O‘zbekiston AESi uchun xodimlar tanlash 2027-yilda boshlanadi — Lixachov

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishForum budushix texnologiy "Vichisleniya i svaz. Kvantoviy mir" v Moskve
Forum budushix texnologiy Vichisleniya i svaz. Kvantoviy mir v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston AESida ishlaydigan mutaxassislarni tanlash 2027-yil oxirida boshlanishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekiston atom elektr stansiyasining bo‘lajak ekspluatatsiya xodimlarini tanlash 2027-yil oxirida boshlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda "Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachov ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Gap AES qurilishida ishtirok etadigan ishchilar emas, balki stansiya ishga tushirilgandan keyin uning faoliyatini ta’minlaydigan mutaxassislar haqida bormoqda.
Lixachov, shuningdek, stansiya qurilishining navbatdagi bosqichlari haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yil oxirigacha ikkita kichik reaktor uchun poydevor plitasini betonlash yakunlanadi.
"Har biri 55 megavatt quvvatga ega ikkita RITM-200 reaktori uchun poydevor plitasini betonlash boshlangan. Yil oxirigacha bu ishlar yakunlanadi", — dedi Lixachov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2027-yilda stansiya qurilishi yangi bosqichga o‘tadi. Reaktor binosi, boshqaruv korpusi, devorlar va qavatlararo yopmalar, shuningdek, kichik reaktorlarning mashina zallari barpo etiladi.
Shu bilan birga, katta quvvatli energobloklarda ham ishlar faollashadi.
"Kelasi yil katta quvvatli stansiyada ham qurilish ishlari keng ko‘lamda olib boriladi", — dedi "Rosatom" rahbari.
Lixachovning ma’lum qilishicha, hozir AES qurilish maydonida ming nafardan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Yaqin oylarda ularning sonini kamida ikki baravar oshirish rejalashtirilgan.
Qurilish avjiga chiqadigan 2030–2031 yillarda esa bu yerda 13–13,5 ming nafargacha ishchi va mutaxassis faoliyat yuritishi mumkin.
"Rosatom" umumiy qurilish ishlarining salmoqli qismini O‘zbekiston kompaniyalariga topshirishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, stansiya uchun uzoq muddatda tayyorlanadigan asosiy uskunalarni ishlab chiqarish boshlangan. Jumladan, kichik energoblok reaktori korpusi uchun og‘irligi 105 tonna bo‘lgan metall xomaki qism quyilgan.
Lixachov O‘zbekistondagi AES qurilishini mamlakat energetikasi va iqtisodiyoti uchun fundamental ahamiyatga ega ulkan obyektni rivojlantirishning birinchi bosqichi deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning birinchi integratsiyalashgan AESi Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilmoqda.

Loyiha ikkita VVER-1000 rusumli katta quvvatli reaktor va har biri 55 megavatt quvvatga ega ikkita RITM-200N kichik reaktorini o‘z ichiga oladi. Stansiyaning umumiy quvvati 2110 megavattni tashkil etadi.

2026 yil 4-iyunda birinchi kichik energoblok poydevoriga ilk beton quyilib, stansiya qurilishiga rasman start berilgan edi.

Stansiya energobloklarini bosqichma-bosqich 2029–2035 yillarda ishga tushirish rejalashtirilgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Maket budushey atomnoy elektrostansii (AES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2026
O‘zbekiston birinchi AESga qanday keldi: taqiqlangan mavzu va noyob loyiha
Yangiliklar lentasi
0