Islom sivilizatsiyasi markazi dunyoning eng yirik muzeylaridan biri bilan hamkorlik qilmoqchi
Islom sivilizatsiyasi markazi dunyoning eng yirik muzeylaridan biri bilan hamkorlik qilmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi dunyoning eng yirik muzeylaridan biri — Ermitaj bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi. Tomonlar qo‘lozmalarni o‘rganish, qo‘shma ko‘rgazmalar va ilmiy loyihalar ustida ishlashni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi dunyoning eng yirik muzeylaridan biri — Rossiyaning Davlat Ermitaji bilan hamkorlik memorandumini imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda markaz direktorining ilmiy maslahatchisi Tursunali Qo‘ziyev RIA Novostiga ma’lum qildi.Qo‘ziyev bu haqda Moskvada 12–13 noyabr kunlari o‘tkazilgan III "Kelajakni yaratib" xalqaro simpoziumi doirasida so‘zlab berdi.Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari orasida qadimiy qo‘lozmalar, yozma manbalar va arxiv hujjatlarini o‘rganish, arxeologik tadqiqotlar olib borish, raqamli muzey kolleksiyalari va multimedia dasturlarini yaratish bor.Qo‘ziyev Rossiya olimlarining Markaziy Osiyo tarixi, sharq qo‘lozmalari, islomshunoslik, arxeologiya va san’at tarixini o‘rganish borasidagi tajribasi O‘zbekiston uchun katta qiziqish uyg‘otishini ta’kidladi.Avvalroq Ermitaj mutaxassislari Islom sivilizatsiyasi markazida restavratsiya bo‘limi va tarixiy osori atiqalarni o‘rganish hamda tiklashga mo‘ljallangan ilmiy laboratoriya tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirgan edi.
Markaz va Rossiyaning Davlat Ermitaji o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar, muzey faoliyati va ko‘rgazmalar bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi dunyoning eng yirik muzeylaridan biri — Rossiyaning Davlat Ermitaji bilan hamkorlik memorandumini imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda markaz direktorining ilmiy maslahatchisi Tursunali Qo‘ziyev RIA Novostiga ma’lum qildi.
Qo‘ziyev bu haqda Moskvada 12–13 noyabr kunlari o‘tkazilgan III "Kelajakni yaratib" xalqaro simpoziumi doirasida so‘zlab berdi.
Uning ta’kidlashicha, mazkur kelishuv qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, muzey va ko‘rgazma loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari orasida qadimiy qo‘lozmalar, yozma manbalar va arxiv hujjatlarini o‘rganish, arxeologik tadqiqotlar olib borish, raqamli muzey kolleksiyalari va multimedia dasturlarini yaratish bor.
Qo‘ziyev Rossiya olimlarining Markaziy Osiyo tarixi, sharq qo‘lozmalari, islomshunoslik, arxeologiya va san’at tarixini o‘rganish borasidagi tajribasi O‘zbekiston uchun katta qiziqish uyg‘otishini ta’kidladi.
Hozirda markaz Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo‘lozmalari instituti, Rossiya Milliy kutubxonasi, Qozon federal universiteti, Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi va "Rossiya" milliy markazi bilan hamkorlik qilmoqda.
Avvalroq Ermitaj mutaxassislari Islom sivilizatsiyasi markazida restavratsiya bo‘limi va tarixiy osori atiqalarni o‘rganish hamda tiklashga mo‘ljallangan ilmiy laboratoriya tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirgan edi.
Ma’lumot uchun: Sankt-Peterburgda joylashgan Davlat Ermitaji 1764-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning eng yirik badiiy va madaniy-tarixiy muzeylaridan biri hisoblanadi. Uning kolleksiyasida qadimiy arxeologik topilmalar, haykallar, rangtasvir va amaliy san’at namunalari hamda boshqa madaniy boyliklarni o‘z ichiga olgan qariyb 3 million eksponat saqlanadi.