Rossiyalik tennischi WTA chempioni — uchlikda sobiq SSSR vakillari

© REUTERS / DANIEL COLERossiyanka Mirra Andreyeva viigrala finalniy turnir WTA.
Rossiyanka Mirra Andreyeva viigrala finalniy turnir WTA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2026
Obuna bo‘lish
19 yoshli Mirra Andreyeva 22-yildan beri hech bir rossiyalik tennischi erisha olmagan natijani takrorladi va jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiyalik Mirra Andreyeva AQShning Indian-Uells shahrida o‘tkazilgan ayollar tennisi bo‘yicha WTA yakuniy turniri g‘olibasi bo‘ldi.
19 yoshli Andreyeva finalda dunyoning oltinchi raketkasi, ukrainalik Elina Svitolinani 7:5, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, u 2004-yilda 17 yoshida chempion bo‘lgan Mariya Sharapovadan keyin WTA yakuniy turnirida g‘olib chiqqan eng yosh tennischiga aylandi.
Andreyeva musobaqadagi barcha beshta uchrashuvda g‘alaba qozondi va raqiblariga birorta ham setni boy bermadi.
© AP Photo / Gregory BullRossiyanka Mirra Andreyeva viigrala finalniy turnir WTA.
Rossiyanka Mirra Andreyeva viigrala finalniy turnir WTA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2026
Rossiyanka Mirra Andreyeva viigrala finalniy turnir WTA.
Andreyeva g‘oliblik uchun 3,37 million dollar mukofot puli va Mercedes-AMG SL 55 avtomobilini ham qo‘lga kiritdi. Qizig‘i, 19 yoshli tennischi hali haydovchilik guvohnomasiga ega emas.
Ushbu g‘alabadan so‘ng rossiyalik tennischi jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
E’tiborlisi, mavsum yakunidagi jahon reytingida dastlabki uch o‘rinni sobiq SSSR davlatlari vakillari egalladi:
Yelena Ribakina (Qozog‘iston) — 1-o‘rin;
Mirra Andreyeva (Rossiya) — 2-o‘rin;
Arina Sobolenko (Belarus) — 3-o‘rin.
Tennisistka iz Uzbekistana Kamilla Raximova. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Kamilla Rahimova dunyoning sobiq birinchi raketkasi Venus Uilyamsni mag‘lub etdi
Yangiliklar lentasi
0