https://oz.sputniknews.uz/20260803/rahimova-uilyam-maglub-59455485.html
Kamilla Rahimova dunyoning sobiq birinchi raketkasi Venus Uilyamsni mag‘lub etdi
Kamilla Rahimova dunyoning sobiq birinchi raketkasi Venus Uilyamsni mag‘lub etdi
Sputnik O‘zbekiston
Kamilla Rahimova Torontodagi WTA 1000 turnirida yetti karra "Katta dubulg‘a" g‘olibi Venus Uilyamsni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Endi u chexiyalik Katerjina Sinyakovaga qarshi o‘ynaydi.
2026-08-03T12:14+0500
2026-08-03T12:14+0500
2026-08-03T12:14+0500
tennis
sport
o‘zbekiston
g‘alaba
musobaqa
kanada
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/03/59454975_0:37:3072:1765_1920x0_80_0_0_cf4292d1ee7eea1bafe3a32950f1e032.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Torontoda o‘tayotgan WTA 1000 turnirining birinchi bosqichida dunyoning sobiq birinchi raketkasi Venus Uilyamsni mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Yomg‘ir sabab kechikkan uchrashuv 1 soat 27 daqiqa davom etdi. Rahimova amerikalik raqibini ikki setda — 6:4, 6:1 hisobida yengdi.Birinchi setda tennischilar teng kurash olib bordi, ammo hal qiluvchi pallada Rahimova ustunlikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi setda esa o‘zbekistonlik sportchi raqibiga faqat bitta geym berdi.Venus Uilyams ayollar tennisi tarixidagi eng mashhur sportchilardan biri hisoblanadi. U yakkalik bahslarida yetti marta "Katta dubulg‘a" turnirida — besh marta Uimbldonda va ikki marta AQSh ochiq chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan.Kamilla Rahimova keyingi bosqichda turnirning 32-raqamli saralangan tennischisi — chexiyalik Katerjina Sinyakovaga qarshi kortga chiqadi. Sinyakova birinchi bosqichda o‘yin o‘tkazmasdan keyingi davraga yo‘l olgan.National Bank Open turniri 1–13 avgust kunlari Kanadaning Toronto shahridagi qattiq qoplamali kortlarda o‘tkazilmoqda. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 7,43 mln dollardan oshadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260729/kudermetova-washington-turnir-59339544.html
o‘zbekiston
kanada
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/03/59454975_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_9d151ef3a90a9ab833cf7fb4bc3f69b9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tennis, sport, o‘zbekiston, g‘alaba, musobaqa, kanada
tennis, sport, o‘zbekiston, g‘alaba, musobaqa, kanada
Kamilla Rahimova dunyoning sobiq birinchi raketkasi Venus Uilyamsni mag‘lub etdi
O‘zbekistonlik tennischi Torontodagi WTA 1000 turnirida Venus Uilyamsni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova Torontoda o‘tayotgan WTA 1000 turnirining birinchi bosqichida dunyoning sobiq birinchi raketkasi Venus Uilyamsni mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Yomg‘ir sabab kechikkan uchrashuv 1 soat 27 daqiqa davom etdi. Rahimova amerikalik raqibini ikki setda — 6:4, 6:1 hisobida yengdi.
Birinchi setda tennischilar teng kurash olib bordi, ammo hal qiluvchi pallada Rahimova ustunlikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi setda esa o‘zbekistonlik sportchi raqibiga faqat bitta geym berdi.
24 yoshli Rahimova Ayni paytda WTA reytingida 82-o‘rinni egallab turibdi. Turnirga maxsus taklifnoma asosida qo‘shilgan 46 yoshli Uilyams esa 2025-yil iyulidan buyon ketma-ket 12-uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi.
Venus Uilyams ayollar tennisi tarixidagi eng mashhur sportchilardan biri hisoblanadi. U yakkalik bahslarida yetti marta "Katta dubulg‘a" turnirida — besh marta Uimbldonda va ikki marta AQSh ochiq chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan.
Kamilla Rahimova keyingi bosqichda turnirning 32-raqamli saralangan tennischisi — chexiyalik Katerjina Sinyakovaga qarshi kortga chiqadi. Sinyakova birinchi bosqichda o‘yin o‘tkazmasdan keyingi davraga yo‘l olgan.
National Bank Open turniri 1–13 avgust kunlari Kanadaning Toronto shahridagi qattiq qoplamali kortlarda o‘tkazilmoqda. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 7,43 mln dollardan oshadi.