari haqida gapirdi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyaning "Rosatom" korporatsiyasi tomonidan qurilayotgan Jizzax AESning birinchi reaktori 2029-yildayoq texnik ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda "O‘zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev "Izvestiya" nashriga ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi kichik quvvatli energoblok poydevorini qurish ishlarini 2026-yil oxirigacha yakunlash va bevosita blok binosi qurilishini boshlash rejalashtirilgan.Jizzax AES jahon atom energetikasida noyob loyiha hisoblanadi. "Rosatom" dunyoda birinchi marta bitta maydonda ikkita katta quvvatli VVER-1000 va ikkita kichik quvvatli RITM-200N reaktorlarini qurmoqda.Katta reaktorlar barqaror elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlaydi, kichik bloklar esa quyosh va shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarish kamayganda tarmoqdagi yuklamani muvozanatlashga yordam beradi.Hozir qurilish maydonida mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Yaqin oylarda ishchilar soni kamida ikki barobarga oshiriladi. Qurilish eng yuqori bosqichga chiqqan 2030–2031 yillarda esa obyektda 13–13,5 ming nafar mutaxassis ishlashi rejalashtirilgan.O‘zbekiston atom energetikasi sohasida mintaqaviy markazga aylanmoqchiAxmedxadjayevning ta’kidlashicha, mamlakat kelgusida qo‘shni davlatlar uchun ham atom energetikasi mutaxassislarini tayyorlashni rejalashtirmoqda.Buning uchun 2019-yilda Toshkentda Rossiyaning MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti filiali ochilgan. O‘tgan davrda mazkur oliygohda 215 nafar yuqori malakali mutaxassis tayyorlangan.
"O‘zatom" rahbari AESning birinchi reaktorini texnik ishga tushirish muddatlari va qurilishdagi navbatdagi bosqich haqida ma’lum qildi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyaning "Rosatom" korporatsiyasi tomonidan qurilayotgan Jizzax AESning birinchi reaktori 2029-yildayoq texnik ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda "O‘zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev "Izvestiya" nashriga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi kichik quvvatli energoblok poydevorini qurish ishlarini 2026-yil oxirigacha yakunlash va bevosita blok binosi qurilishini boshlash rejalashtirilgan.
"Texnik ishga tushirish 2029-yil oxiri — 2030-yil boshida amalga oshirilishini kutmoqdamiz", — dedi Axmedxadjayev.
Jizzax AES jahon atom energetikasida noyob loyiha hisoblanadi. "Rosatom" dunyoda birinchi marta bitta maydonda ikkita katta quvvatli VVER-1000 va ikkita kichik quvvatli RITM-200N reaktorlarini qurmoqda.
Katta reaktorlar barqaror elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlaydi, kichik bloklar esa quyosh va shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarish kamayganda tarmoqdagi yuklamani muvozanatlashga yordam beradi.
Hozir qurilish maydonida mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Yaqin oylarda ishchilar soni kamida ikki barobarga oshiriladi. Qurilish eng yuqori bosqichga chiqqan 2030–2031 yillarda esa obyektda 13–13,5 ming nafar mutaxassis ishlashi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston atom energetikasi sohasida mintaqaviy markazga aylanmoqchi
Axmedxadjayevning ta’kidlashicha, mamlakat kelgusida qo‘shni davlatlar uchun ham atom energetikasi mutaxassislarini tayyorlashni rejalashtirmoqda.
Buning uchun 2019-yilda Toshkentda Rossiyaning MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti filiali ochilgan. O‘tgan davrda mazkur oliygohda 215 nafar yuqori malakali mutaxassis tayyorlangan.
"Shunday qilib, butun Markaziy Osiyoda foydalanish mumkin bo‘lgan yaxshi salohiyatga ega bo‘ldik", — dedi "O‘zatom" rahbari.
O‘zbekistonda AES qurish
Forish tumanida barpo etilayotgan AES loyihasi ikkita katta va ikkita kichik quvvatli reaktorni o‘z ichiga oladi.
Ikkita VVER-1000 reaktorining har biri 1000 MVt;
Ikkita RITM-200N reaktorining har biri 55 MVt quvvatga ega bo‘ladi.
Umumiy quvvati 2110 MVtni, loyiha qiymati esa 9,5 mlrd dollarni tashkil etadi.
2026 yil 4-iyunda O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari birinchi energoblok qurilishiga rasman start bergan edi.
Rejaga ko‘ra, birinchi kichik quvvatli reaktor 2029-yilda, birinchi katta quvvatli energoblok esa 2033-yilda ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Qurilishni to‘liq 2035-yilgacha yakunlash mo‘ljallangan